Toshkent moliya instituti r. H. Ayupov, G. R. Boltaboeva raqamli iqtisodiyot asoslari


 Elektron tijoratdagi firibgarliklardan himoyalanish



Download 5,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet276/711
Sana14.01.2022
Hajmi5,65 Mb.
#364978
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   711
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot-Darslik-18.02.2020

6.3. Elektron tijoratdagi firibgarliklardan himoyalanish 

1.  Elektron  pochta  orqali  amalga  oshiriladigan  firibgarliklardan  ximoya 

usullari. 

Barchaga  ma’lumki,  elektron  pochta  xozirgi  kunda  xavfli  dasturlarni 

internet  orqali  tarqatishning  eng  ommaviy  va  keng  tarqalgan  usulidir.  Elektron 

pochtadan  jo’natiladigan  ma’lumotlar  oddiygina  matn  ko’rinishida  bo’lib,  u 

unchalik xavfli emas. Ammo bu ma’lumotga biror bir fayl biriktirilsa, endi ushbu 

elektron  ma’lumot  viruslar  tufayli  xavfli  yoki  o’ta  xavfli  bo’lib  qolishi  mumkin. 

Xavf-xatar  tugdiradigan  dasturlar  u  yoki  bu  ko’rinishidagi  bajariladigan  fayllar 

(

mustaqil  yoki  skriptli  fayllar

)  bo’lib,  ular  yozilgan  kompyuterda  ishga  tushib 

ketadilar  va  foydalanuvchini  o’ta  nochor  axvolga  solib  qo’yadilar.  Ular  bilan 

kurashish usullari sifatida quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin: 

 



Xavfli va virus bilan zararlangan fayllarni kompyuteringizga tushishining 

oldini olish; 

 

Agarda ular kompyuteringizga tushganini bilib qolsangiz, bunday dasturlarni 



kompyuteringizda ishga tushirmaslik; 


Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 



 

Agarda virus ishga tushib ketgan bo’lsa, ular katta talofat yetkazmasligi 

uchun kerakli chora-tadbirlarni ko’rish. 

Agarda 


siz  virusli  ma’lumotni  olib  bo’lgan  bo’lsangiz,  demak 

kompyuteringizning zararlanishi tomon birinchi qadamni qo’ygansiz, chunki xavfli 

fayl  qattiq  diskingizda  saqlanib  bo’lgan.  Ammo  xozircha  bu  xolat  barcha  ish 

barbod bo’ldi degani emas, lekin bu juda xavfli xolat. Shuning uchun xam zudlik 

bilan kerakli bo’lgan ximoya chora-tadbirlarini ko’rish lozim. Ko’pchilik elektron 

pochta  aloqa  serverlarida  xavfli  va  shubxali  ma’lumotlarni  filtrlaydigan  dasturlar 

o’rnatib qo’yilgan. Lekin umumiy filtrlarning samarali ekanlgiga qaramasdan, ular 

oldindan  ma’lum  bo’lgan  viruslarnigina  filtrlaydi,  yangi  viruslar  esa  elektron 

pochta  qutisiga  bemalol  kirib,  joylashaveradi.  Bu  esa  o’z  navbatida  xavfsizlikni 

ta’minlash  uchun  qo’shimcha  chora-tadbirlar  ko’rishni  taqozo  qiladi.  O’z  pochta 

qutingizni  xavfli  dasturlardan  saqlashning  eng  yaxshi  usuli  -  bajariladigan  fayllar 

biriktirilgan  elektron  ma’lumotlarni  qabul  qilmaslikdir.  Agar  shunday  filtr 

o’rnatilsa,  bajariladigan  fayllar  biriktirilgan  barcha  elektron  pochta  ma’lumotlari 

pochta  serverida  avtomatik  ravishda  yo’qotiladi.  Bu  tadbirning  juda  xam  radikal 

ekanligiga  qaramasdan,  u  juda  xam  samarador  va  foydalanuvchiga  unchalik 

noqulaylik  tugdirmaydi.  Chunki,  birinchidan,  elektron  pochta  orqali  ko’pincha 

dasturlar  emas,  balki  xujjatlar  va  tasvirlar  junatiladi.  Ikkinchidan,  agar  pochta 

orqali  dastur  olinishi  kerak  bo’lsa,  bu  xaqda  jo’natuvchi  bilan  aloxida  kelishib 

olish  mumkin  (

masalan,  unga  dasturni  arxivlangan  ko’rinishda  jo’natishni 

so’rashingiz mumkin

).  Bunda  ikki  karra  yutasiz  -    virusdan  ximoyalanisiz  xamda 

faylingiz  tezroq  uzatiladi.  Yana  bir  usul  serverdan  dastlab  ma’lumotlarning 

sarlavxalarini olib ko’rib chiqish va keyin keraksizlarini yuqotgan xolda faqatgina 

keraklilarini  kompyuterga  yuklash.  Bu  ishni  amalga  oshirish  uchun  xam  maxsus 

dasturlar  mavjud.  Agar  siz  ma’lumotlarni  faqatgina  bajariladigan  fayllar 

ko’rinishida  olishga  majbur  bulsangiz,  u  xolda  xavfli  dasturlarni  o’z 

kompyuteringizda  aslo  ishga  tushirmaslik  choralarini  ko’rishingiz  lozim.  Agarda 

elektron  ma’lumot  sizga  tanish  bo’lmagan  insondan  sizga  jo’natilgan  bo’lsa, 

sichqoncha bilan ikki marta turtgan xolda ma’lumotni ochib ko’rish mumkin emas! 




Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

Matnni  tez  ko’rib  chiqish  rejimida  ko’rmoq  tavsiya  etiladi,  buning  uchun 



ma’lumotga sichqoncha bilan bir marta turtiladi va uning nomiga qarab, nimaligi 

aniqlanadi xamda shubxali ma’lumotlar darxol yo’qotiladi.  

  

Siz  jo’natilgan  fayllarni  (



u  do’stlaringizdan,  xamkasblardan  yoki  taniqli 

firmalar  nomidan    bo’lsa  xam

)  darxol  ochib  o’tirmang.  Chunki  ular  tarmoq 

chuvalchanglari tomonidan avtomatik ravishda junatilgan bo’lishlari xam mumkin. 

Elektron 

pochta 

ma’lumotlarini 

ko’rib 

chiqayotganda 

fayllarning 

kengaytirgichlariga xam e’tibor bering. Quyidagi kengaytirgichli fayllar juda xavfli 

bulishlari mumkin: 

 -ade adp bas bat 

-chm cmd com cpl 

-crt eml exe hlp 

-hta inf ins isp 

- jse lnk mdb mde 

-msc msi msp mst 

-pcd pif reg scr 

-sct shs url vbs 

-vbe wsf wsh wsc 

 

Ko’pchilik  xollarda  viruslar  oddiy  grafik,  audio  va  videofayllar  tarkibiga 



joylashib  oladilar.  Shuning  uchun  faylning  xaqiqiy  kengaytmasini  bilish  uchun 

tizimda fayl kengaytirgichlarini ko’rsatish rejimini o’rnatish tavsiya etiladi. Fayllar 

biriktirilgan  elektron  ma’lumotlarni  olishda  ayniqsa  extiyot  buling  va  shubxali 

ma’lumotlarni  darxol  o’chirib  tashlang.  Pochta  dasturida  ma’lumotlarni  to’la 

uchirish uchun quyidagi amallarni bajaring: 

 



Kirish

 papkasidan ma’lumotni o'chiring; 

 

O’chirish



 papkasidan ma’lumotlarni yo'qoting; 

 



Fayl/Papka/Barcha papkalar siqishtirilsin

optsiyasini tanlab, papkalar uchun 

«

Siqishtirilsin

» operatsiyasini bajaring. 




Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

Ming afsuski, ba’zi xolatlarda (



shoshib yoki yanglishib

) elektron fayllar ochilib 

ketishi mumkin. Bundan ximoyalanish uchun esa quyidagi chora-tadbirlar ko’rish 

tavsiya etiladi: 

 

Eng avvalo antivirus dasturlarning eng so’nggi versiyalarini 



kompyuteringizga o’rnatib qo’ying; 

 



Kompyuteringizga shaxsiy tarmoqlararo ekran (

firewall

) o’rnatib qo’ying; 

 

Xavfli  dasturlar  bajarishi  mumkin  bo’lgan  amallarni  tekshirish  va  oldini 



olishga  imkon  beradigan  va  antivirus  dasturlar  tarkibiga  kiruvchi  qorovul-

dasturlarni  kompyuteringizga  o’rnating.  Ular  operatsion  tizim  ishga 

tushirilganida avtomotik ravishda ishga tushadilar va bilintirmagan xolda o’z 

ishlarini boshlaydilar; 

Kompyuteringizning internetga ulanish seansida kompyuteringizda nimalar ro’y 

berayotganiga aloxida e’tibor qarating. Agarda siz internetda xech qanday ish olib 

bormayotganingizga  qaramay,  ma’lumot  uzatish  indikatorining  ma’lumot 

uzatilayotganini  ko’rsatishi  viruslar  ishga  tushganini  anglatadi.  Bunda  siz  darxol 

aloqani  to’xtatib,  kompyuteringizni  antivirus  dastur  yordamida  tekshirib  chiqing. 

Tashki  modemning  chiroqchasi  o’chib-yonishi  yoki  masalalar  panelidagi 

kompyuterlarning  ulanganini  ko’rsatuvchi  belgichaning  ko’rinib  turishi  tarmoq 

bilan aktiv ish olib borilayotganini ko’rsatadi.  



2.  Muloqot  vositalari,  telekonferentsiyalar,  ijtimoiy  tarmoqlar  va  yangilik 

guruxlari  orqali amalga oshiriladigan firibgarliklardan ximoya usullari. 

 

Internetda  viruslar  eng  ko’p  miqdorda  uchraydigan  joy  -  turli  xildagi 



yangilik  guruxlari,  ijtimoiy  tarmoqlar  va  telekonferentsiyalar  mavjud  bo’lgan 

internet resurslarihisoblanadi. Boshqacha suzlar bilan aytganda, yangiliklar fayllar 

olishning  eng  ishonchsiz  usuli  bo’lib,  himoya  ma’nosida  ularndan  juda  extiyot 

bo’lmoq lozim. Shuning uchun xam yangiliklardan faqatgina kerakli ma’lumotlarni 

olish  va  bilish  uchungina  foydalaning.  Ulardan  tekin  dasturlar  olish  uchun 

foydalanish  achinarli  natijalarga  olib  kelishi  mumkin.  Yangiliklar  guruxlarida 

ishlaganda  o’zaro  aloqa  vositasi  xuddi  elektron  pochta  singari  bo’lgani  uchun 

yuqoridagi  tavsiyalarga og’ishmay  rioya  qilishingiz kerak bo’ladi. Ammo  bunday 




Toshkent Moliya instituti 

R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 

 

avtomat dasturlarni osonlik bilan aldab ketish mumkin. Masalan, unga quyidagicha 



qilibqandaydir ajralib turgan kism kiriting: 


Download 5,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   711




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish