sifatida ishlatib turgan holda o’z pul siyosatini olib bordi. Estoniya, Latviya, Litva,
Ukraina birinchi bo’lib rubl zonasidan chiqib o’z milliy valyutasini qabul qilishdi.
Keyinchalik Ozarboyjon, Qirg’iziston va Moldaviya respublikalari bu yo’nalishni
davom qildirdilar. Rubl tizimida
vujudga kelgan tartibsizliklar, milliy valyutalar va
kuponlarning muomalaga chiqarilishi, yagona pul-rubl zonasining tugatilishiga, uning
har xil kursga ega bo’lishiga olib keladi.
1992 yil oxiriga kelib Rossiyada tovarlar bahosining oylik o’sishi 25-30
foizgacha ko’tarildi. Moskva valyuta birjasida rublning nominal qiymati bir dollarga
125 rubldan, dekabr 1992 yilda 485 rublgacha, mart 1993 yil 1 dollar 660 rublgacha
tenglashdi. Pul qadrini tushishi, naqd pul etishmovchiligiga, oxirgi esa ish xaqi,
nafaqalarni to’lashda qiyinchiliklar bo’lishiga olib keldi. SSSR mavjudligining oxirgi
banklar to’g’risidagi qonunga asosan davlat banki o’rniga
Markaziy bank, mustaqil
davlatlarda Markaziy (yoki milliy) banklar tashkil qilindi.
99
3-jadval
Sobiq Sovet ittifoqi davlatlari valyutalari aprel 1993 yil
Respublikalar
Pul birligi va uning kursi
Armaniston
Rubl
Azarbaydjon
Manat va rubl (1manat=10 rubl)
Belarus
Rubl va B. Rubli (1 B. Rubli=10 rubl)
Estoniya
Krona (8 kron=1 nemes markazi)
Gruziya
Rubl va kupon
Qirg’iziston
Som (3 may 1993 yildan)
Latviya
Latviya rubli (130 l.r. = AQSh dollari)
Litva
Talonlar (505 talon = 1 AQSh dollari)
Moldaviya
Rubl va kupon
Rossiy
Rubl
Tojikiston
Rubl
Turkmaniston
Rubl
Ukraina
Korbonavets (1 korbonavets=0,3 rubl)
O’zbekiston
Rubl va so’m kupon
Rossiya Markaziy banki pul emissiyasi bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarni
bajarish huquqini o’z qo’liga oldi. Undan tashqari davlat pul belgilarini bosib
chiqaruvchi muassasa Rossiyada joylashgan edi.
Mustaqil davlatlar Markaziy
banklarning pul muomalasini olib borish bo’yicha harakatlari cheklangan edi.
Natijada pul taqchilligi yuzaga keladi va u alohida olingan respublikalarda har xil
darajada namoyon bo’ldi. Masalan, Rossiya Markaziy banki muomalaga chiqargan
pullarda Rossiyaning salmog’i 1991 yil dekabrida 64 foizini tashkil qilgan bo’lsa,
1992 yil iyuniga kelib emissiyasining 77 foizi Rossiyani naqd pul bilan ta’minlashga
yo’naltirilgan. Qolgan barcha respublikalarni naqd-pul bilan ta’minlashgan uchun
muomalaga chiqarilgan pullarning faqat 23 foizigacha sarflangan, ya’ni
boshqa
respublikalar ehtiyojini pul bilan ta’minlash salmog’i tushib ketgan. Masalan,
100
Belorussiya, Gruziyaning salmog’i 3 foizdan 1,5 foizgacha, Ukraina va Boltiqbo’yi
respublikalarining salmog’i yanada ko’proq qisqargan. O’zbekistonda ham pul
resurslari taqchilligi naqd pulga bo’lgan talabning qondirilmaganligida namoyon
bo’lgan. Shu iqtisodiy tanglik sharoitida pul tizimini shakllantirish bo’yicha mustaqil
davlatlar oldida ikki alternativ yo’l turardi.
1.
Yagona
pul
tizimi
zonasi
-
rubl
zonasida
qolish
va
yagona
pul
siyosatini
olib
borish;
2.
O’z
milliy
valyutasini
muomalaga
chiqarib
o’z
pul
tizimiga
ega
bo’lish
va
qo’shni mamlakatlar inflyatsiyasidan o’zini himoya qilish;
Pul taxchilligi davom qilayotgan va Rossiya rubllari barqaror bo’lmagan
sharoitda pul taqchilligini yo’qotish maqsadida ko’pgina respublikalar, jumladan,
O’zbekiston ham mustaqillikning birinchi yillarda pul
tizimini shakllantirishning
loyihasini tuzdi, yuqorida ta’qidlaganimizdek, muomalaga kupon talonlar chiqarildi
va keyinchalik O’zbekiston o’zining milliy valyutasini muomalaga chiqardi.
O’zbekiston milliy valyutasi-so’mning muomalaga chiqarilganiga qariyb o’n yilcha
vaqt o’tdi va u pul sifatida barcha jarayonlarda ishlatilib kelmoqda.
O’zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo’lmish so’m jamiyat
manfaatlariga xizmat qiladi. Shuning uchun pul tizimining asosiy vazifasi milliy
pulimizning qadrini mustahkamlashdan iborat. Bu juda mas’uliyatli
va oson
bo’lmagan vazifa. O’zbekistonning o’z iqtisodini bozor talablariga mos ravishda
rivojlantirishga qaratishi, bozor iqtisodiga o’tishda O’zbekistonning o’ziga xos
xususiyatlariga ega ekanligi milliy valyutaning barqaror bo’lishini taqozo qiladi.
Yoozirgi kunimiz, iqtisodimizning rivojlanishida amalga oshirilayotgan
iqtisodiy jarayonlar, katta qurilishlar va moliyalashtirishlar O’zbekiston
iqtisodiy
mustaqillikka erishish uchun to’g’ri yo’l tanglaganini ko’rsatib turibdi. Zero mustaqil
pul tizimiga ega bo’lmasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat bo’lish mumkin emas.
101