Har bir shaxs o„zi uchun iqtisodchidir
Merkantilizm davri har bir shaxs o‗z – o‗zi uchun iqtisodchi, degan
aqida bilan xarakterlandi. Qarashlar, fikrlar xilma – xil bo‗lganligi
sababli 1500–1750-yillarda umumlashgan adabiyot yaratish qiyin
kechdi. Bundan tashqari bir yozuvchi birgina mavzuga e‘tibor qaratgan
83
bo‗lib, hech bir yozuvchi bu tushunchalrni jamlab va sentezlab keyingi
iqtisodiy g‗oyalarga turtki bo‗la oladigan fikrlarni yarata olmadi
Merkantilizm atamasi 1500-1750-yillar oralig‗ida yaratilgan
iqtisodiy adabiyotlar va amaliy takliflarga nisbatan ishlatiladi.
Merkantilistlar adabiyoti G‗arbiy Yevropaning barcha rivojlanayotgan
iqtisodiyotlarida yaratilgan bo‗lsa ham, uning asosiy g‗oyalari Ingliz va
Fransuzlar tomonidan ishlab chiqilgan.
Sxolastik iqtisodiy adabiyotlar o‗rta asr cherkov ruhoniylari
tomonidan yozilgan bo‗lsa, merkantilizm iqtisodiy nazariyasi savdogar
tadbirkorlar tomonidan yozilgan. Bu adabiyotlar iqtisodiy siyosatdagi
masalalarga qaratilgan bo‗lib odatda savdogarlarni qiziqtirgan
muammolarga bog‗liq bo‗lgan. Shu sababdan ularning xulosalarining
haqqoniyligiga va alohida munozalarning tahliliy ahamiyatiga shubha
bilan qaraldi. Faqatgina ayrim yozuvchilargina obyektiv tahlil
muammolaridan yetarlicha xoli ravishda ish olib bora olishgan. Shunday
bo‗lsada, merkantilistik davri davomida iqtisodiy adabiyot sifat va
miqdor jihatidan yuksalishga erishdi. 1650- yildan 1750- yilgacha
bo‗lgan davrdagi merkantilistlar adabiyoti muqarrar yuqori sifatga erisha
oldi va ushbu adabiyotlarda keltirilgan tahliliy tushunchalari tez orada
tarqalib 1776 - yilda Adam Smit muallifligidagi ―Xalqlar boyligining
tabiati va sabablari to‗g‗risidagi tadqiqot ― asariga asos bo‗lib xizmat
qildi.
7
Merkantilizm bu muomala sohasida iqtisodiy qonuniyatlarning
rivojlanishiga bo‗lgan qarashlar tizimi va proteksionizm prinsiplariga
asoslangan bir qator davlatlarning iqtisodiy siyosati, u feodalizmning
yemirilishi davriga muvofiq keladi va ―noindustrial‖ iqtisodiy davrdagi
iqtisodiy voqelikni tahlil qilishga uringan ta‘limot hisoblanadi.
Merkantilizm eng avvalo, davlatning iqtisodiy siyosatini ifoda
etgan, uning amaliy faoliyati uchun tavsiyalar ishlab chiqqan.
7
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 61-b.
84
Merkantilistlar tadqiqotining maqsadi reallik sifatidagi iqtisodiyotni
tahlil qilish emas, balki hukumatga amaliy maslahatlar berishdir.
Shuning uchun ular davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini qo‗llab-
quvvatladilar, yuqori soliq stavkasini va davlat xarajatlarini himoya
qildilar.
Merkantilistlarning ilmiy dunyoqarash tamoyillari quyidagilar bilan
tasvirlanadi: har qanday oltin va qimmatbaho narsalarga boylik sifatida
qarash; mamlakatga oltin va kumushning oqib kelishini ta‘minlash
maqsadida tashqi savdoni tartibga solish; arzon xomashyoni import
qilish yo‗li bilan sanoatni rag‗batlantirish; import qilinadigan sanoat
tovarlariga proteksionistik ta‘riflarni belgilash; eksportni, ayniqsa,
tayyor mahsulotlar eksportini rag‗batlantirish; ish haqining past
darajasini ushlab turish uchun aholining o‗sishi. Milliy farovonlikning
zaruriy sharti sifatidagi aktiv savdo balansi doktrinasi, shak-shubhasiz,
merkantilizmning asosi hisoblanadi.
Shu narsani qayd qilib o‗tish kerakki, uzoq yillar davomida
boylikning, xalq farovonligining asosi-mehnat, yer, dehqonchilik va
chorvachilik, hunarmandchilik, deb kelinar edi (uni biz yuqorida ko‗rib
chiqdik). Lekin XV asrga kelib vaziyat keskin o‗zgardi. Avvalo, natural-
xo‗jalik tizimining yemirilishi, tovar-pul munosabatlarining o‗sishi, fan va
madaniyatning yuksalishi, ayniqsa, yangi erlarning ochilishi, buyuk
geografik kashfiyotlar, mustamlakachilik tuzumining paydo bo‗lishi,
birinchi navbatda, savdoning tez rivojlanishiga turtki bo‗ldi. Noekvivalent
savdo tufayli metropoliyalar mustamlakalar hisobiga beqiyos boyidi. Mana
shu davrga kelib jamiyatning boyishida savdoning o‗rnini asoslab berishga
uringan merkantilizm qarashlarida noelastik talab va eksportning
importdan ko‗p bo‗lishining maqsadga muvofiqligi, kapital eksportini
rag‗batlantirish va jamiyat ishlarini qo‗llab-quvvatlash tushunchalari
ustunlik qilgan, shuningdek, ―qo‗shningni quritsang, go‗yoki millat boy
bo‗ladi‖ kabi noto‗g‗ri siyosat ilgari surilgan.
85
Do'stlaringiz bilan baham: |