Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari


-rasm. Marketingning asosiy kategoriyalari27



Download 1,92 Mb.
bet52/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,92 Mb.
#738424
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   69
Bog'liq
Biznesni tadqiq etish

1.1.1-rasm. Marketingning asosiy kategoriyalari27


Talab – mavjud, potentsial hamda xohish talabga bo’linadi. Tovar – ehtiyoj yoki muhtojlikni qondira oladigan hamda bozorga e’tiborni tortish, sotib olish, ishlatish yoki iste’mol qilish maqsadida taklif etilgan barcha narsalardir. Marketingning mohiyati iste’molchilar talabiga mos tovarni ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish hamda unga talab, ishlab chiqarish imkoniyatlarini mo’ljallashdan iborat. Bunda faol marketingdan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimiz ishbilarmonlari orasida marketing tizimlaridan qaysi birini qo’llash, respublikamizning qaysi sharoitlarini, xususiyatlarini qanday tartibda e’tiborga olish lozim, degan savollar tug’ilishi tabiiydir. Bu savollarga to’liq javob topish murakkab va u birqancha omillarga bog’liq, ya’ni korxonalarning iqtisodiymoliyaviy holati, shakllanayotgan bozorkonyukturasi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi, raqobat va korxonaning bozor talablarining o’zgarishiga mos ravishda mahsulotni takomillashtirish va boshqalar. Kichik biznes faoliyatida ishlab chiqarish va savdo faoliyatini tashkil qilishning o’ziga xos xususiyati bu turdagi tadbirkorlik sohasiga marketing tamoyllarini tatbiq etish jarayoniga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Kichik biznes faoliyatida marketing tizimini qo’llashning eng muhim tomoni, korxonaning iste’molchilar bilan to’g’ridan- to’g’ri muloqotda bulish zaruriyati va imkoniyatidir. Shuning uchun ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida marketing funktsiyasi bozorni tashkil etishdan boshlab, sotuv oldi va sotuvdan keyingi xizmatlarni tashkil etishgacha o’ziga xos xususiyatga ega bo’ladi. Kichik biznes faoliyati ishlab chiqarish xarakteriga ega bo’lgan korxona bo’lganligi uchun marketing faoliyatning barcha elementlarini o’zlashtiradi va ular orasida quydagilar asosiy o’rinda turadi;
- bozor vaziyatlarini va tendentsiyalarini o’rganish, prognozlash va eng samarali bozor segmentlarini aniqlash; - ilmiy-tekshirish va tajriba konstruktorlik kashfiyotlari va mahsulot turini doimiy mukammallashtirish, iste’molchilar buyurtmasi asosida ishlab chiqarishni tashkil etish; - xaridorlar bilan to’g’ridanto’g’ri doimiy aloqa o’rnatish va ularning to’lov qobilyatini nazorat kilish; mahsulotni sotish usullarini va tarqatish kanallarini takomillashtirish; - reklama va sotuvni rag’batlantirish, etkazib berilayotgan mahsulotlar uchun sotuvdan keyin xizmat ko’rsatishni tashkil qilish va hokozo.
Kichik biznes faoliyatida marketingni tatbiq etish darajasidan kelib chiqqan holda marketing kontseptsiyasining uchta turini ko’rsatish mumkin; - birinchidan, kichik biznes faoliyatida nafaqat marketing xizmatini tashkil etish, balki boshqarish uslubini o’zgartirish va faoliyatni to’laligicha bozorni boshqarish kontseptsiyasi hisoblangan marketinga yo’naltirish; - ikkinchidan, biznes va xususiy tadbirkorlikda marketing faoliyatining ayrim o’zaro bog’liq uslub va manbalar komplekisni ishlatish, ya’ni mahsulotni yaratish va ishlab chiqarishni bozor kon’yukturasi va talabni o’rganish asosida amalga oshirish, sotuvdan keyingi xizmatni tashkil etish va hokozo; - uchinchidan, biznes va xususiy tadbirkorlikda marketingni ayrim elementlarini amalga oshirish, masalan, reklama, sotuvni rag’batlantirish talabidan kelib chiqqan holda narxni belgilash. Hozirgi bozor munosabatlari sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatida yuqorida ko’rsatib o’tilgan marketing kontseptsiyalarining ikkinchi turidan samarali foydalanilsa maqsadga muvofiq hisoblanadi, chunki kichik biznes va xususiy tadbirkorlik miqyosining kichikligi tufayli kam xarajatli samarali marketing tadbirlarini o’tkazish zarur deb hisoblaymiz.
O’zbekiston Respublikasi sharoitida marketing bilan mustaqil shug’ullanuvchi, ya’ni bozor izlanishlarini olib boruvchi va xaridorlar bilan faol aloqada bo’luvchi iste’mol mollari ishlab chiqaruvchi korxonalar ozchilikni tashkil etadi. Aksincha, ommaviy talab mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar asosiy o’rin egallaydi va ular tashqaridan ko’rsatiladigan marketing xizmatlariga muhtojdirlar. Shuning uchun, bunday korxonalarni o’z vaqtida mahsulotlar, bozor, iste’molchilar talabi va narx - navo to’g’risidagi aniq ma’lumotlar bilan ta’minlash zarurdir. Shu sababli marketing samaradorligi tahlil qilinganda turli kanallar, mahsulotlar, hududlar va boshqa marketing ob’ektlarining keltirayotgan nisbiy daromadi ko’rinadi. Korxonadagi yoki uning bo’linmasidagi marketing samaradorligi uning yo’nalishining 5 ta asosiy tashkiliy qismlariga bog’liq, xaridorlarga e’tiborini qaratish, marketing integratsiyasi, ma’lumotlarining ishonchliligi, strategik yo’naltirganlik va tezkor samaradorlik (1.1.1- rasm).


Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish