Netscape Navigator
ishlatilib turilganida yangi mahsulot,
Microsoft
kompaniyasi
Internet Explorer
ni ishlab chiqdi – bu esa absolyut yangilik emas, balki
oldingisiga qo’shimcha bo’lgan yangi mahsulot edi.
Oldin mavjud bo’lgan tovar liniyasini kengaytirish
– Bunga misol sifatida
gazetalarning internet-versiyalarini va internetdagi bank xizmatlarini keltirish
mumkin.
Mavjud bo’lgan tovar yoki hizmatlarni mukammallashtirish
– masalan,
Yahoo
tizimi oldin qidiruv ma’lumotnomasi bo’lgan edi, hozirda esa hizmatlar
portaliga aylangan.
Oldingiga nisbatan arzonroq bo’lgan mahsulotlar yaratish va borlarini
imitatsiya qilish
– misol sifatida ko’plab internet-provayderlar tomonidan kiritilgan
internet to’lovining oldindan belgilangan qiymatini keltirish mumkin.
Agarda katta va muvaffaqiyatli kompaniyalarning tarixini o’rganib chiqsak,
ularning oldinlar startaplar ko’rinishida bo’lganligini va rivojlanishning barcha
bosqichlarini bosib o’tganliklarini ko’rishimiz mumkin. Bu xolatlarni tahlil qilsak,
ularning bir qancha o’ziga hos xususiyatlarini bilib olishimiz mumkin.
Informatsion texnologiya bilan bog’liq mahsulotlarga kelsak, agar ularda patent
bo’lgan taqdirda ham, istalgan raqamli mahsulotni bemalol nusxalab olishimiz
mumkin va bunga qarshi samarador kurash usullari xozirda mavjud emas. Shunga
qaramay, agar qandayidr raqamli mahsulot yoki yangilik yaratsangiz, o’z savdo
markangizni registratsiya qilib olsangiz, foydadan holi bo’lmaydi - bu bilan tovar
belgigizni nushalashdan himoya qilib olgan bo‘lasiz. Elektron biznesda
muvaffaqiyatga erishgan va erishmagan kompaniyalar amaliyotini tahlil
qilinganida ularning boshqaruvida yo’l qo’yilgan bir qancha xolatlarni bilib olish
mumkin bo’ladi:
Elektron biznesda uzoq muddat davomidagi muvaffaqiyatni
innovatsion
yechimlar, yetarli miqdordagi investitsiyalar va kompaniyaning uzoq muddat
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
davomida o’z faoliyatini bir tekis yurita olishi ta’minlab beradi. Agarda kompaniya
qandaydir sabablarga ko’ra o’sish uchun imkoniyat topa olmasa, tashqi muhit
o’zgarishlariga dosh bera olmay, muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Yuqori raqobatli bozorga chiqilganida
mijozlarni ushlab turish uchun juda
kuchli reklama kompaniyasini tashkil eta olmaslik ham kompaniya ishining orqaga
ketishi va uning honavayron bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Kompaniya ishida strategik yondoshuvning yo’qligi
ham muvaffaqiyatga
erishishdagi katta to’siqlardan biri bo’lishi mumkin.
Tovar va xizmatlarning sotuv kanallarini tanlashda xatoga
yo’l
qo’yilganligi ham muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi mumkin. O’z tabiati bo’yicha
elektron platformalarda sotilishda muvaffaqiyatni ta’minlab bera olmaydigan
mahsulotlar va hizmatlar bilan elektron savdoga chiqish bunga bir misol bo’la
oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |