13.2. Keynschilar va neokeynschilar
J.M.Keyns g‗oyalari uning izdoshlari tomonidan .davom ettirildi va
uch oqimga ajraldi, bu oqimlar keynschilik, deb ataladi.
Keyns ta‘limoti ayniqsa, AQShda katta shuhrat qozondi. Garvard
universiteti
professorlari
E.Xansen
(1887-1975),
S.Harris,
J.M.Klarklarning asarlarida bu g‗oyalar rivojlantirildi va dastlab yangi
keynschilik, keyinroq esa ortodoksal keynschilik, deb ataldi. Keyns
qoidalari asosan to‗liq qabul qilindi, ammo masalan, Xansen tomonidan
stagnatsiya nazariyasi bilan to‗ldirildi.
Xansenning fikricha kapitalizm qiyinchiliklari uning ichki qarama-
qarshiliklaridan emas, balki «tashqi impulslar»ning susayganligi
tufaylidir. Davlat xarajatlarini o‗stirish uchun soliqlarni oshirish taklif
etiladi, ularning fikricha ish haqining 25-30 foizi emas, balki 60 foizini
soliq sifatida olish, shuningdek «me‘yordagi inflyatsiya» ham taklif
etiladi.
E.Xansen, J.M.Klark va boshqalar multiplikator konsepsiyasini
to‗ldirdilar. Multiplikatorlar ta‘siri keyingi davrlarda ham bo‗ladi, ya‘ni
uni uzluksiz jarayon, deb qaradilar.
241
Yangi keynschilar samarali talabdan ham yuqori keskin o‗sishni
tushuntirishga
harakat
qiladilar.
Ular
multiplikator
prinsipini
akseleratsiya prinsipi bilan to‗ldirdilar. Bu prinsipga ko‗ra aniq
sharoitlarda daromadlar o‗sishi investitsiyalar o‗sishiga olib kelishini
ko‗rsatuvchi koeffitsiyntga tengdir. Multiplikator prinsipiga ko‗ra
investitsiyaning qanday ishlatilishi unchalik ahamiyatga ega emas, u ish
bilan bandlikni ta‘minlab, daromadni oshirishi kerak. Yangi keynschilar
esa investitsiyaning qanday ishlatilishiga katta e‘tibor berib,
industrlashgan
investitsiya
tushunchasini
kiritdilar.
Akselerator
investitsiya o‗sishining daromad o‗sishiga, ya‘ni investitsiyadan keyingi
va undan oldingi daromadlarning farqlari nisbati bilan aniqlanadi.
Yangi prinsipning mohiyati shundaki, ba‘zi bir asbob-uskuna,
mashina va mexanizmlar ishlab chiqarish uchun nisbatan uzoq vaqt talab
etiladi, shu muddatni kutish mazkur mashinalar ishlab chiqarishni
kengaytirishga psixologik (ruhiy) ta‘sir etadi, bu esa real talabdan ortiq
bo‗ladi va investitsiyaga talab ham ortadi.
Multiplikator va akselerator g‗oyalariga asoslangan holda davlat
kapital qo‗yilmalari asosida iqtisodiyotning uzluksiz o‗sish sxemasi
ishlab chiqildi. Kapitalistik iqtisodiyotda davlat byudjeti tartibga
solinadigan bosh mexanizm hisoblanadi.
Soliqlar iqtisodiyot o‗sganda oshadi va inqirozlar davrida kamayadi.
Davlat to‗lovlari esa aksincha, inqiroz davrida oshadi va o‗sish davrida
kamayadi. Shu yo‗l bilan Xansenning fikricha samarali talab hajmi
me‘yorlashadi. Bunda xususiy kapital qo‗yilmalarini tartibga solish va
davlat xarajatlarini sharoitga qarab o‗zgartirish chegaralari ham
belgilanadi. O‗sish davrida davlat xarajatlarini cheklash, inqirozlar
davrida uni oshirish va shu yo‗l bilan xususiy xarajatlarni
kompensatsiyalash taklif etiladi, harbiy iqtisod maqtaladi, uni
konyunkturani me‘yorlashning eng yaxshi vositasi deb qaraladi
(AQShda harbiy xarajatlar doim yuqori bo‗lishiga e‘tibor bering).
242
Do'stlaringiz bilan baham: |