Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


 O„zbekiston iqtisodiyotini yanada erkinlashtirish



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet218/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

18.3. O„zbekiston iqtisodiyotini yanada erkinlashtirish 
va modernizatsiyalash vazifalari 
 
Mamlakatimizda 
amalga 
oshirilayotgan 
ijtimoiy-iqtisodiy 
o‗zgarishlarning tahlili shuni ko‗rsatadiki, qo‗lga kiritilayotgan yutuq va 
muvaffaqiyatlarning 
asosida 
iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash 
jarayonining  o‗rni  ahamiyatli  hisoblanadi.  Shunga  ko‗ra  hozirda 
modernizatsiya  jarayonining  nazariy  va  metodologik  asoslarini  tadqiq 
etish  dolzarb  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Eng  avvalo,  modernizatsiya 
atamasining  mazmuniga  to‗xtaladigan  bo‗lsak,  odatda  uni  texnika, 
texnologiyaga  oid  tushuncha,  deb  qaraladi.  Jumladan,  iqtisodiyotga  oid 
aksariyat  lug‗atlarda  unga  quyidagi  mazmundagi  ta‘rif  beriladi: 
«Modernizatsiya – obyektni yangilash, yaxshilash, takomillashtirish, uni 
yangi  talablar  va  me‘yorlarga,  texnik  shartlarga,  sifat  ko‗rsatkichlariga 
muvofiqlashtirish.  Asosan  mashina,  asbob-uskunalar,  texnologik 
jarayonlar modernizatsiyalanadi». 
 Fikrimizcha bu  modernizatsiyaga tor ma‘nodagi yondashuv bo‗lib, 
bugungi kunda uning keng ma‘nodagi mazmuni tobora dolzarb ahamiyat 
kasb  etib  bormoqda.  Modernizatsiya  –  an‘anaviy  jamiyatning  ilg‗or, 
industrial  jihatdan  taraqqiy  etgan  jamiyatga  aylanishini  ta‘minlovchi 
ijtimoiy-tarixiy  jarayon. 
Klassik  sotsiologiyada 
mazkur 
atama 
E.Dyurkgeym tomonidan ijtimoiy mehnat taqsimotini amalga oshiruvchi 
ijtimoiy  tabaqalanish  jarayoni  sifatida  tushunilgan.  Veber  esa 
modernizatsiyani  ratsionallashtirish  jarayoni  sifatida  tavsiflab,  u  orqali 
xo‗jalik  subyektlari  o‗z  faoliyatlari  iqtisodiy  samarasini  eng  yuqori 
darajada oshirishga intiladilar. Shunday qilib, zamonaviy modernizatsiya 
jarayoni  jahondagi  texnologik  va  ijtimoiy  o‗zgarishlarning  impulsi 
bo‗lib  xizmat  qiluvchi  asosiy,  «o‗zak»  iqtisodiyotlarga  nisbatan  teng 
huquqli  mavqega  erishishni  anglatadi.  Modernizatsiyaning  keng 
ma‘nodagi  mazmunini  tushunishda  iqtisodchi  olim  R.Nureyev  uning 
neoklassik  va  keynscha  talqinlarini  farqlaydi.  Jumladan,  neoklassiklar 
tomonidan  modernizatsiyaga  xususiy  mulkchilik  va  demokratiyani 


338 
mustahkamlash sifatida yondashilsa, keynschilar tomonidan eng avvalo, 
xo‗jalikning  asosiy  tarmoqlarini  qamrab  oluvchi  tarkibiy  o‗zgarishlar 
sifatida  tushuniladi.  Dastlabki  o‗ringa  texnik-iqtisodiy  muammolar 
qo‗yiladi.  Xo‗jalikning  zamonaviy  tarmoqlarining  mavjud  bo‗lmasligi 
taraqqiyotning asosiy to‗sqinlik kuchi sifatida qabul qilinadi. 
 Umuman 
olganda, 
modernizatsiya 
an‘anaviy 
jamiyatdan 
industriallashgan,  yirik  mashinalashgan  ishlab  chiqarishga  hamda 
ijtimoiy  jarayonlarni  qonunlarga  tayangan  holda  oqilona  boshqarishga 
asoslangan  jamiyatga  o‗tish  jarayonlarini  namoyon  etadi.  Nazariyada 
modernizatsiya, deganda «an‘anaviy tarzdagi yopiq jamiyat»ga qarama-
qarshi  o‗laroq  «zamonaviy  ochiq  tarzdagi  jamiyat»ni  shakllantirishga 
olib keluvchi industrlashtirish, sekulyarlashtirish, urbanizatsiya, umumiy 
ta‘lim,  vakolatli  siyosiy  hokimiyat  tizimlarining  qaror  topishi,  hududiy 
va  ijtimoiy  safarbarlikning  kuchayishi  kabi  jarayonlarning  majmuyi 
tushuniladi.  
Modernizatsiya  jarayoni  doirasida  odatda,  quyidagi  o‗zgarishlar 
ro‗y beradi:  
1)  ijtimoiy  munosabatlar  butun  tizimining  takomillashuvi  va 
turmush  tarzining  o‗zgarishi  –  ixtiloflarni  tartibga  soluvchi  hamda 
ijtimoiy  muammolarni  hal  etuvchi  yangi  tartib  va  mexanizmlarning 
paydo bo‗lishi;  
2) alohida individlarning ongliligi va mustaqilligining oshishi;  
3)  iqtisodiyot  sohasida  –  tovar-pul  munosabatlarining  eng  yuqori 
darajada  yoyilishi,  yangi  ilg‗or  texnologiyalarning  paydo  bo‗lishi, 
boshqaruvchilar  va  yollanma  xodimlarning  kasbiy  ixtisoslashuvining 
yuqori darajasiga yetishi;  
4)  ijtimoiy  munosabatlarning  o‗zgarishi  –  immobil  tabaqalashgan 
jamiyatdan  dinamik,  yuqori  ijtimoiy  harakatchanlik  va  ijtimoiy 
raqobatga asoslangan jamiyatga o‗tilishi.  
Modernizatsiya  jarayonining  tavsiflari  qatorida  shuningdek,  uning 
quyidagi tamoyillarini ham ajratib ko‗rsatish mumkin:  


339 
1) uning majmuaviyligi, ya‘ni jamiyat hayotining barcha sohalarini 
qamrab olishi;  
2) uning tizimiyligi, ya‘ni jamiyat hayoti har qanday tarkibiy qismi 
yoki  yaxlit  sohasining  o‗zgarishi  boshqalarining  o‗zgarishiga  olib 
kelishi.  Masalan,  madaniy  va  siyosiy  o‗zgarishlar  iqtisodiyotdagi 
o‗zgarishlarga olib keladi va aksincha;  
3)  uning  global  tavsifi  –  u  dastlab  bir  necha  ilg‗or  mamlakatlarda 
boshlanib, keyinchalik butun dunyoga yoyilmoqda;  
4)  uning  davomiylik  tavsifi  –  modernizatsiya  qisqa  davrda  ro‗y 
bermaydi, balki u bosqichlarga bo‗linadi (islohotlarni amalga oshiruvchi 
yetakchi  guruhning  paydo  bo‗lishi,  o‗zgarishlarni  ilgari  surish,  ular 
natijalarining tarqalishi va mustahkamlanishi);  
5)  tabaqalashganlik  tavsifi  –  modernizatsiya  turli  mamlakatlarda 
turlicha  ro‗y  berib,  u  yoki  bu  holda  milliy  madaniyat  va  axloq 
an‘analariga  tayanadi  (masalan,  «yapon  iqtisodiy  mo‗jizasi»),  G‗arb  va 
Yevropa  qadriyatlari  foydasiga  ulardan  to‗liq  voz  kechishni  taqozo 
etmaydi.  Ba‘zi  manbalarda  modernizatsiyaning  alohida  jihatlariga 
e‘tibor qaratiladi.  
Siyosatshunoslar  S.Vebra  va  L.Pay  siyosiy  modernizatsiya 
jarayonining  quyidagi  asosiy  belgi  va  tarkibiy  qismlarini  ajratib 
ko‗rsatadilar:  
1)  siyosiy  tizim  institutlarining  tarkibiy  tuzilishi  jihatidan 
tabaqalashuvi  ya‘ni  qat‘iy  ravishda  belgilangan  vazifalarni  bajaruvchi 
hamda  o‗zaro  bog‗liq  va  o‗zaro  ta‘sir  ko‗rsatuvchi  yangi  siyosiy 
institutlarning  qaror  topib  borishi  (masalan,  ijro  hokimiyati  tarkibida 
yangi yo‗nalishdagi vazirlik va idoralarning tashkil etilishi);  
2)  siyosiy  tizimning  safarbarlik  qobiliyatlari,  ya‘ni  uning  turli-
tuman (siyosiy, iqtisodiy, axborot, demografik) resurslarni safarbar etish 
qobiliyatlarini oshirish hamda ularni taraqqiyotning yangi maqsadlariga 
erishish tomon yo‗naltirish;  


340 
3)  siyosiy  tizimning  inqirozli  holatlarda  yashovchanligi  hamda 
kommunikatsiya, 
sotsializatsiya 
va 
mobilizatsiyaning 
yangi 
vositalaridan 
foydalanish 
hisobiga 
inqirozlarni 
bartaraf 
etish 
qobiliyatlarini oshirish;  
4)  siyosiy  tenglik  tomon  sezilarli  darajada  harakat  qilish,  ya‘ni 
fuqarolarning  siyosatda  ishtirok  etishidagi  barcha  (iqtisodiy,  ma‘muriy, 
milliy va h.k.) cheklovlarni sekin-asta tugatib borish. 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish