Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


Zappos  kompaniyasi  2019  yilda  Amazon.com



Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet378/529
Sana26.09.2021
Hajmi5,65 Mb.
#185777
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   529
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

Zappos  kompaniyasi  2019  yilda  Amazon.com  ni  ham  sotib  oldi.  Shunday  qilib, 

gipotezalarni  testlashtirish  jarayonida  qandaydir  qiymatga  ega  bo’lgan  va  ishlay 

oladigan  biznes  taklifi  hosil  bo‘ladi.  Agarda  interv’yu  o’tkazilgan  100  nafar 

shaxsdan  60-70  tasi  muammo  mavjudligini  ko‘rsatsa,  buni  yaxshi  natija  deb 

hisoblash mumkin bo‘ladi.  

Kompaniyaning  bozorda  o’z  joyini  (pozitsyyasini)  egallab  olish  maqsadidagi 

marketing  bilan  bog’liq  hatti-xarakatlariga  bozorda  o’zining  o’rnini  topishni, 

raqobatbardishlilikni  oshirishi  va  aqlga  muvofiq  ravishda  marketing  chora-

tadbirlarini  rejalashtirishni  kiritish  mumkin.  U  yoki  bu  magsulot  yoki  hizmatning 

bozordagi  o’rni  uning  bozorda  egallagan  joyi,  qismi,  narx  siyosati, 

iste’molchilarning 

bundan 


qoniqqanliklari 

darajasi, 

haridorlarning 

bu 



Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

mahsulotlarga  befarq  emasligi  kabi  korsatgichlar  bilan  aniqlanadi.  Marketing 



bo’yicha ko’zga ko’ringan mutaxassis Philip Kotlerning fikriga ko’ra, bozorda o’z 

joyini  (pozitsyyasini)  egallab  olish  kompaniya  obrusi  va  uning  imidjini 

tashkillashtirish bo’yicha amalga oshiriladigan tadbirlar majmuasi bo’lib, bu orqali 

maqsadli iste’molchilar guruhi tassavvurida kompaniya to’g’risida ijobiy fikr hosil 

qilishdir.  Mahsulot  yoki  hizmatning  bozorda  o’z  joyini  (pozitsyyasini)  egallab 

olishi  pirovard  natijada  maqsadli  auditoriya  ongiga  nima  uchun  bozordan  huddi 

shu  kompaniyaning  tovari  yoki  hizmatini  sotib  olish  maqsadga  muvofiqligini 

tushuntirishni  o’z  ichiga  qamrab  oladi.  Demak,  mahsulot  yoki  hizmatning 

bozordagi  o’rni  –  ayni  zamon  va  makonda  bozorbop  taklifni  ishlab  chiqish  va 

uning iste’molchilar ongida ijobiy obrazini yaratishdir. Bozordagi o’rinni egallash 

- bozorni o’rganish va  undagi mavjud talablarga muvofiq ravishda mahsulot yoki 

hizmat  haqidagi  fikrlni  iste’molchilar  ongiga  singdirishdir.  Bunda  kompaniya 

bozorda  yo’q  bo’lgan  mahsulot  yaratishi  yoki  mavjud  mahsulotni 

mukammalashtirgan  holda  taqdim  etishi  yoki  mavjud  mahsulotlarga  o’xshash 

mahsulotlar  ishlab  chiqarishi  mumkin.  Sotuvning  eng  asosiy  elementi  kompaniya 

mahsulotining raqobatchilar mahsulotlaridan ijobiy farqidir.  

Startap uchun bozorda o’z joyini egallashida bozor holatini to’g’ri baholashdir. 

Investorlar  uchun  o’sayotgan  bozorlarda  ishlash  afzal  hisoblanadi.  Kompaniya 

mahsulotlariga  hozircha  bozor  bo’lmagan  holatlar  ham  uchrab  turadi.  Startap 

uchun tavakkalchilkni baholashning bir nahca usuli mavjud: 

  Tavakkalchilkni  „yuqoridan“  baholash  usuli  –  bunda  tahlil  uchun  bozor 

bo’yicha  umumiy  ma’lumotlar  olinadi.  Masalan,  Rossiyada  30  mingdan 

ortiq  internet-magazinlar  bo’lib,  ularning  26%  qismi  startap  ishladigan 

dasturiy  ta’minotdan  foydalanadi  va  demak,  ular  kompaniyaning  mijozlari 

bo‘lishlari mumkin.  

  Tavakkalchilkni  „pastdan“  baholash  usuli  –  bunda  tahlilda  kichik 

raqamlardan kattalariga o’tiladi. Masalan bitta foydalanuvchini jalb qilish $5 

ga  tushsa,  byudjet  $10 000  dollar  bo’lganida  2000  ta  foydalanuvchini  jalb 




Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

qilish  mumkin  bo’ladi.  2000  ta  foydalanuvchi  esa  $28 000  kirim  keltiradi, 



bu esa bozorning 3% ini tashkil qiladi.  

Shuni  ham  aytish  kerakki,  investorlar  „pastdan“  hisoblash  natijalariga  ko’proq 

ishonadilar.  Agarda  „yuqoridan“  va  „pastdan“  deb  nomlangan  usullar  bir  hildagi 

natija bersalar, bu bozorni baholash to’g’ri bo’lganini anglatadi. Bozor va maqsadli 

auditoriya  to’g’risida  ma’lumotlar  analitik  hisobotlardan,  raqobatchi  saytlarga 

kirganlar  sonini  aniqlash  vositasida,  maqsadli  auditoriyani  interyu  qilish  orqali 

yoki  qidiruv  natijalari  statistikasi  vositasida  yohud  bu  soha  bo’yicha 

mutaxassislashga  kompaniyalar  (Gartner,  Emarketer,  Nielsen,  ComScore  va 



boshqalar) yordamida yig’lishi mumkin. Qidiruv talablarining statistikasi Internet 

tarmoq’i rivojlanishi tufayli vujudga kelgan usul hisoblanadi. Bu usul kalit so’zlar 

va  so’z  bo’laklarining  so’rovlardagi  chastotasi  qanchalidi  vositasida  u  yoki  bu 

hodisani baholashdir. Qidiruv talablari har qanday saytni ishga tushirishdagi asosiy 

tarkibiy  qismlardan  biri  hisoblanadi.  Odatda  bacha  qidiruv  talablarini  yuqori 

chastotali, o’rtacha chastotali va past chastotali talablarga hamda yuqori raqobatli, 

o’rta  raqobatli  va  past  raqobatli  qidiruv  talablariga  bo’lish  mumkin.  Chastotasi 

nolga  yaqin  bo’lgan  talablarga  ortiqcha  ahamiyat  berish  tavsiya  etilmaydi. 

Yandexda  Yandex.Wordstat  deb  nomlangan  mahsus  servis  bo’lib,  u  ko’rsatilgan 

so’zlar yoki so’z bo’laklarining chastotasini aniqlash imkonini beradi. Ko’pchilik 

hollarda  shu  ma’lumotlarning  o’zigina  u  yoki  bu  talabning  qanchalik  ommabop 

ekanini  aniqlash  uchun  kifoya  qiladi.  Google  tizimi  ham  u  yoki  bu  talabning 

chastotasi qanchalik o’zgarish tarixini aniqlash uchun  Google Adwords hizmatini 

taklif  qiladi.  Shuni  ham  aytish  kerakki,  ba‘zi  bir  turdagi  talablar  mavsumiy 

harakterga  ega  bo’lishi  ham  mumkin  –  ya’ni  bunda  „qiziqishlarning  parvozi“ 

kuzatiladi.  

 

Endi  Unit-ekonomika  (unit-iqtisodiyot,  unit-ecomomics)  bilan  bog’liq 



masalalarni ko’rib  chiqamiz.  Unit-iqtisodiyot  – innovatsion kompaniya  moliyaviy 

ko‘rsatgichlarining  bir  mijoz  hisobiga  aniqlangan  kattaliklaridir.  Unit-iqtisodiyot 

quyidagi  savolga  javob  topish  uchun  hizmat  qiladi:  biznesni  tashkil  qilish  va  uni 

masshtablashtirish  moliyaviy  jihatdan  maqsadga  muvofiqmi  yoki  yo’qmi?  Unit-




Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

iqtisodiyot  Eliyahu  Goldrattning  tizimlar  chagaralanishi  nazariyasiga  asoslangan. 



Ushbu  nazariyaning  asosiy  g’oyasi  istalgan  tizimda  kompaniya  potentsialini 

amalga  oshirishga  halaqit  beradigan  va  uning  o’sishini  sekinlashtiradigan 

chegaralanish bor degan fikrdir.  

 

Endi startap tomonidan tanlangan biznes-modelning hayotiyligini aniqlashga 



imkon beradigan asosiy metrikalarni ko’rib chiqamiz: 

1. UAcq(Unit Acquisition) – jalb qilingan mijojlar soni; 

2. CAC  (Customer  Acquisition  Cost)  –  yoki  CPA  (Cost  per  Acquisition)  bir 

mijozni jalb qilish narxi.  CAC ni hisoblash uchun barcha mijozlarni jalb qilish 

uchun  ketgan  harajatlarni  mijozlar  soni  UAcq  ga  bo‘lish  kerak.  Masalan, 

mijozlarni  jalb  qilish  uchun  amalga  oshirilgan  tadbirlarga  200  ming  so’m  sarf 

qilingan  bo’lsa  va  natijada  400  ta  yangi  mijoz  topilgan  bo’lsa,  CAC  ning 

qiymati 500 so’m bo’ladi.  Lekin kompaniyaning jalb qilish kanallari bir nechta 

bo’lgani tufayli, har bir kanal uchun CAC ning qiymati ham turlicha bo’ladi; 

3. CAC  Payback  –  mijoz  tufayli  olingan  foydamiqdori  uni  jalb  qilish  uchun 

ketgan mablag’ni qoplashi uchun ketgan vaqt; 


Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   529




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish