Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/233
Sana01.08.2021
Hajmi3,72 Mb.
#134878
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   233
Bog'liq
Ш.Ташматов. Иктисодий таълимотлар тарихи

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


248 
 
 
XIV BOB. NEOLIBERALIZM G„OYALARINING MOHIYATI 
VA AHAMIYATI. NOMUKAMMAL RAQOBAT BOZORI 
NAZARIYALARI 
 
14.1. Neoliberalizm konsepsiyasi 
 
Liberalizmning  asosiy  belgilari  erkin  raqobat  davridagi  tovarli 
iqtisodiyotning o‗ziga xosligini aks ettirgan. Liberalizm iqtisodiy siyosat 
sifatida,  erkin  tadbirkorlik  tizimini  xo‗jalikni  tashkil  etishning  ancha 
qulay  shakli,  deb  qaragan.  Erkin  bozor  mexanizmi  iqtisodiy  resurslarni 
optimal taqsimlash va foydalanishni ta‘minlaydigan yagona tartiblovchi 
mexanizm  hisoblangan,  davlat  esa  ba‘zi  bir  ijtimoiy  munosabatlarni 
tartibga solib turuvchi kuch sifatida amal qilgan (A.Smit bo‗yicha ―tungi 
qorovul‖). 
XX  asrning  30-yillari  o‗rtalariga  kelib,  keyinschilikning 
rivojlanishi bilan iqtisodiy nazariyada va amaliyotda liberal yo‗nalish 
inqirozi  namoyon  bo‗la  boshladi.  Uning  natijasida:  bir  guruh 
iqtisodchilar 
o‗zlarining 
qarashlaridan 
voz 
kechgan 
holda 
keynschilikka qo‗shilib ketdi va bu yangi ta‘limotni ancha to‗g‗ri, deb 
hisobladi;  ikkinchi  guruh  iqtisodchilar  bozor  munosabatlarida 
davlatning xarakteri, o‗rni va roli to‗g‗risidagi o‗z qarashlarini himoya 
qildi va ularni qayta o‗zgartirgan holda neoliberalizm guruhini tashkil 
etdi.  Keyinchalik  iqtisodiy  fanda  neoliberal  konsepsiyaning  asosiy 
tamoyillari  ishlab  chiqildi  va  ularning  amaliyotda  amal  qilishi 
ko‗rsatib  berildi,  neoliberalizm  oqimi  va  maktabi  shakllantirildi, 
shuningdek,  mazkur  konsepsiyaning  mohiyati va mazmuni to‗g‗risida 
bir butun tushunchalar yaratildi. 
Neoliberalizmning  asosiy  xususiyati  va  belgilari.  Neoliberalizm, 
bozor  munosabatlari  tizimi  xo‗jalik  yuritishning  ancha  samarali  shakli 
ekanligi,  u  iqtisodiy  rivojlanish  va  o‗sish  uchun  eng  qulay  shart-


249 
sharoitlarni 
yaratib 
berishi 
to‗g‗risidagi 
qoidaga 
asoslanadi. 
Neoliberallar  iqtisodiyotni  erkinlashtirish,  bahoning  erkin  shakllanish 
tamoyillaridan,  iqtisodiyotda  xususiy  mulkning  va  nodavlat  xo‗jalik 
tuzilmalarining  yetakchilik  rolidan  foydalanish  tarafdori  hisoblanadi. 
Bunda  ular  davlatning  iqtisodiyotni  tartiblashdagi  rolini  futbolni 
boshqarib  boradigan,  lekin  o‗yinda  ishtirok  etishga  haqqi  bo‗lmagan 
hakamga o‗xshatishadi. 
Iqtisodiyotni davlat tartiblashining neoliberal konsepsiyasi vakillari 
L.Erxardning – ―mumkin bo‗lgan barcha joyda – raqobat, qayerda zarur 
bo‗lsa  o‗sha  yerda  -  tartiblash‖  qoidasiga  amal  qilgan  holda  iqtisodiy 
jarayonlarda 
davlat 
ishtirokini 
kamaytirish 
va 
iqtisodiyotdagi 
nomuvozanatlikni bartaraf etishning sharti sifatida tadbirkorlarning erkin 
va barqaror amal qilishga ko‗maklash zarurligini isbotlab berdi. 
Neoliberalizmning asosiy belgilari: 
–  bozor  mexanizmi  va  erkin  raqobat  ustunligini  e‘tirof  etgach, 
neoliberallar  raqobat  muhitini  shakllantirish  va  unga  amal  qilishni 
nazorat  qilish  bo‗yicha  davlatning  iqtisodiyotga  aralashuvini  mumkin, 
deb hisoblaydi; 
– zamonaviy iqtisodiyotning samaradorligini ta‘minlashda iqtisodiy 
faoliyat ishtirokchilarining erkin amal qilishini qo‗llab-quvvatlaydi; 
–  monopoliyani  milliy  xo‗jalikning  har  tomonlama  rivojlanish 
yo‗lidagi  to‗siq,  deb  e‘lon  qiladi  va  iqtisodiyotdagi  monopol  moyillik 
bilan kurashning zarurligini asoslab beradi; 
–  o‗zini  keynschilikka  va  xo‗jalik  hayotiga  faol  aralashuv  tamoyiliga 
asoslangan totalitarizmga qarshi raqib, deb hisoblaydi. 
XX  asrning  30-yillaridayoq  erkin  raqobat  tizimini  cheklovchi 
iqtisodiyotni 
davlat  tartiblashining  keynschilik  g‗oyalariga  qarshi  davlatning 
iqtisodiyotga  aralashuvining  muqobil  neoliberal  chora-tadbirlari  turli 
mamlakatlarda  ishlab  chiqarila  boshladi.  Hozirgi  zamon  sharoitida 
―neoliberallar‖  nomi  bilan  ataluvchi  bir  qancha  maktablar  amal  qiladi. 


250 
Unga  Chikago  (M.Fridman),  London  (F.Xayek),  Frayburg  (V.Oyken, 
L.Erxard) maktablarini kiritish mumkin. 
“Ordoliberalizm”  nima?  Ikkinchi  Jahon  urushidan  keyin 
neoliberalizm  g‗oyalari  eng  avvalo,  G‗arbiy  Germaniya  amaliyotida 
muvaffaqiyatli  qo‗llanila  boshladi.  Bu  yerda  1948-yildan  neoliberalizm 
Bonning  rasmiy  doktrinasiga  aylandi.  O‗sha  yili  V.Oykenning 
muharrirligi 
ostida 
xo‗jalik 
va 
ijtimoiy 
tuzum 
to‗g‗risidagi 
neoliberallarning yillik jurnalining birinchi soni ―Ordo‖ nomi bilan chop 
etildi.  V.Oyken  ishlatgan  ―Ordo‖  so‗zi  ―Tabiiy  tuzum  ...  erkin  bozor 
xo‗jaligi‖ tushunchasini bildiradi. Germaniyada neoliberalizm doktrinasi 
―Oyken maktabi‖ ta‘sirida hatto ―ordoliberalizm‖ deb atala boshladi.\ 
Ordoliberal  konsepsiyasi  asosida  ―ijtimoiy  bozor  xo‗jaligi‖ 
konsepsiyasi  ishlab  chiqildi.  Uni  ishlab  chiqqan  iqtisodchi  professorlar 
Alfred Myuller-Armak, Aleksandr Ryustov, Vilgelm Repke va Lyudvig 
Erxardlar hisoblanadi. 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish