Tarmoq texnologiyalari
–
bu tarmoqni qurish uchun yetarli bo‘lgan
standart protokollar to‘plami va dasturiy-apparat vositalaridir. Asos bo‘luvchi
texnologiyalar – bu, masalan, Ethernet, ArcNet, Token Ring, FDDI, Gigabit
Ethernet, Fast Ethernet, 100 VG –AnyLAN, X.25 hududiy tarmoq texnologiyalari,
frame relay va boshqalar.
Tashkiliy kapital
–
bu uzoq muddat mobaynida ko‘pgina insonlar
tomonidan jamlangan tajriba va bilimlarni ifoda etuvchi firma uchun standart
bo‘lgan barcha jarayonlar, tizimlar va strategiyalardir.
Telekommunikatsiyalar
–
signallar, belgilar, matnlar, tasvirlar, tovushlar
yoki axborotning boshqa turlarini o‘tkazgichli, radio, optik yoki boshqa
elektrmagnit tizimlaridan foydalangan holda uzatish, qabul qilish, qayta ishlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |