5.4. Zahiriddin Muhammad Bobur va Boburiylar davri
Davlat arbobi va qomusiy olim Zahiriddin
Muhammad Bobur (1483-1530) va uning
avlodlari tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy va
huquqiy masalalarda katta ishlar amalga
oshirilganligi bizga tarixiy bitiklardan ma‘lum.
Xususan, Boburning «Boburnoma» asarida,
«Mubayyin» kabi to‗plamlarida iqtisodiyotga
oid ma‘lumotlarga, shu jumladan, soliq
Zahiriddin Muhammad
Bobur (1483-1530)
73
siyosatiga katta o‗rin berilgan. «Zakot to‗g‗risidagi katta kitob» da esa
o‗sha davrdagi soliq, uning turlari to‗g‗risida qimmatli fikrlar bildiriladi.
Bu asarlarni mutaola qilar ekanmiz, ulardan mamlakatimizning bugungi
hayotida ro‗y berayotgan iqtisodiy islohotlarni, o‗zgarishlarni tahlil
qilish, qisqacha xulosalarlar chiqarish va amaliyotda foydalanish uchun
yangi fikrlar, maslahatlar topamiz. Ayniqsa, iqtisodiyotga oid, uning
umumiy asoslari bo‗lmish ishlab chiqarish, shuningdek, savdo va
tijoratga oid, soliq va boj to‗lovlari bilan bog‗liq bo‗lgan qarashlari bizni
to‗lqinlantiradi. E‘tirof etish kerakki, garchi bizning hayotimizda
Boburning davlatni boshqarish, ishlab chiqarish va savdoni tashkil etish
masalalariga doir alohida asari yoki uning o‗z hukmronligi davrida
yurgizgan iqtisodiy siyosatiga oid birlamchi manbalar bo‗lmasa ham
ilmiy bilish va idrok etish kuchiga suyangan holda shunday qisqacha
xulosalarga kelamizki, u buyuk mutafakkir, qomusiy olim sifatida
iqtisodiy qonunlarning mohiyatini, iqtisodiyotning jamiyat va davlat
hayotidagi belgilovchi ahamiyatini chuqur tushungan. Shuning uchun
ham u dolzarb va adolatli farmonlar va hukmlar chiqarib, ilmiy jihatdan
asoslangan iqtisodiy siyosat yurgizgan, buning oqibati o‗laroq u
hukmronlik qilgan davrda davlatda osoyishtalik, milliy totuvlik, siyosiy-
ijtimoiy taraqqiyot qaror topgan. Shu bois ham Bobur asos solgan
saltanat bir necha asr davomida yashadi va tarixda o‗chmas iz qoldirdi.
Bobur va uning vorislari davrida soliq masalalari muhim o‗rinni
egallagan.
Boburning «Mubayyin» asari to‗la ravishda qonunlar va iqtisodiy
masalalarga bag‗ishlangan. Asarning nomi ham «qonunlar izohi»
ma‘nosiga ega. Butun islom mamlakatlaridek, Movarounnahr va
Xurosonda ham «zakot» ma‘lum miqdorda va muayan shart-sharoitlarda
olinadigan soliq ma‘nosida qo‗llaniladi hamda naqd pul va savdo
yig‗imi shaklida to‗planadi. Soliqni hisoblash uchun soliq olish
obyektining «nisobi», ya‘ni mol-mulkning zakot berishga layoqatli
bo‗lish uchun belgilangan miqdori aniqlanadi, hisobdan kam mulkdan
74
soliq olinmaydi. «Agar yerdan ikki hosil olsang, xirojni ham ikki marta
to‗la», deb yozadi Bobur. Xiroj, ya‘ni yer solig‗i ikki toifaga bo‗lingan:
muqassam va muvazzar. Birinchisi, olingan hosilning miqdoriga bog‗liq
bo‗lib, uchdan birdan-yarimgacha teng bo‗lgan, ikkinchi esa, soliq
solinadigan yerning maydoniga bog‗liq ravishda olingan. Yerni
sug‗orish masalalari Sharqda o‗ta muhim edi, chunki ob-havo nihoyatda
quruq va issiq, yer-tuproq sharoiti sun‘iy sug‗orishni talab etganligidan
sug‗oriladigan yerlar, tabiiyki, lalmikor yerlardan ko‗p hosil bergan. Shu
sababli suv solig‗i ham bo‗lgan. Suv solig‗i quyidagicha olingan: «agar
sug‗orish davrida chig‗ir qursang, olgan hosilning o‗ndan birining
yarmini (5%) soliq uchun to‗lashing kerak», ya‘ni sug‗oriladigan
yerlarga sarf-xarajat hisobga olingan va bu mantiqan to‗g‗ridir.
Umuman olganda, bu davrda soliq va boshqa yig‗imlar tamomila
islomiy shariatga to‗la rioya qilingan holda olingan.
Nisobga yetgan miqdordagi mol-mulkdan Qur‘oni Karim,
Muxtasar, Hidoya va boshqa manbalarda qat‘iy belgilab qo‗yilgan qismi
ixtiyoriy ravishda miskinlarga berilgan, masalan, boqiladigan mollar,
ya‘ni echki, tuya, sigir, otlardan, xususan, qo‗ylardan soliq (zakot)
quyidagicha olingan: 40 qo‗ydan bitta (2,5%), 120 tasidan ikkita, 201
dan boshlab uchta, 400 dan ortiq bo‗lsa har 100 qo‗ydan bittasi zakot
qilib berilgan. Shuningdek, «Boburnoma»da bir yurt tovarining boshqa
yurtlarga olib borilishi, almashuvi, aholi ehtiyojlarining qondirlishi va
ularning iqtisodiyot ravnaqidagi ahamiyati to‗la bayon qilinadi. Bobur
savdo-sotiqning xalqlar o‗rtasidagi bebaho ahamiyatini juda chuqur
tushunar edi.
Shuning uchun ham u savdo karvonlarini yo‗llarda talash,
bosqinchilik qilish, mol-mulkiga ziyon yetkazish kabi salbiy illatlarga
ayovsiz munosabatda bo‗lgan. Bu siyosat Amir Temur, Ulug‗bek va
boshqa temuriylar siyosati bilan ma‘lum. O‗sha davrda Bobur
savdogarlardan olinadigan savdo yig‗imining ham adolatli va xolisona
tashkil qilinishiga katta ahamiyat bergan. Musulmon savdogarlarining
75
savdo aylanmasidan savdo yig‗imi 20 misqol (4,5 gramm) oltindan 1
misqoli shaklida olingan, eng muhimi soliq hissasi daromad hissasiga
nisbatan kamayib borgan, ya‘ni daromad ko‗payishi bilan soliq
kamaygan va boylik jamg‗aruvchilar uchun o‗ta manfaatli bo‗lgan.
Hozirgi davrda ham mana shu siyosatni qo‗llash foydadan xoli emas.
Chet ellik savdogarlardan olinadigan yig‗im esa ularning qaysi
yurtlardan
kelganligiga
bog‗liq
bo‗lgan.
Agar
ular
islom
mamlakatlaridan kelgan bo‗lsalar, barcha daromadlarining yigirmadan
bir qismi (5%) miqdorida soliq olingan. Musulmon bo‗lmagan
mamlakatlardan kelgan savdogarlardan olinadigan soliq miqdori shu
mamlakatlarda musulmon savdogarlaridan olinadigan soliq miqdoriga
tenglashtirilgan. Naqadar adolatli va foydali soliq tizimi. Bobur ishlab
chiqqan soliq siyosati uzoq yillar davomida qo‗llanib kelindi va
mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta‘sir etdi. Bu esa Bobur
iqtisodiy g‗oyalarining juda chuqur ilmiy asosga suyanganligi, uzoqni
ko‗zlovchi salohiyatga ega ekanligidan dalolat beradi. Bunday ilmiy
salohiyat uning vorislari, hamyurtlari bo‗lgan-bizlarda unga nisbatan
yanada chuqur hurmat va faxrlanish hissini uyg‗otadi.
Ulug‗ bobokalonimiz, vatandoshimiz qoldirgan iqtisodiy g‗oyalar
va iqtisodiy tafakkur merosi, u yurgizgan iqtisodiy siyosat tizimi
mustaqilligimizni mustahkamlashda, bugungi kurashimizda qudratli
ma‘naviy tayanch bo‗lishga xizmat qiladi. Mirzo Bobur iqtisodiy
dunyoqarashini o‗rganish, uning iqtisodiyotga oid qarashlarini tadqiq
etish hamda imkon darajasida bugungi hayotimizga tatbiq qilish
foydadan xoli emas. Shunisi diqqatga sazovorki, Bobur podshohligi
davrida mamlakatga vino keltirish taqiqlangan, ya‘ni iqtisodiyotda
proteksionizm siyosati qo‗llanilgan. Boburdan keyin uning o‗g‗li
Xumoyun, keyinchalik nevarasi Akbarshoh Jaloliddin (1542-1605)
1556-1605-yillari Hindistonda muvaffaqiyatli podshohlik qilgan.
Akbarshoh tomonidan 1574-yildan boshlab islohotlar o‗tkazdi,
dehqonlarga yagona soliq kiritdi, yagona uzunlik va og‗irlik
76
o‗lchovlarini joriy qildi. Bu shoh to‗g‗risida 1601-yil «Akbarnoma»
kitobi chop etildi, unda mamlakatdagi soliq tartibi o‗z aksini topgan.
1994-yilda Toshkentda bosilgan «Shoh Akbar va Dono Birbal»
nomli to‗plamda ko‗rsatilishicha XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII
asrning boshlarida Hindistonda hukmronlik qilgan Akbarshoh bobosi
Bobur an‘analarini izchil davom ettirib, hindlar bilan musulmonlar
o‗rtasida birodarlik munosabatlarini o‗rnatish yo‗lida jonbozlik
ko‗rsatgan. Akbarshoh boshqargan davlatda Birbal nufuzli amaldor edi.
Akbar bu dono va zukko hind amaldoriga alohida mehr bilan qarab, uni
har tomonlama e‘zozlagan.
Birbal ham Akbarshohning odilona siyosatini amalga oshirish
sohasida sidqidillik bilan xizmat qilgan. Akbar va Birbalning o‗zaro
suhbatlarida izhor etilgan har ikki tarixiy shaxsning iqtisodiy qarashlari
alohida diqqatga sazovordir. Unda insonlardagi halollik va insof bilan
birga ayrim amaldorlarning vijdonsizliklari iqtisodiy tomondan tahlil
qilinadi, feodalizm sharoitida murakkab iqtisodiy muammolarning
yechimini topishga harakat qilinadi. «Podshohning besh savoli»
hikoyasida Birbalning chuqur iqtisodiy tafakkurga ega ekanligi
namoyon bo‗ladi. «Ulug‗ ma‘bud Indiradir»,- deb so‗z boshlaydi u.
Uning amri bilan yomg‗ir yerni sug‗oradi, bug‗doy unadi, odamlar
to‗kin va to‗q yashaydilar. Buzoqlar qadr-qimmatlidir, u odamlarga ko‗p
foyda keltiradi. Eng qimmatli gul -paxtaning guli. Undan mato
to‗qiydilar. U butun olam odamlarini kiyintiradi. Omochning tishidan
ulug‗ tish yo‗q. Chunki u yer bag‗rini yoradi, shundan keyin don va
sabzavot ekiladi, odamlarni to‗ydiradi. Ulug‗ fazilat esa jasoratdir.
Agar inson jasoratsiz bo‗lsa, uning fazilatlaridan foyda yo‗qdir.
Jasorat bu mehnat. Inson hayotida faqat ziroat ekinlarini yetishtirishdagi
mehnatgina emas, balki hunarmandlar mehnati ham alohida ahamiyatga
ega. Bu borada «Inson qo‗li gul» hikoyasi yanada qiziqarlidir. Birbal
bog‗bonni chaqirtiribdi va buyuribdi: -ertaga bog‗ va gulzorlardagi eng
77
chiroyli va yaxshi gul bilan o‗zing yetishtirgan mevalardan olib,
shohning huzuriga borasan.
Shoh bog‗bondan meva va gullarning narxini so‗raganda, u: -
Olampanoh! Biz bu mo‗jizalarni bunyod qilish uchun ko‗p vaqt
sarfladik. Xullas, bu noyob narsalar uchun ming rupiy so‗raymiz.
Podsho ming rupiy beribdi. Bu bahoga yakun yasab, Birbal
quyidagilarni aytibdi: «Siz yaqinda tabiat yaratgan narsalarning inson
qo‗li bilan yaratilganidan yaxshi va qimmatli ekanini aytgan edingiz,
men sizga insonning qo‗li gul ekanini, uning iqtidori yaratgan mo‗jizalar
tabiatnikidan go‗zal bo‗lishi mumkinligini isbotlashga va‘da bergan
edim. Bugun mening niyatim amalga oshdi: Siz mirishkor bog‗bon
yaratgan mevalar va gullar uchun ming rupiy to‗ladingiz, ammo
tabiiylariga atigi yigirma besh rupiy berdingiz». «Mehnatni qadrlash
hayotni saqlar» hikoyasida insho etilishicha, shoh Akbar bilan Birbal
yoshlik davrlarni eslab, eski uylariga borishibdi. Yaxshi niyat bilan bir
paytlar sada daraxtining tagiga xazina yashirishgan ekan. Kavlashsa,
yerga ko‗milgan oltin qanday bo‗lsa shundayligicha turganmish.
Boylikni olishib, yo‗llarida davom etisharkan, ko‗zlari eski uylariga
tutash bir kulbada o‗sha paytlarda yashagan munkillagan bir kampirga
tushibdi. Kampir shu kungacha kunni kun demay odamlarga qo‗l
tegirmonida donni yanchib berarkan. Ko‗rinishi ham o‗zgarmabdi.
Avvalgidek qo‗l tegirmonni aylantirib yotganmish. So‗ng ular kampirga
rahmi kelib, bundan keyin rohatda yashang deb, ko‗mgan boyliklarining
hammasini in‘om qilishibdi. Kampirning qarilik yillari rohat-farog‗otda
o‗tadigan bo‗libdi. Keyinchalik ma‘lum bo‗lishicha, shoh Akbar yoshlik
davrida kampir 160 yoshda ekan, shu davrdan beri 50 yil o‗tibdi.
Shundan keyin Birbal mehnatni ardoqlash uzoq umr ko‗rish shartlaridan
biri ekanligi haqidagi qisqacha xulosalarga kelibdi. Hikoyalarning
ba‘zilari
o‗sha davrdagi tovar-pul munosabatlari masalalariga
bag‗ishlangan. «Firibgar kema egasi» hikoyasiga ko‗ra Birbal
Hindistonning Bengal viloyatidan kemada mol olib kelgan savdogarning
78
shikoyatini eshitib, kema egasi besh ming rupiylik molni o‗ziniki qilib
olmoqchi bo‗lganini tekshiradi va unga quyidagi savollarni beradi.
«Agar mevalar, ziravorlar haqiqatan seniki bo‗lsa, ularni zarariga
sotishga rozi bo‗larmiding?» Kema egasi dengizchilarni ham yo‗ldan
urganligini isbotlaydi. Savdogarga pul qaytarib beriladi va adolat
tiklanadi.
«Tentaklar ro‗yxati» hikosida shoh Akbarning zotli otlarni sotib
olgani, otlar unga juda yoqib qolgani, yana shunday otlar keltirishni
buyurib, 1000 rupiy garov puli bergani hikoya qilinadi. Lekin shoh
Akbar shuncha pul berib, savdogarni qaysi yurtdan, qaysi shahardan
ekanligini so‗ramagan, savdoda xatoga yo‗l qo‗ygan edi. Savdogar esa
muttahamlik qilib, qaytib kelmagan. Shunda Birbal tovar-pul
munosabatlaridagi bu kamchilikni aytib o‗tadi. Savdolashganda xorij
savdogar sotib olgan mol qaysi yurtdan, qaysi shahardan ekanini,
savdogarning nomini so‗rash lozimligini ta‘kidlaydi. «Hozir nima
harakatda» hikoyasida ayonlardan biri quyosh, ikkinchisi er, yana biri
oy, deb javob bergani bayon etiladi. Lekin shoh Akbar javoblarga
qanoatlanmaydi.
Birbal quyidagi javobni beradi: «Hozir, - deydi Birbal, sudxo‗r
qarzga bergan pullarning foydasi harakatda. Axir bu pullar hech qachon
tinch yotmaydi. Aksincha, kundan kunga tezligi oshib boradi». Bu javob
shoh Akbarga ma‘qul tushadi, chunki Hindistonda qarzga olingan pullar
qanchalik qo‗shimcha foyda bilan qaytarilib, dehqonlarni xonavayron
qilishi hammaga ma‘lum edi. Bu yerda gap kapital aylanishi va foiz
stavkasi bilan bog‗liq voqea haqida borayapti. Dehqonlar olgan
qarzlarini yuqori foizlarda qaytarishi salbiy hodisa sifatida qoralanadi.
Demak, hozirgi davrdagi adolatli kredit masalalari yoritiladi. Birbal
yashagan davrda hali statistika fani vujudga kelmagan edi. Lekin hayot
statistik jumboqlarni keltirib chiqarar edi. Kunlardan bir kun podshoh
saroy yig‗inida har bir mulozimidan: - Dehlida nechta qarg‗a bor? - deb
so‗rab qoladi. Hech kim javob bera olmaydi. Birbal shunday javob
79
beribdi: -O‗tgan yili men hisob-kitob qilib, Dehlida uch ming besh yuz
sakson beshta qarg‗a borligini aniqlagan edim. Shoh Akbar shubhalanib,
o‗tgan yili qaysi oyda hisob qilgan eding? - deb savol beribdi va qo‗shib
qo‗yibdi: - agar Dehlidagi qarg‗alarning soni bittaga ko‗p yoki kam
chiqsa uch ming besh yuz sakson besh rupiy jarima to‗laysan. Shuning
uchun kechgacha o‗ylab, menga aniq javob ber, - debdi shoh. -Mening
hisobim to‗ppa-to‗g‗ri, qat‘iyat bilan gapiribdi Birbal, - «qayta
sanaganda ham shu sonning chiqishiga aminman, faqat ayrim
qarg‗alarning qayergadir mehmonga uchib ketishi va boshqalarning bu
yerga uchib kelishi mumkin ekanligini nazarda tutsak bas». Bu javobda
Birbal birinchidan, Dehlidagi barcha qarg‗alarni sanab bo‗lmasligini
ko‗zda tutgan, shu bilan birga qarg‗alar ko‗payib, yozda sovuq joylarga
uchib ketishini esdan chiqarmagan. Bu misol Birbalda statistikaning
dastlabki kurtaklari mavjudligidan dalolat beradi.
«Haqiqat qo‗ng‗irog‗i» hikoyasida shoh Akbarning juda adolatli
hukmdor ekanligi o‗z ifodasini topgan. Xalqning mushkulini oson qilish
maqsadida, u shahardagi maydonga bitta ustun o‗rnatib, qo‗ng‗iroq osib
qo‗yishni buyuribdi. Saroygacha uzun arqon torttirib, bu yerga ham
qo‗ng‗iroq ostiribdi. Maydondagi arqon tortilsa, saroydagi qo‗ng‗iroq
ham jaranglar ekan. Saratonning jazirama kunlaridan birida qo‗ng‗iroq
jaranglab qolibdi. Ho‗kiz qo‗ng‗iroq ipini tortgan ekan. Ho‗kiz-
ho‗kizda. U gapirarmidi, shoh qarshisida mo‗ltillab turganmish, xolos.
Shoh Birbalga «Ho‗kizning arzi bor, dardini bilib, menga xabar ber»,
debdi. Birbal ho‗kizning yelkasini silab, uning ko‗zlariga tikilibdi.
Keyin shohga xo‗kizning dilidagi qarzini quyidagicha tarjima qilib
beribdi: «Men qaridim, ish qilishga kuchim yetmay qoldi. Quvvatim
borligida xo‗jayinim meni erkalardi, yem bilan siylardi.
Endi bo‗lsa ko‗chaga haydadi, qarib holdan toygan bir paytda
qayerdan ham panoh topaman,-deyapti», debdi. «Ho‗kizning egasi
topilganidan keyin Birbal savol beribdi: -Nega bog‗lab qo‗ymadingiz?
Savdogar javob beribdi: -Janob vazir, u menga endi kerak emas.
80
Shuncha yil davomida qilgan xizmati bilan to‗lagan haqini tiyin-
tiyinigacha oqladi. -Vaqti-soati kelib sen ham qariysan va ishga yaramay
qolasan. Farzandlaring seni uydan haydab chiqaradi. Aytchi, ularning bu
ishi adolatdan bo‗ladimi?-deb so‗rabdi Birbal. -O‗z otasini qanday qilib
haydashsin? - ajablanibdi savdogar.
Bir eslab ko‗rchi, bu jonivor senga qanchalar xizmat qildi. Nahot
qilgan andishasizligingdan vijdoning azoblanmasa. Bu tilsiz maxluq
butun quvvatini senga sadoqat bilan xizmat qilishga sarflasayu, sen
uning yaxshiligiga shunday javob qaytarsang. Unga hozir ham
achinmayapsan. Xullas, bu ho‗kizni shoh molxonasiga qo‗yib
yuboramiz. Uni boqish uchun sen har oyda besh rupiy haq to‗laysan.
Savdogar pulni to‗laydigan bo‗libdi. Bu hikoya o‗z davrida va undan
keyin ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‗lgan. Xizmatkorlarni
ishlatib, haqini to‗lamaganlarga tegishli fikr ilgari suriladi va ularga
insofli bo‗lish kerakligi to‗g‗risida qisqacha xulosalar chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |