Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
miqyosda o’rganiladi. Bilimlarning biror bir moddiy yoki ma’naviy ne’mat
yaratadigan tashuvchisi, saqlovchsi va foydalanuvchisi inson bo’lgani tufayli,
jamiyat uchun kerakli bo’lgan amaliy bilimlar asosan ta’lim tizimida hosil qilinadi.
Shuning uchun ham bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotda sifatli mahsulotlar
ishlab chiqarishning asosi - ta’lim muassasalaridagi zamonaviy sifatli ta’lim
jarayonida hosil bo’ladi, deyishimiz mumkin. Ishlab chiqarish va ta’lim tizimi
orasidagi asosiy bog’liqlik va munosabatlar majmui ham xuddi shu bilan
aniqlanadi. Raqamli iqtisodiyotni bilimlardan foydalanish asosida tahlil qilib
chiqqanda ishlab chiqarish tizimi, ishlab chiqarish potentsiali, bilimlarga
asoslangan iqtisodiyotning ishlab chiqarish jarayoni, bu bilan bog’liq iqtisodiy
munosabatlar sub’ektlari, innovatsion tizim, innovatsion potentsial, innovatsion
amaliyot sub’ektlari va boshqa tushunchalar o’rganiladi. Yuqorida tavsif etilgan
muammolar bo’yicha bir qancha ilmiy manba’larni /5-8/ tanqidiy ravishda
o’rganish shuni ko’rsatadiki, ilk ilmiy izlanishlar informatizatsiya tushunchasi va
uning iqtisodiyotga ta’sirini o’rganishga bag’ishlangan – xuddi shu holat “
raqamli
iqtisodiyot
” paradigmasining paydo bo’lishiga olib keldi. Ushbu yo’nalishning
muallifi iqtisodiyotdagi neoklassik yo’nalish namoyondasi Dj. Stigler hisoblanadi
/11/. Ammo informatsiya tushunchasi mavhumroq bo’lgani uchun, “
agent uchun
informatsiya
” tushunchasi kiritilib, u informatsiya jamlanishi va qayta ishlanishi
natijasida paydo bo’ladigan bilimni namoyish qilishga imkon beradi. Muhitnimg
holati haqidagi ma’lumotlar majmui sifatida tushuniladigan ”
bilim
” tushunchasi
informatsiyaga nisbatan birlamchi deb aniqlandi. Xuddi shuning uchun ham
“
raqamli informatsion iqtisodiyot
” dan “
bilimlarga asoslangan raqamli
iqtisodiyot
” tushunchasiga o’tildi. Lekin “
bilimlarga asoslangan raqamli
iqtisodiyot
” tushunchasi unchalik aniq emas va shuning uchun turli hil ilmiy
iqtisodiy maktablarning namoyondalari tomonidan bir-biridan farq qiladigan bir
qancha ma’nolarda talqin etilishi mumkin. Misol sifatida F. Xayekning “
tarqoq
bilim
” kontsetsiyasini yoki P.N. Zavlin va L.A. Jolents, Polyak olimi Ya. Muyjel,
Venger olimi B. Santo va boshqalarning ishlarida o’rganilgan “
innovatsion
iqtisodiyot
” ni keltirish mumkin. Bilimlar iqtisodiyoti tizimi, uning tuzilishi,
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
infratuzilmasi va uning faoliyati mahsullari tahlili A.I. Tatarkin, A. E. Koguta,
N.L. Frolova va V.J. Kellening ilmiy ishlarida o’z aksini topgan /9/. Yangilik
kiritishlar va uning raqamli iqtisodiyotdagi ahamiyatini Y. Shumpeter aniqlab,
ularning man’bai sifatida raqobatning asosiy faktori bo’lgan korporatsiyalarning
ilmiy faoliyatini ko’rsatgan. Ammo bu holda ham asosiy dominanta sifatida yangi
g’oyalarni samarador iqtisodiy yechimlarga aylantira oladigan novator-tadbirkor
insonning ijodi hisoblanadi. Ikkinchi jahon urushidan so’ng, Amerika iqtisodchisi
R. Solou AQSH iqtisodiyotidagi quyidagi qiziqarli bog’liqlikni aniqladi:
ishlatilayotgan kapitalning ko’paytirilishi mahsulot o’sishining 12,5% gagina
sabab bo’ladi, qolgan 87,5 % li o’sish esa texnologik o’zgarishlarga bog’liq bo’lar
ekan. Shundan so’ng, texnika va texnologiyaning rivojlanishini o’rganadigan bir
qancha soha mutahassislari, shu jumladan, iqtisodchilar ham ishlab chiqarish
o’sishining asosi - kerakli joyda, kerakli vaqtda va kerakli iqtisodiyot tarmoqlariga
ilmiy-texnologik yangiliklar kiritish ekanligini ta’kidladilar. Iqtisodchi P.N. Zavlin
fikricha /10/, iqtisodiyot mahsuloti sifatida bilimlarga asoslangan yangiliklar
kiritish ishlab chiqarish usuli, ilg’or texnologiya, hizmat ko’rsatish turi, tashkiliy
tuzilish, moliyaviy yoki ilmiy izlanish faoliyati ko’rinishida bo’lishi mumkin.Ya.
Muyjel va L.A. Jolents esa bilimlar natijasida vujudga kelgan yangilikni “
ilmiy
g’oya yoki texnik ixtironi amaliy foydalanishgacha olib kelish jarayoni”
deb
tushuntirishadi. Rossiya olimlaridan V.J. Kelle fikriga ko’ra esa, bilimlar asosidagi
raqamli iqtisodiyotning poydevori yangi texnologiyalar va yangi mahsulotlarni
yaratish, loyihalash, ishlab chiqarish va tarqatishda ilm-fanni keng miqyosda
qo’llashdir. A.I. Tatarkinning fikricha, bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot
sharoitlarida ilmiy-texnik bilimlarning amaliyotda qo’llanilishi natijasida yangi
mahsulot sifatidagi (
mahsulot turi, hizmat turi, texnologiya, tashkiliy usul va
boshqalar
) “
raqamli innovatsiyalar
” hosil bo’lib, ulardan foydalanish iqtisodiy
yoki ijtimoiy samaralarga olib keladi. Ammo raqamli innovatsiyalarni yangi
texnologiya va yangi mahsulotlar sifatida moddiy ishlab chiqarishdagina bo’ladi
deb tushunish xato bo’lar edi. Ular inson faoliyatining istalgan sohasiga mansub
bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham raqamli innovatsiyalarni ularning tarqalishi
Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
va ishlatilishi, ulardan qanday foydalanilishi, yangililik darajasi va boshqalarga
nisbatan ham farqlash mumkin. Shunday qilib, raqamli innovatsion iqtisodiyot
bilimlarni yuqori darajada tashkillashtirish asosida yoki bilimlarga asoslangan
iqtisodiyot sharoitlarida amalga oshiradi. Undan so’ng paydo bo’ladigan raqamli
iqtisodiyot esa ishlab chiqarishning yangi faktori – informatsiyani ajratib olish va
uni keng miqyosda ishlatish bilan bog’liq bo’ladi. Zamonaviy bilimlar va
informatsiyadan foydalanish asosida uyshtiriladigan ijtimoiy ishlab chiqarishning
mahsuloti sifatida yangiliklar kiritish yoki raqamli innovatsiyalar vujudga kelsa,
ularning ishlab chiqarilishi, taqsimlanishi, almashinuvi va iste’moli raqamli
innovatsion iqtisodiyot borligidan darak beradi. Ushbu iqtisodiyot an’anaviy
iqtisodiyotning barcha sektorlarini isloh qilish va rivojlantirish uchun tom
ma’nodagi imkoniyatlar yaratib beradi. Shu jumladan, bu holat depressiv, stagnant
va rivojlanib kelayotgan holatlardagi milliy iqtisodiyotlarga ham tegishlidir.
4
Do'stlaringiz bilan baham: