Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari



Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/711
Sana14.01.2022
Hajmi5,65 Mb.
#364978
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   711
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

4.0-Industriya

  o’zaro  bog’liq  bo’lgan  ishlab  chiqarish  va 

boshqaruv  jarayonlarining  zanjiridan  iborat  bo’lib,  uning  ajralmas  elementi 

zanjirlararo  (



insonlararo,  mashinalararo,  bulutlar  orqali,  data  markazlararo

raqamli texnologiyalar yordamida amalga oshiriladigan ma’lumot almashinishdir. 



Raqamli iqtisodiyotda raqamli ko’rinishdagi ma’lumotlar barcha ijtimoiy-iqtisodiy 

sohalardagi ishlab  chiqarishning  asosiy  elementi  hisoblanadi va  bu  mamlakatning 

global miqyosdagi raqobatbardoshliligi oshirib, fuqarolarning hayot sifatini yanada 

oshiradi,  yangi  ish  joylarini  yaratadi,  iqtisodiy  o’sishga  imkon  yaratadi  va  milliy 

mustaqillikni ta’minlab beradi. Raqamli iqtisodiyot dasturini hayotga izchil tadbiq 

qilish quyidagilarga erishishga imkon beradi: 

 

Yangi  texnologiyalar  yaratishga  halaqit  berayotgan  huquqiy  to’siqlarni 



yangi normativ-huquqiy baza yaratish yordamida to’liq bartaraf qiladi; 

 



Raqamli iqtisodiyot infratuzilmasini yaratish va rivojlantirish, shu jumladan, 

tarmoqlar,  ma’lumotlarni  qayta  ishlash  markazlari,  texnik  va  dasturiy 

ta’minotning zamona talablariga mos ravishda rivojlanishiga imkon beradi; 

 



Ta’lim  tizimining  har  tomonlama  rivojlanishini  va  yangilanishini 

ta’minlaydi; 

 

Mamlakatdagi 



turli-tuman 

kompaniyalarning, 

firmalarning, 

davlat 


korxonalarining hamda biznesning rivojlanishiga puxta asos yaratadi; 

 



Raqamli  iqtisodiyot  sohasida  faoliyat  ko’rsatadigan  tashkilotlar  hosil 

bo’lishiga olib keladi va boshqalar. 

Ushbu  raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirish  dasturi  quyidagi  maqsadlarini 

amalga oshirish uchun hizmat qilishi kerak: 

 

O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotning ekotizimini yaratish; 



 

Mamlakat  raqamli  iqtisodiyot  tizimining  institutlari  va  infratuzilmasini 



yaratish; 


Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 



 

Respublikaning  barcha  tarmoqlarini  qamrab  oluvchi  information  jamiyat 

tashkil  qilish  uchun  kerakli  bo’lgan  barcha  chora-tadbirlarni  amalga 

oshirish; 

 

Global miqyosda va global bozorlarga respublikaning raqobatbardoshliligini 



oshirish. 

Yuqoridagilardan 

kelib 

chiqqan 


holda, 

mamlakatimiz 

raqamli 

iqtisodiyotnning  asosiy  ko’rsatgichlariga  quyidagilarni  misol  qilib  ko’rsatishimiz 

mumkin: 

o

 



Raqamli mahsulotlar va elektron hizmatlarning paydo bo’lishi; 

o

 



Turli  tashkilot  va  korxonalarning  tabiatini  o’zgartirishga  erishish  va 

shuning asosida ularning faoliyatini ham raqamlashtirish; 

o

 

Raqamli  iqtisodiyotning  asosi  sifatida  hizmat  qiladigan  raqamli 



platformalar yaratish; 

o

 



Raqobat  kurashining  tabiatini  raqamli  iqtisodiyotga  moslagan  holda 

o’zgartirish; 

o

 

Iste’molchilarning  tabiatini  ham  raqamli  iqtisod  jarayonlariga 



moslashtirish; 

o

 



Ishlab  chiqarishning  yangi  progressiv  modellari  va  mexanizmlarining 

paydo bo’lishi; 

o

 

Yangi turdagi biznes modellarning hosil bo’lishi va rivojlanishi; 



o

 

Yuqorida  tilga  olingan  4.0  Industriyaning  texnologiyalari  ta’siri  ositida 



an’anaviy kompaniyalar biznes modellarining transformatsiya bo’lishi. 

  Shuni  ham  aytish  kerakki,  hozirgi  davrda  internetdan  foydalanuvchilarning 

soni  to’rt  millarddan  oshib  ketdi.  Mobil  telefonlarning  soni  esa  insoniyat 

sonidan  ham  ko’payib  ketdi.  Kompaniyalar  orasidagi  raqobat  va  ularning 

tabiati ham tubdan o’zgarmoqda. Kompaniyalarning kapitalizatsiyasi esa uning 

internet foydalanuvchilari soniga, unga yozilib qo’yganlar soniga va qiziquvchi 

jamoalar  ishtirokchilariga  bevosita  bog’liq  bo’lib  qoldi. 


Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   711




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish