Toshkent moliya instituti "pensiya ishi" kafedrasi "ijtimoiy ta


§ 7. Qo’shimcha dam olish kuni uchun nafaqa



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/180
Sana11.01.2022
Hajmi2,49 Mb.
#350885
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   180
Bog'liq
Ijtimoiy taminot


§ 7. Qo’shimcha dam olish kuni uchun nafaqa 


85.  Nogiron  bolasini  tarbiyalayotgan  ishlovchi  ota-onaning  biriga  (vasiyga,  homiyga) 
bola o’n olti  yoshga to’lgunga qadar davlat ijtimoiy sug’urtasi mablag’lari hisobidan bir kunlik 
ish haqi miqdorida haq to’lagan holda oyiga qo’shimcha bir dam olish kuni beriladi. 
§ 8. Dafn etish marosimi uchun beriladigan nafaqa 
86.  Dafn  etish  marosimi  uchun  nafaqa  xodim  yoki  uning  qaramog’ida  bo’lgan  quyidagi 
oila a’zolari vafot etganda beriladi: 
a) turmush o’rtog’i; 
b)  18  yoshga  to’lmagan  yoki  vaqtincha  mehnatga  qobiliyatsiz  (yoshidan  qat’i  nazar) 
bolalari, aka-ukalari va opa-singillari; 
v) ota-onasi; 
g) bobosi yoki buvisi. 
Yashash  uchun  mustaqil  mablag’  manbaiga  ega  bo’lgan  (ish  haqi,  pensiya,  stipendiya 
oluvchi,  shirkat  xo’jaligining  mehnatga  qobiliyatli  a’zolari  hisoblanuvchi  va  hokazo)  oila 
a’zolari qaramog’ida turgan deb hisoblanmaydi. 
87.  Xodim  vafot  etganda  dafn  etish  marosimi  uchun  nafaqa  uning  oila  a’zolariga  yoki 
dafn o’tkazishni o’z zimmasiga olgan shaxslarga beriladi. 
Oilaning  vafot  etgan  a’zosini  dafn  etish  marosimi  uchun  nafaqa  ishlovchi  xodimga 
beriladi. 
88. Ayolning homilasi tushgan hollarda dafn etish marosimi uchun nafaqa berilmaydi. 
89. Dafn etish marosimi uchun nafaqa eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida 
beriladi. 
Ishlamaydigan  pensioner  vafot  etgan  taqdirda  dafn  etish  marosimi  uchun  nafaqa  uning 
oilasiga  yoki  pensionerning  dafn  marosimini  o’tkazgan  shaxsga  ikki  oylik  pensiya  miqdorida, 
lekin  eng  kam  oylik  ish  haqining  ikki  hissasidan  kam  bo’lmagan  miqdorda,  ijtimoiy  ta’minot 
bo’limi tomonidan to’lanadi. 
Ish  haqiga  tuman  koeffitsienti  belgilangan  joylarda  dafn  etish  marosimi  uchun  nafaqa 
miqdori  ishlab  chiqarish  bilan  bog’liq  bo’lmagan  tarmoqlar  uchun  beriladigan  tuman 
koeffitsientini hisobga olgan holda aniqlanadi. 
90.  Muddatli  harbiy  xizmatga  chaqirilgan  xodim  yoki  uning  oila  a’zosi  vafot  etgan 
taqdirda  dafn  etish  marosimi  uchun  nafaqa,  agar  unga  so’nggi  ish  haqi  to’langan  kundan  bir 
oydan ko’p vaqt o’tmagan bo’lsa beriladi. 
91.  Oliy,  o’rta  maxsus  kasb-hunar  ta’lim  muassasalarida,  magistraturada,  aspiranturada, 
klinik ordinaturada, doktoranturada tahsil olayotgan shaxslar, shuningdek, ularning oila a’zolari 
vafot etgan taqdirda, dafn etish marosimi uchun nafaqa umumiy asoslarda to’lanadi. 
92.  Maktablar,  kurslarning  (kadrlar  malakasini  oshirish,  qayta  tayyorlash  va  tayyorlash 
bo’yicha),  shuningdek,  malaka  oshirish  institutlari  o’quvchilari  va  tinglovchilari  yoki  ularning 
oila  a’zolari  vafot  etganda,  agar  ular  kurslarga,  maktablarga,  institutlarga  korxona  tomonidan 
yuborilgan  bo’lsalar  va  ularning  o’qish  davridagi  ish  haqi  to’la  yoki  qisman  saqlanib  qolgan 
bo’lsa, dafn etish marosimi uchun nafaqa umumiy asoslarda beriladi. 
Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish