Toshkent moliya instituti sh. H. Tashmatov, X. S. Asatullayev, Z. G. Allaberganov


ish haqini ishchi mehnatining bahosi sifatida tavsiflab



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/174
Sana19.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#151370
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   174
Bog'liq
АРМ Tashmatov Sh H Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Darslik 2019

ish haqini ishchi mehnatining bahosi sifatida tavsiflab,
 uni ishchining va 
uning oilasining yashashi uchun zarur bo‘lgan vositalar minimumi bilan 
bog‘lab tushuntirganlar.
Tadbirkorlar  va  yer  egalari  daromadlari  U.Petti  o‘zi  umum- 
lashtirgan  tushuncha  —  “renta”  sifatida  tavsiflanadi.  U  masalan, 
dehqonchilikda yaratilgan mahsulot qiymati bilan uni ishlab chiqarishga 
ketgan  xarajatlar  o'rtasidagi  farqni  renta,  deb  atagan  (ya’ni  tuproq
106


unumdorligiga  bog‘liq  bo‘lgan  renta).  Ikkinchi  bir  misolda,  ssuda 
foizining 
kelib 
chiqish 
mohiyatini 
ko‘rib 
chiqqach, 
U.Petti 
soddalashtirib,  bu  ko'rsatkich  “ssudaga  beriladigan pulga  sotib  olinishi 
mumkin  bo‘lgan  muayyan  yer  maydonidan  olinadigan  rentaga  teng”, 
deb atadi.
Yana  bir  joyda  yer  uchastkasining  bozorga  uzoq-yaqin 
joylashishidan  kelib  chiqadigan  renta  shakli  ko‘rsatib  beriladi.  Aholi 
yashash joylariga  yaqin joylashgan  yer  uchastkalaridan  nafaqat yuqori 
renta  olinadi,  balki  yillik  renta  summasi  ham  boshqa  xuddi  shunday 
unumdor,  lekin  aholi  turar  joylaridan  ancha  uzoq  bo‘lgan  yerlarga 
nisbatan ko‘p bo‘ladi.
Shu  bilan  U.Petti  yer  bahosini  aniqlash  bilan  bog‘liq  bo‘lgan 
muammoni  yechib  berishga uringan.  Lekin bu yerda ham olim mazkur 
muammoni hal etishda yuzaki yondashdi.  Uningcha, yerning bahosi  bir 
yillik  muayyan  miqdordagi  rentaga  teng  bo‘lishi  kerak.  Ammo  u  bu 
miqdomi  ilmiy  jihatdan  aniqlab  bera  olmadi,  ya’ni  yerning  bahosini 
keltirib  chiqarish  uchun  bir yillik  rentani  ko‘paytirish  mumkin  bo‘lgan 
sonni topa olmadi.
Shu  bilan  birga  uning  yer  bahosini  aniqlashdan  kelib  chiqadigan 
ssuda  kapitali  bilan  yerdan  olinadigan  yillik  renta  o‘rtasidagi  o‘zaro 
bog‘liqlik g‘oyasi  iqtisodiy fikrlaming rivojlanishida ijobiy  rol  o‘ynadi. 
Buni  keyinchalik  K.Marks  qayd  qilib  o ‘tadi.  Ma’lum  ma’noda  xuddi 
shunday  fikr  Y.Shumpetming  iqtisodiy  qarashlarida  ham  uchraydi. 
Uningcha, birorta kapitalist yer uchastkasini ushbu uchastkadan olinishi 
mumkin  bo‘lgan  rentaga  teng  foiz  keltirishi  mumkin  bo‘lgan  pul 
summasidan yuqori ham, past ham baholashi mumkin emas. Bironta yer 
egasi o ‘z uchastkasini undan olinadigan rentaga teng foiz keltiruvchi pul 
summasidan  kamiga  sotmaydi.  Ammo  u  o‘sha  summadan  ko‘pini  ham 
ololmaydi,  negaki  bunday  summani  to‘lashga  rozi  bo'lgan  kapitalistga 
birdaniga juda ko‘p yer uchastkalari taklif qilinadi.
Uilyam Petti hayoti davomida faqatgina bitta asarini chop ettirgan, 
biroq  o‘limidan  so‘ng  10  yil  davomida  qolgan  4  ta  kitobi  ham  nashr 
etilgan.  Bu  kitoblar  ko‘proq  traktatlar  bo‘lib,  izchil  tuzilmaga  rioya
107


qilinmagan 
edi. 
Petti 
to‘quvchilar 
oilasida  tug‘ilgan 
bo‘lib, 
kambag‘allikni  boshidan  kechirgan  yorqin  olim  edi,  u  15  yoshigacha 
navigatsiya, geometriya, arifmetika, lotin, grek, fransuz tillarini o‘rganib 
bo‘lgan edi.  Uilyam Petti dengizchi,  fizik,  kashfiyotchi  va eng  muhimi 
iqtisodiy  o‘zgaruvchanlik  o‘lchovi  mavzusini  yoqlagan  birinchi 
iqtisodchi  sifatida  faoliyat  ko‘rsatib,  hayoti  so‘nggida  nihoyatda  boyib 
ketgan.  Uning  iqtisodiy  qaydlari  umumiy  traktatlar  emas  edi,  ular 
Uilyamning amaliy qiziqishlari natijasi edi, jumladan ular soliq siyosati, 
pul va o‘lchov masalalariga bag‘ishlangan edi.
Pettining  Siyosiy  Arifmetikasi  1676-yilda  yozilgan  bo‘lsa-  da, 
1690 -  yilga qadar chop etilmagan. U siyosiy arifmetika metodologiyasi 
yangilik kiritayotganini anglab yetgan edi.

Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish