Coinbase
da 2,1 million foydalnuvchi va 2,5 million
hamyonlar bor. Servis
BTC
kriptovalyutasi va fiat valyutalar bilan ishlay oladi.
Interfeysi esa mul’titilli bo’lib, manzili:
Coinbase, Inc., a Delaware Corporation.
Endi qanday qilib kriptovalyutalarni havfsiz sotib olish texnologiyasini qadam-
ba-qadam tahlil qilib chiqamiz va bu borada o’z fikrlarimizni bildiramiz. Xosirgi
paytda pul-kredit va moliya sohasida faoliyat yuritadigan insonlar bitkoin va
boshqa turdagi kriptovalyutalarni sotib olish jarayoni bilan qiziqadilar, ammo bu
ish qanday amalga oshirilihi texnologiyasini juda yaxshi tushunmaydilar. Ularga
yordam berish va ularni turli-tuman havf-hatar, yanglishish va moliyaviy
yo’qotishlardan himoya qilish maqsadida ham ushbu bo’limni yoshishga bel
bog’ladik. Ko’pchilik kriptovalyutalarni jahon miqyosidagi moliyaviy piramida,
kapitalistik olamning tuzog’i, pul yuvishning zamonaviy usuli, uchchiga chiqqan
moliyaviy firibgarlik deb hisoblashiga qaramasdan, dunyo miqyosida va
respublikamizda ham uni sotib olmoqchi va shu orqali boyimoqchi bo’lganlar safi
borgan sari kengaymoqda. Ammo shunga qaramasdan, kriptovalyutalar kursi
o’jarlik bilan bir o’sib, bir kamayishda davom etmoqda va unga yangidan-yangi
investorlar, transmilliy korporatsiyalar va davlatlar ham tinimsiz ravishda
tortilmoqda. Masalan, AQSH, Yaponiya, Xitoy, Venesuela, Belorusiya, Evropa
hamjamiyati davlatlarida birjalar ishlab turibdi va bitkoinlarga oldi-sottilar yo’lga
qo’yilgan. Rossiya va Qozog’stonda ham bu sohaga faol kirishish yo’llari va
usullari aktiv muhokama etilmoqda. Chunki, 2010 yildan buyon bitkoin 50
tsentdan 20000 AQSH dollaridacha bo’lgan qiymatga o’sdi. Efirium esa 2015
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
yildan beri 1,2 dollardan 465 dollargacha kattalikka qimmatlashdi. Kimlardir
buning oqibatida millioner va ba’zilar esa milliarder ham bo’lishdi. Bu sizga ham
passiv (
kursning o’sishini kutib turasiz
) yoki aktiv (
kursda spekulyatsiya qilasiz
)
investor bo’lib yaxshigina pul ishlab olish imkonini beradi. Kriptovalyutalarning
bir salbiy tomoni ham bor – uni hech kim boshqarmaydi, shuning uchun uning
kursi bir qancha sabablarga ko’ra tushub ketishi ham mumkin (
DDoS-hujum, katta
oldi-sottilar, ba’zi davlatlarni undan tamoman voz kechishi, qonun bo’yicha
taqiqlar va boshqalar
). Agar siz ham ommaviy kriptovalyutalar (
raqamli
valyutalar
) olamiga kirishni va unda o’z omadingizni sinab ko’rmoqchi bo’lsangiz,
quyida keltirilgan ko’rsatmalarga rioya qilishingiz maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Demak, kriptovalyutalar olamida tezda boyib ketishingiz va xuddi shunday tarzda
barcha pullaringizdan judo bo’lishingiz ham mumkin. Siz shunga tayyormisiz?
Agar bu savolga “
Ha
” deb javob bersangiz, quyida keltirilgan maslahatlarni
o’qing, aks holda o’qimasangiz ham bo’ladi. Endi qanday qilib kriptovalyutalar
olami bilan oshno bo’lish mumkinligini qadam-ba-qadam ko’rib chiqamiz:
Kriptohamyon ochish.
Bunda uch usuldan foydalanish mumkin:
“
Dasturiy
” kriptohamyon ochish – masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |