Toshkent moliya instituti sh. N. Fayziev, R. D. Dusmuratov, A. A. Karimov, I. N. Kuziev, A. Z. Avlokulov



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/156
Sana19.02.2022
Hajmi2,19 Mb.
#457986
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   156
Bog'liq
Audit 2014 Sh.N. Fayziyev darslik

5-modda. Auditorlik tashkiloti 
Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyatini amalga oshirish litsenziyasiga 
ega bo’lgan yuridik shaxsdir. 
Auditorlik tashkilotlari o’z faoliyatini amalga oshirishda mustaqildir. 
Auditorlik tashkilotlari vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralari hamda 
boshqa davlat va xo’jalik boshqaruv organlari tomonidan tuzilishi mumkin emas. 
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari, 
shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishi 
taqiqlanadigan boshqa shaxslar auditorlik tashkilotlarining muassislari bo’la 
olmaydilar. 
Qo’shimcha ma’lumot uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 6 martdagi 103-son «Tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug’ullanishi taqiqlangan mansabdor shaxslarning ro’yxati to’g’risida»gi 
qaroriga
 qarang. 
(5-modda O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 13 dekabrdagi 447-II-sonli 
Qonuniga
muvofiq to’rtinchi qism bilan to’ldirilgan — Oliy 
Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 1-son, 8-modda) 
Auditorlik tashkilotlari ochiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati ko’rinishidan 
tashqari, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda 
tuzilishi va o’z faoliyatini quyidagi majburiy shartlarga rioya etgan holda amalga 
oshirishi mumkin: 
auditorlik tashkiloti ustav kapitalining kamida ellik bir foizi mazkur 
auditorlik tashkilotining shtatdagi bir yoki bir necha auditoriga tegishli bo’lishi 


408 
kerak (auditorlik tashkiloti — chet el auditorlik tashkilotining filiali yoki sho’’ba 
korxonasi tuzilgan hollar bundan mustasno). Auditor faqat o’zi ishlaydigan bitta 
auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi, aktsiyadori) bo’lishi mumkin;
(5-moddaning beshinchi qismi ikkinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli 
Qonuni
 
tahririda — O’R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda) 
auditorlik tashkilotining shtat birligi tegishli malakaga ega bo’lgan 
shtatdagi auditorlarning eng kam soniga doir qonun hujjatlarida belgilangan 
talablarga muvofiq bo’lishi kerak;
(5-modda beshinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshi O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 17 sentyabrdagi O’RQ-110-
sonli 
Qonuni
 tahririda — O’R QHT, 2007 y., 37-38-son, 378-modda) 
auditorlik tashkilotiga faqat mazkur auditorlik tashkiloti asosiy ish joyi 
bo’lgan auditor rahbar bo’lishi kerak; 
(5-moddaning beshinchi qismi to’rtinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli 
Qonuni
 
tahririda — O’R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda) 
auditor tashkilotining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan ustav kapitali 
mavjud bo’lishi kerak. 
 
Qarang: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi PQ-615-sonli qarori bilan Tasdiqlangan «Auditorlik 
tashkilotlari to’g’risida»gi Nizomning 
12-bandi
.  
Auditorlik tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 
davlat ro’yxatidan o’tkazilishi kerak. Adliya vazirligi auditorlik tashkilotlarining 
davlat reestrini yuritadi. Ayditorlik tashkilotlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va 
auditorlik tashkilotlarining davlat reestrini yuritish tartibi qonun hujjatlari bilan 
belgilanadi. 
Batafsil ma’lumot uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi 357-son qarori bilan 
tasdiqlangan «Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun ro’yxatdan o’tkazish tartibotlari tizimini tubdan takomillashtirish to’g’risida»gi 
Nizom
, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan «Auditorlik 
faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlarga litsenziya berish tartibi to’g’risida»gi Nizomning IX bo’limi 
(38—42-bandlari)
ga 
qarang. («Auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo’lgan auditorlik tashkilotlarining reestrini yuritish»). 
Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini auditorlik xizmatlari 
ko’rsatish to’g’risida tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiradi. Auditorlik 
xizmatlari ko’rsatish to’g’risidagi shartnoma faqat auditorlik tashkiloti 
javobgarligining sug’urta polisi mavjud bo’lgan taqdirda tuziladi. 
(5-moddaning ettinchi qismi O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli 
Qonuni
 tahririda — O’R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda) 
Auditorlik 
tashkiloti 
boshqa 
auditorlik 
tashkilotining 
muassisi 
(ishtirokchisi, aktsiyadori) bo’lishi mumkin emas.
Auditorlik tashkilotining firma nomida «auditorlik tashkiloti» so’z 
birikmasi ifodalanishi va mazkur nom boshqa auditorlik tashkilotlarining firma 
nomlari bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga o’xshash bo’lgan 


409 
belgilar bilan ko’rsatilmasligi kerak. Ushbu modda talablariga javob bermaydigan 
yuridik shaxs o’z nomida «auditorlik tashkiloti» so’z birikmasidan foydalanishga 
haqli emas. 
(5-modda O’zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O’RQ-352-sonli 
Qonuniga 
asosan sakkizinchi va to’qqizinchi 
qismlar bilan to’ldirilgan — O’R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda) 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish