1. Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasida: - mamlakatda ijro hokimiyati rolini oshirish, ayni paytda uning
vakolatlari va huquqlarini kengaytirish orqali hukumatning mas‘uliyatini
yanada oshirish;
- mamlakatning Oliy qonunchilik organi – ikki palatali Parlamentni
shakllantirish;
- hokimiyatning asosiy bo‗g‗ini va davlat tayanchi bo‗lgan o‗zini-
o‗zi boshqarish organlari – mahalla, mahalla qo‗mitalari va qishloq
fuqarolik yig‗inlariga keng imkoniyatlar berish orqali ularning
vakolatlarini oshirish va faoliyati hamda rolini amalda kuchaytirish;
- mamlakat istiqboli bilan bog‗liq bo‗lgan hamda davlat
ahamiyatiga doir muhim qarorlar qabul qilishda ayni paytda faoliyat
341
ko‗rsatayotgan siyosiy partiyalar va fuqarolik institutlarining roli,
ishtiroki hamda ta‘sirini tubdan kuchaytirish va boshqalar.