Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
(
AR
) texnologiyalarini qo’llashni talab qiladi. Qishloq xo’jalik ekinlarining real xolatini
tezkor bilish va buning asosida ularni optimal boshqarish uchun esa buyumlar interneti
(
internet of things
–
IoT
) dasturiy-texnik vositalaridan foydalanish ham talab etiladi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqaruvchilari, yetkazib beruvchilari va bular bilan bog’liq
bo’lgan davlat tashkilotlari bo’yicha barcha ma’lumotlarni mahsus integrallashgan
“
Aqlli qilshloq xo’galigi
” platformasida saqlash ayni muddao bo’ladi. Ushbu
platformaning ochiqligini ta’minlash uchun uning funktsiyalari davlat, bank, soliq,
sug’urta va moliya tashkilotlari bilan bilan integrallashgan bo’lishi lozim. Bunday
raqamli texnologiyasi platformalarining qishloq xo’jaligiga tadbiq qilinishi o’z-o’zidan
shunga mos bo’lgan infratuzilmani ham talab qiladi. Bu esa o’z navbatida, yuqori
tezlikli internet va mobil aloqani rivojlantirmasdan amalga oshirila olmaydi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishonchli realizatsiyasini ta’minlash uchun
mahsulotlarning saqlash joylarida va ularni transportirovka qilishda belgilardan,
chipladan, identifikatorlardan, raqamli texnologiyalar va tizimlardan foydalangan xolda
kuzatiluvchanligini ta’minlab berish kerak bo’ladi. Ba’zi xolatlarda esa bozor
ishtirokchilarining aloxida kategoriyalari uchun individual texnologik yechimlar
to’plami ham kerak bo’lib qolishi mumkin. Raqamli transformatsiya jarayonida qishloq
xo’jaligi maxsulotlarini sotish uchun esa mahsus on-layn platformalar va tizimlar ham
kerak bo’ladi, albatta. Bu sohaga tegishli bo’lgan qonunlar, qonun osti hujjatlari, norma
va nomativlar, standartlar kerak bo’lishi esa aksiomaday bir gap. Bunday hujjatlar jahon
standartlariga mos bo’lishi va yetkazib berilayotgan mahsulot sifatida eng yuqori
talablarni o’zida aks ettirishi lozim.
Raqamli texnologiyalardan keng miqyosda foydalanilgan sharoitlarda o’simlik dunyosi,
qishloq xo’jaligi ekinlari va chorvaning xolatini masofaviy usulda kuzatib turishga
imkon beradigan zondlashtirish usullaridan xam foydalanish mumkin. Ammo bunday
tizimlarni keng miqyosda ishlatish uchun avval ularni bir hudud yoki viloyat miqyosida
tekshiruvdan o’tkasizsh talab qilinadi va agarda bu testlashtirihs jarayoni muvaffaqiyatli
amalga oshsa, endi uni boshqa joylarda ham hayotga tadbiq qilish mumkin bo’ladi.
Yangi
qishloq xo’jalik texnologiyalarinin sinovdan o’tkazganda kuyidagi
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
ko’rsatgichlarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq bo’ladi: ishlab chiqarish
saradorligining oshishi, tekshiruvning nazorati ta’minlanuvi, yerga aniq ishlov berish
texnologiyasi, vegetastion davrning nazorati, kuzatiluvchanlik, raqamli maydon
ko’rsatgichlari, chorva mollarini raqamlashtirish jarayoning amalga oshirilishi,
omborlarda mahsulotlarning mavjudligi, mahsulotlar guruhiga talab va taklifning
qanchaligi, alohida tovar guruhlariga bo’lgan bashorat, va boshqalar.
Oxirgi fikr tariqasida shuni aytib o’tish mumkinki, mamlakatimizda yuqori darajadagi
zamonaviy qishloq xo’jalik madaniyati tarkib topmagani tufayli, qishloq xo’jaligi
hodimlarini, fermerlarni va bu sohada ish bilaln mashg’ul bo’lgan barsha insonlarga
sifatli darajada ta’lim berishni yo’lga qo’yish hal qiluvchi ahamiyatga molikdir.
Qihsloq xo’jaligi uchun kadrlar tayyorlashga mo’ljallangan institut va universitetlarning
sonini oshirish, ulargadi qabul kvotalarini ko’paytirish, professor-o’qituvchilarning
malakalarini oshirish, o’quv dargohlarida zamonaviy AKT va raqamli texnologiyalar
bo’yicha yangi fanlarni kiritish qishloq xo’jaligida raqamli transformatsiya jarayioni
amalga oshrishda katta va hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: