Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov


 Auditorlik tanlash usullari, tanlash uslubini



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/156
Sana19.02.2022
Hajmi2,19 Mb.
#457986
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   156
Bog'liq
Audit 2014 Sh.N. Fayziyev darslik

 
2. Auditorlik tanlash usullari, tanlash uslubini
shakllantirish, tanlash risklari va natijalarini baholash 
Auditni rejalashtirish bosqichida aniqlangan muhimlik va auditorlik riskining 
katta-kichikligiga bog’liq holda auditorlik tanlash jarayoni qay tarzda amalga 
oshirilishini aniqlash zarur. Ushbu jarayonni amalga oshirish №14-«Audi-torlik 
tanlash» nomli AFMSga muvofiq tartibga solinadi. Xususan, ushbu standartda 
auditorlik tanlash maqsadi, mohiyati va usullari; tanlash tamoyillari, tanlash 
risklari va natijalarini baholash masalalari bayon etilgan. Auditorlik tanlash 
tekshiriladigan to’plam ob’ektlarining 100 %dan kam qismiga nisbatan auditorlik 
amallarini qo’llash maqsadida o’tkaziladi. Tekshiriladigan to’plam deganda 
schyotlarning qoldiqlarini yoki muomalalarni tashkil etuvchi, schyotlar bo’yicha 
oborotlarni tashkil etuvchi butun tekshiriladigan to’plam haqida fikr 
shakllantirishga imkon beradigan auditorlik dalil-isbotlarni to’plash uchun zarur 


149 
bo’ladigan elementlar tushuniladi.
Auditorlik tanlash uslubini shakllantirish uchun auditorlik tashkiloti 
moliyaviy hisobotning muayyan bo’limini, tekshiriladigan to’plamni tekshirish 
tartibini aniqlashi lozim. Tekshiriladigan element ushbu to’plamdan tanlab 
olinadi.
Tanlov o’tkazishda auditorlik tashkiloti o’rganiladigan butun to’plamni 
alohida guruhlar (quyi to’plamlar)ga bo’lishi mumkin. Ushbu guruhlar 
elementlari bir-biriga o’xshaydi. To’plamni bo’laklash mezonlari, uning qaysi 
guruhga tegishli ekanligini aniq ko’rsata oladigan bo’lishi lozim. Ushbu amal 
stratifikatsiya deb nomlanib, ma’lumotlarning tarqoqligini pasaytiradi. Bu esa o’z 
nav-batida auditor ishini engillashtirishi mumkin.
Auditorlik tanlashga qo’yiladigan muhim talablardan biri- reprezentativlik, 
ya’ni tekshiriladigan to’plamning barcha elementlaridan teng miqdorda tanlanish 
ehtimolining ta’minlanishidir. Auditorlik tashkiloti ushbu talabni ta’minlash 
uchun quyidagi statistik usullarning birortasidan foydalanishi mumkin: 
1)
Tasodifiy tanlash. Tasodifiy sonlar jadvali bo’yi-cha o’tkazilishi mumkin.
2)
Sistematik tanlash. Bunda elementlar tasodifan tanlangan ma’lum bir 
sondan boshlab, har bir doimiy –intervaldan tanlab olinadi. Interval yoki to’plam 
elementlarining soniga qarab, yoki ularning qiymatiga qarab tuziladi. Masalan, 
mazkur toifadagi hujjatlarning har o’ninchisini o’rganish yoki elementlar to’plami 
qiymatidan saldo yoki oborotni shakllantiradigan yuz ming (yoki million) so’mlik 
qiymat ifodalangan hujjat tanlanadi.
3)
Uyg’unlashgan tanlash. Tasodifiy va sistematik tanlash usullaridan tarkib 
topgan uyg’unlik ko’rinishida bo’ladi.
Auditorlik tanlash masalasiga nazariy jihatdan yondashilganda, hatto ushbu 
maqsad uchun tanlash uslubini ishlab chiqadigan matematiklar mehnati talab 
qilinsada, yuqorida keltirilgan tanlash usullaridan istalgan birini qo’llash uncha 
murakkab ko’rinmaydi. Murakkablik tanlash jarayonini bevosita amaliyotda 
bajarish chog’ida vujudga keladi.


150 
Auditorlik tanlashda statistik usullarni qo’llash har biridagi elementlar 
o’xshash xossalarga ega bo’lgan to’plamlar (quyi to’plamlar)ga nisbatan 
qo’llanganda samarali bo’lishi mumkin. Masalan, bu mahsulot (ish, xizmat) larni 
sotish cho-g’ida xaridorlarga taqdim etiladigan schyot-fakturalarni tekshirishda 
qo’llanilishi mumkin. Chunki, schyot-fakturalar yagona shaklga ega, bitta faylda 
saqlanadi va ketma-ket tartib raqami beriladi. Ammo, mol etkazib beruvchilardan 
olingan schet-fakturalarni tekshirishda, ularning mol etkazib beruvchilar 
tomonidan raqamlanishi va tartib raqamlari kelib tushish tartibiga mos kelmasligi 
bilan bog’liq muammolar yuzaga keladi. Bu holda auditor, agar statistik tanlash 
usullarini qo’llamoqchi bo’lsa, tekshiriladigan to’plamdagi barcha schet-
fakturalarni o’zi raqamlab chiqishi mumkin (faqat tekshiruv maqsadida). Ko’p 
hollarda esa mijoz-korxonadagi hujjatlar aylanish grafigining tuzilish printsipi 
statistik tanlashni to’g’ri amalga oshirishga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki, 
hujjatlarni arxivga topshirishda stratifikatsiyalashni amalga oshirishga imkon 
beradigan bir xillik buziladi.
Auditorlik tanlashda statistik usullarni qo’llash ko’proq mijoz-korxonada 
buxgalteriya hisobi kompyuterlashgan sharoitda samara beradi. Bu holda 
tekshirishning kompyuterlashgan vositalaridan foydalanish imkoni bo’ladi.
Tekshiriladigan to’plamdagi elementlar soni statistik usullarni qo’llash 
samara bermaydigan darajada kam, yoki statistik usullarni qo’llash yoppasiga 
tekshirishdan ko’ra samarasiz bo’lishi mumkin. Bunday hollarda auditorlik 
tashkiloti buxgalteriya hisobi schetlarida qoldiq va oborotlarning to’g’ri aks 
ettirilganligini yoki nazorat tizimini yoppasiga tekshiradi. Amaliyotda ko’p 
hollarda tekshiriladigan bosh to’plamni 100% to’liq tekshirish imkoni yo’q yoki 
maqsadga muvofiq bo’lmaydi. Bunda tekshiriladigan elementlarni tanlash 
auditorlarning kasb mahoratiga tayangan holda amalga oshiriladigan nostatistik 
usullar qo’llaniladi. Tanlash ko’lami muhimlik darajasiga bog’liq bo’lishi kerak, 
ya’ni muhimlik darajasi qanchalik past bo’lsa, zarur bo’ladigan tanlash ko’lami 
shuncha yuqori bo’ladi.


151 
Har qanday tanlash (statistik yoki nostatistik) uchun auditorlik tashkiloti 
quyidagilarni bajarishi lozim: 

tanlashga tushgan har bir xatoni tahlil qilish; 

tanlash jarayonida olingan natijalarni barcha tekshiriladigan to’plamga 
tarqatish (ekstrapolyatsiya); 

tanlash risklarini baholash.
Tanlovga tushgan xatolarni tahlil qilishda auditorlik tashkiloti birinchi 
navbatda ularning tavsifini aniqlashi lozim.
Auditorlik tanlash jarayonida olingan natijalarni auditorlik tashkiloti barcha 
tekshiriladigan to’plamga tarqatishi lozim. Natijalarni butun to’plamga tarqatish 
uslublari turlicha bo’lishi mumkin, ammo hamma vaqt tanlovning tuzilish 
uslublariga mos kelishi kerak. Agar tekshiriladigan to’plam quyi to’plamlarga 
bo’laklangan bo’lsa, u holda natijalarni tarqatish ularning har biri bo’yicha 
amalga oshiriladi.
Auditorlik tashkiloti tanlov hajmi (ko’lami)ni aniqlash chog’ida tanlash 
risklarini, yo’l qo’yiladigan va kutiladigan xatolarni aniqlashi lozim.
Tanlash riskining mazmuni shundan iboratki, tanlab olingan ma’lumotlar 
asosida tuzilgan, ma’lum masalaga doir auditorning fikri xuddi shu masalaning 
o’zi bo’yicha butun to’plamni o’rganish asosida tuzilgan fikrdan farq qiladi. 
Tanlash riski nazorat vositalarini test sinovidan o’tkazishdagi kabi, schyotlar 
bo’yicha qoldiq va oborotlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning to’g’riligini 
batafsil tekshirishda ham mavjud. Auditorlik amaliyotida nazorat vositalarini test 
sinovidan o’tkazish va schyotlar bo’yicha qoldiq hamda oborotlarning 
to’g’riligini tekshirish uchun tanlash risklari birinchi darajali va ikkinchi darajali 
toifalarga bo’linadi.
Nazorat vositalarini test sinovidan o’tkazishda tanlash risklarining quyidagi 
turlari mavjud: 
a) birinchi toifa risklar-tanlash natijalari nazorat tizimining ishonchsizligidan 
dalolat berib, ayni paytda haqiqatan bu tizim ishonchli bo’lganida to’g’ri 


152 
gipotezani chiqarib tashlash riski; 
b) ikkinchi toifa risklar-tanlash natijalari nazorat tizimining ishonchliligidan 
dalolat berib, ayni payida ushbu tizim ishonchsiz bo’lganida noto’g’ri gipotezani 
qabul qilish ehtimoli.
Schyotlar bo’yicha qoldiq va oborotlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishnig 
to’g’riligini batafsil tekshirishda quyidagi tanlash xatarlari mavjud: 
a) birinchi toifa xatarlar -tanlash natijalari tekshiriladigan to’plamda jiddiy 
xatolar mavjudligidan dalolat berib, ayni paytda ushbu to’plamda bunday xatolar 
yo’q bo’lganida to’g’ri gipotezani chiqarib tashlash xatari; 
b) ikkinchi toifa xatarlar -tanlash natijalari tekshiriladigan to’plamda jiddiy 
xatolar yo’qligidan dalolat berib, ayni paytda ushbu to’plamda jiddiy xatolar 
mavjud bo’lganida noto’g’ri gipotezani qabul qilish xatari.
Auditorlik tashkiloti auditorlik tanlashning barcha bosqichlarini va uning 
natijalari tahlilini auditorning ishchi hujjatlarida aks ettirishi shart. 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish