valyuta
arbitrajini
o’tkazishadi. Bu valyutani sotish yoki sotib olish bo’lib, keyinchalik
teskari bitim qilib, valyuta kurslari farqi yordamida foyda olish maqsadida
o’tkazishni ifodalaydi. Arbitraj ikki xil -joylashuvga ko’ra va vaqtli bo’ladi.
Joylashuvga ko’ra arbitraj banklarning turli valyuta bozorlaridagi kurs farqi orqali
foyda olishini bildiradi. U valyuta riski bilan bog’liq emas, chunki valyuta savdosi bir
vaqtning o’zida amalga oshadi. Masalan, bank vakili Gongkokda valyutani sotib
oladi (sotadi) va shu vaqtning o’zida u o’zining Nyu-Yorkdagi korrespondenti orqali
shu valyutani sotadi (sotib oladi).
Vaqtli arbitraj vaqt o’tishi bilan valyuta kursi orasidagi farq orqali foyda
olishdir. Valyuta arbitraji spot va forvard sharoitida amalga oshirilishi mumkin va bu
turdagi operatsiyalarda valyuta risklari mavjud bo’ladi..
135
Bank valyuta operatsiyalarini bajarganda unga o’z valyuta resurslarining bir
qismini sarflaydi. Bunda bankning xorijiy valyutalar bo’yicha majburiyat va talablari
orasidagi nisbat o’zgaradi. Bankning xorijiy valyutalarni sotish va sotib olish
jarayonida valyutalar bo’yicha talab va majburiyatlar nisbati holati banklarning
valyutaviy holati deyiladi. Valyuta bo’yicha majburiyatlar va talablar teng bo’lgan
holat yopik, teng bo’lmagani ochiq valyuta holati deyiladi.
Ochiq valyuta holatida
- bank valyuta bo’yicha qarshi bitimni amalga
oshirganda valyuta kursining o’zgarishi natijasida oldingi sotgan valyutasiga nisbatan
kam valyuta olishi, ya’ni zarar ko’rishi mumkin. Shuning uchun bu holatda valyuta
kursining o’zgarishi valyuta riskining vujudga kelishiga olib keladi.
Ochiq valyuta holati uzoq yoki qisqa bo’lishi mumkin.
O’isqa valyuta holati
da sotilgan valyuta bo’yicha majburiyatlar, sotib olingan
valyuta bo’yicha talablardan oshadi., ya’ni xorijiy valyutani sotish uni sotib olishdan
yuqori bo’ladi.
Uzoq holatda
esa aksincha xorijiy valyutani sotib olish uni sotishdan
yuqori bo’ladi,ya’ni sotib olingan valyuta bo’yicha talablar uni sotish
majburiyatlaridan ko’p bo’ladi. Bu holatlarni quyidagi misollar bilan yaqqolroq
tushintirish mumkin.
Masalan, ertalab bankda yapon yeni va funt sterling bo’yicha yopiq valyuta
holati bo’lsin. Bank ochilishi bilan mijoz bankka unga ienaga funt sterling sotish
to’g’risida murojaat qilsin. Agar shu paytda 1funt sterling kursi = 172 iena bo’lsa, bu
bank mijozga 172 valyuta kursi bo’yicha 1 million funt sterlingni sotsin. Bunda bank
ochiq valyuta holatiga ega bo’ladi.
Angliya funt sterlingi bo’yicha qisqa holati = 1000000 funt sterling
Yaponiya ieni bo’yicha uzoq valyuta holat = 172000000 Yaponiya ieni.
Banklar har bir valyuta holati bo’yicha risklar darajasini belgilaydilar.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida valyuta holatini doimiy ravishda nazorat
qilish uchun ular bilan bog’liq jarayonlar EHM lariga kiritiladi va undagi
ma’lumotlar bo’yicha valyuta risklarining oldini olish choralari ko’rib boriladi.
136
Tayanch so’zlar
o’tkazma;
valyuta karidori;
bank cheki;
kross-kurs;
bank vekseli;
forvord;
hujjatli akkreditiv;
svop;
hujjatli inkasso;
fyuchers.
Do'stlaringiz bilan baham: |