Savdo foydasi va sudxo„rlik foizi kanonistlar tomonidan
qoralangan va gunoh, deb hisoblangan. Akvinat ham ularni shartli
ravishda «aybladi». Uning fikricha agar ular bunda axloq-odob doirasida
ish yuritgan bo‗lsalar, savdo foydasi va ssuda uchun foiz muvofiq
ravishda savdogar va sudxo‗r tomonidan o‗zlashtirilishi kerak.
45
Boshqacha so‗z bilan aytganda, mazkur turdagi daromad savdo va ssuda
operatsiyalaridagi mehnat, transport va boshqa xarajatlar va hatto xatar
uchun to‗lanadigan haq bo‗lmog‗i kerak.