internetning imkoniyatlari tufayli, ma’lumotlar va kattaliklar shaffof xolda
qiladigan markaziy organ mavjud emas. Ma’lumotlar saqlanadigan kitob esa aktiv,
xronologik tartibda tuzilgan, taqsimlangan, tekshiriluvchan va taqsimlangan
uning tarkibidagi ma’lumotlar vaqt davomida doimiy ravishda tarmoqdagi barcha
ishtirokchilararo sinxronizatsiya qilinadi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda,
blokcheyn texnologiyasi quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi deb hulosa
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
bo’ladi.
Markazlashmaganlik va vositachilardan voz kechish
– blokcheyn hech
qanday markazlashgan organ tomonidan nazorat qilinmaydi va ikki
ishtirokchi orasidagi ishonch tizimida boshqa uchinchi shaxslarga o‘rin
qolmaydi.
Konsensus
: Tranzaksiyalarni qabul qilish yoki undan voz kechish fakti
taqsimlangan konsusning natijasi bo‘lib, u qandaydir markazlashgan
tashkilotning qarori emas.
O‘zgarmaslik va doimiylik
: Yozuvlarni o‘zgartirish yoki yo‘qotish
mumkin emas.
Taqsimlangan ishonch va shaffoflilik
: ma’lumotlar, amallar va
konsensus bir-biridan ajratilgan.
Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, blokcheyn kollektiv konsensus asosida
ishlash, juda katta va ochiq hisob-kitob jurnali bilan ishlash, markazlashmaganlik
va taqsimlanganlik kabi hususiytlarga ega bo’lib, tizimdagi ishonchni, shaffoflikni
va umumiylikni ta’minlab beradi. Shuni ham aytish kerakki, blokcheyn faqatgina
bitkoin va efirium tizimlari blokcheynlaridangina iborat emas va qandaydir
bittagina blokcheyn tizimi ham mavjud emas. Jahonda bir biriga bog’liq bo‘lmagan
juda ko‘pchilik blokcheynlar bo‘lib, ular o‘zaro aloqada ham bo‘lishlari mumkin.
Shunday qilib, blokcheynda u yoki bu amaliy dasturlar bilan ishlash bilan bog’liq
bo‘lgan texnik xususiyatlar ham yuzaga kelishi mumkin. Blokcheyn texnologiyasi
xozirgi markazlashgan boshqaruvdan farqli o‘laroq, taqsimlangan algoritmik
ishonch infratuzilmasini yaratadi. Shunday qilib, blokcheyn o‘zida taqsimlangan
algoritmik ishonch infratuzilmasini yoki talab bo‘yicha konsensusni qamrab oladi.
Ana xuddi shunday xususiyatlari tufayli, ko‘pchilik mutaxassislar blokcheynni
internet bilan solishtiradilar va natijada blokcheynning internetdan afzalligini
ta’kidlashadi. Quyida ikkala tizimni solishtirish natijalari keltirilgan:
Internet
aloqalarni
(
aloqa o‘rnatishni va munosabatlarni ham
)
avtomatlashtirishga
imkon
beradi,
blokcheyn
esa
tranzaksiyalarni
avtomatlashtirib, uchinchi shaxslarni muomaladan chiqaradi.
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
Internet markazlashmagan nashr tizimi, blokcheyn esa taqsimlangan ishonch
tizimi.
Internet nashr infratuzilmasi, blokcheyn esa tizimga kirish xuquqlarini
tasdiqlash infratuzilmasidir.
Internet va blokcheynning rivojlanish davrlari 1994-2015 yillarni o‘z ichiga
olgani uchun, bu davrning natijalarini quyidagi misollarda ko‘rsatishimiz mumkin:
1994 yil, Internet:
Shaxslararo muloqot
Avtomatik nashr
Elektron tijorat
Ijtimoiy tarmoqlar
2015 yil, blokcheyn:
Markazlashmaganlik
Ishonch
Qiymatga ega bo‘lgan narsalar bilan vositachilarsiz oldi-sotti qilish
Shunday qilib, Internet va blokcheyn o‘rtasida hech qanday qarama-qarshilik
yo‘k, bu yerda faqat texnologiyalar rivojlanishidagi farq mavjud,
xolos.Blokcheynni yaratish va ishlatish uchun reestr (
bloklar qatori, masalan,
bitkoin
), himoya uchun esa kalitlar vositasida shifrlash, konsensus asosidagi
algoritm va bir rangli
Do'stlaringiz bilan baham: