Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
kiritish mumkin. Shuning bilanbir qatorda bitkoinlarni to’lov vositasi sifatida qabul
qiladigan yirik kompaniyalar soni ham ortib bormoqda. Misol sifatida
quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
Blog va saytlar yaratish platformasi WordPress
Aviabiletlar qidirish sayti Expedia
PayPal to’lov tizimi
Yer yo’ldosholi televidenie provayderi Dish Network
Latiya aviakompaniyasi AirBaltic
Xaydovchilar chaqirish on-line servisi Wheely
Legal Prime GS Consulting yuridik firmasi
On-line supermarket Yulmart
Davlatlar tomonidan ham blokcheyn texnologiyalarga qiziqish ortgani bilan
kriptovalyutalarning qonuniy jihatdan boshqariluvini yo’lga qo’yish jarayoni ancha
past darajada. Masalan, Uzbekiston, Rossiya, Qozog’ston va boshqa hamdo’stlik
mamlakatlarida 2018 yil holatida kriptovalyutalarning statusi umuman aniqlangan
emas. Ularning konstitutsiyalarida kriptovalyutalarga o’xshash pul surrogatlarining
pul aylanishida ishlatilishi qat’iyan ma’n etilgan. Ammo kriptovalyutalardan
foydalanish asosida yotgan blokcheyn texnologiyasidan foydalanish ma’n etilgan
emas. Lekin ba’zi mamlakatlarda nolegal tranzaktsiyalarga qarshi kurash olib
borish uchun kriptovalyutalardan foydalanish mumkinligi bildirilgan va uni
qonuniylashtirish zarurligi bir qancha mamlakatlarda tan olingan. Agarda “barcha
qonuniy ravishda ma’n etilmagan amallardan foydalanish mumkin” degan
mantiqiy qoidadan foydalansak, u xolda ICO ishtirokchilari qonunni buzmaydi
deb o’zimizni ovuntirishimiz mumkin, albatta. Ammo tomonlar orasida
tushumovchilik kelib chiqqanda, ularning o’z qonuniy xuquqlarini himoya
qilishlari katta muammo bo’lib qolishi mumkin. Ya’ni tokenlarni
kriptovalyutalarga sotib olish tomonlar orasidagi o’zaro kelishuvday bo’lib, o’zaro
kelishmovchilik kelib chiqqan taqdirda shartnomani bajarmaslik uchun yetarlicha
xuquqiy asos topish mumkin bo’ladi. Shuning uchun ham bizda xozircha
kriptovalyutalardan faol foydalanishga shoshilmagan ma’qul.
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Keyingi paytlarda ko’plab kompaniyalar tomonidan
ICO ga qiziqish tobora
ortib borayotgani tufayli Status deb nomlangan Singapur blokcheyn-startapi
tokenlarini joylashtirishda Ethereum platformasi ishida buzilishlar ro’y berdi.
Kriptovalyutalarni o’rganishga bag’ishlangan ilmiy-izlanish Smith + Crown on-
line resursi xozirgi vaqtdaICO tashkil qilayotgan yoki 2017 yil noyabrigacha bu
ishni amalga oshirmoqchi bo’lgan 50 kompaniya haqida ma’lumot bergan. Buning
ma’nosi shundaki, ICO lar atrofida moliyaviy puffak xosil bo’lmoqda va agarda
bu puffak yorilsa, ushbu segmentgai investorlarning kriptovalyuta va tokenlarga
bo’lgan qiziqishi sezilarli ravishda kamayishi mumkin. ICO larga bo’lgan katta
qiziqish unchalik hayratlanarli emas, chunki ICO lar startap biznesga venchur
investitsiyalarga nisbatan tezroq va qulayroq xolatda yaxshigina kapital jalb qilish
va tezda birjaga chiqishga imkon beradi. Haqiqatan ham klassik usuldagi
investitsiyada yangishga capital jalb qilish uchun siz investorlar uchun taqdimot
qilishingiz kerak, birjaga kelib, maslahatchilar yollashigiz lozim, aktsiyalar
emissiya qilishingiz zarur, emissiya esa maxsus organlar tomonidan nazorat
qilinadi va xakozo. Bu qiyinchiliklarni aylanib o’tib, investitsiyalar uchun kerakli
bo’lgan mablaglar’ni xozirda boshqarilmaydigan kriptovalyutalar bozoridan jalb
qilish juda ham oson yo’l albatta. Lekin bu ishlarning havfli tomonlari ham bor. Bu
xududni terra incognito deb bilib, qonun bilan to’qnashib qolmaslik uchun
extiyotkorlik bilan ish olib borish lozim bo’ladi. Istalgan xuquqiy yoki jismoniy
shaxs, agar ularning ishonchini qozona olmasangiz, sizni “kompaniya meni bu ish
bilan bog’liq tavakkalchiliklar va risklar bilan to’liq tanishtirmagan” deb,
kompaniyani firibgarlikda ayblab, sudga berishi mumkin. “Kriptovalyutalar yuqori
darajadagi riskka ega bo’lgani uchun, xozircha ularga pul tikmagan ma’qul,
chunki kompaniyaning sizga qandaydir daromad berishi ichun hech qanday
huquqiy asos mavjud emas” deb maslahat ham beradilar. Lekin ko’pchilik
ekspertlarning fikriga ko’ra, uzoq muddatli perspektivada kriptovalyutalar bozori
o’sishda davom etadi, blokcheyn texnologiyasi esa an’anaviy moliyada yanada
kengroq miqyosda qo’llanilaveradi. Xozirda esa kriptovalyutalar olamida
investorlar va kompaniyalar orasida hech qanday qonunchilikda ko’zda tutilgan
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
xuquqiy asos bo’lmagani tufayli, investorlarning juda katta miqdordagi daromad
olishlariga imkon yaraladi hamda firibgarlik uchun ham katta imkoniyat paydo
bo’ladi. Xozigi davrda ICO larda mayda investorlarniong pullari aylanayapti,
keyinchalik esa bu soxaga banklar, fondlar va davlat jalb qilinishi tufayli
kriptovalyutaga qiziqish yanada ortadi. Xozircha kriptovalyutalar kursining bir
oshib va bir kamayib turishi tabiiy bir xoldir.
Do'stlaringiz bilan baham: