Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi
“Keksalar va nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish
bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2705-son qarori qabul qilindi va unda
“o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar va nogironlar turmush darajasi va sifatini har yil
ushbu kontingentga kirgan 4 ming odamni umumiy miqdori 3,2 milliard so‘m bo‘lgan asosiy
oziq-ovqatlar, gigiena vositalari bilan ta’minlash yo‘li bilan oshirish, 1941-1945 yillardagi urush
qatnashchilariga sanatoriylarda har yili sog‘lomlashtirish kursidan o‘tish o‘rniga yo‘llanmaning
o‘rtacha narxiga teng ravishda kompensatsiya olish huquqini berish, yolg‘iz va kam
ta’minlangan keksa fuqarolarni umumiy miqdori 6,4 milliard so‘m hajmidagi qishki kiyim
komplekti va poyafzal, shuningdek qishga g‘amlash uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan
har yili ta’minlash”
1
bilan bog‘liq chora-tadbirlar belgilandi. Qarorda belgilangan vazifalar
mamlakatimiz pensiya ta’minoti tizimi zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklamoqda.
Fuqarolarning keksaygandagi hayot faoliyati daromad manbalari va ularning barqarorligi
kabi jiddiy muammolar bilan bog‘liq bo‘ladi. Kishilik taraqqiyoti davomida insonlar keksaygan
sari, to‘laqonli mehnat qilish qobiliyatini yo‘qota borgan sari kambag‘allikka duchor bo‘la
boshlagan, farzandlarining qo‘liga tobora ko‘proq qaram bo‘la boshlagan. Farzandlarning o‘zi
ham o‘z tirikchiligini o‘tkazish, hayot uchun kurashish yo‘lida ish qidirib bir joydan boshqa
joyga sarson bo‘lishga majbur bo‘lganda, qariyalarining ahvoli undan-da yomonlashgan. Agrar
ishlab chiqarishga asoslangan jamiyatlarda keksaygan jamiyat a’zolarining ahvoli hozirgi
kunlarda ham ayanchliligicha qolmoqda.
Agar yuz yil oldingi
tarixga nazar tashlasak, xatto sanoati rivojlangan
mamlakatlarda ham
mehnatkashlarning kamdan-kam qismi mehnat faoliyatini to‘xtatgandan keyin ishonchli
daromadga ega bo‘lgan. Ularning ko‘pchiligi kambag‘allikka duchor bo‘lishdan qo‘rqib, imkoni
boricha uzoqroq ishlab qolishga harakat qilgan. Nogiron bo‘lib qolish yoki boquvchisini
yo‘qotish kabi hayotiy hodisalar esa ularning kambag‘allik yoki birovga qaramlikka mahkum
bo‘lish ehtimolini yanada kuchaytirgan. Shu sababli eng ommaviy va moliyaviy oqibatlariga
ko‘ra eng og‘ir ijtimoiy havf-xatarning - qarilik, nogironlik, boquvchisini yo‘qotish havf-
xatarining mavjudligi pensiya dasturlarining shakllanishiga olib keldi.
Natijada XIX asrning oxiri – XX asrning boshlarida ko‘pchilik sanoati rivojlangan
mamlakatlarda milliy pensiya tizimlarining shakllanish jarayoni kishilik taraqqiyoti tarixiga
muhim bosqich bo‘lib kirdi. Shu davrdan boshlab “qarilik – bu kambag‘allik, nochorlik” degan
tushunchalar birmuncha eskirdi. Bundan tashqari, ko‘pchilik mamlakatlarda fuqarolar mehnat
faoliyatini tugatgandan keyin ham normal hayot faoliyatini kechirish uchun yetarlicha moddiy
ta’minlanish imkonini beradigan pensiyalarga ega bo‘ldilar. Ularning moddiy ta’minot darajasi
xatto ayrim ishlovchi, lekin ko‘p bolali yosh mehnatkashlardan ham ko‘ra yuqoriroq bo‘la
boshladi.
“Pensiya”
so‘zining o‘zi lotincha “pension” so‘zidan olingan bo‘lib, mehnat qobiliyatini,
va demak, ish haqi ko‘rinishidagi daromad manbaini yo‘qotganda, qarilikda, nogironlikda yoki
boquvchisini yo‘qotganda moddiy ta’minlash uchun muntazam to‘lanishi mo‘ljallangan pullik
to‘lov ma’nosini anglatadi.
Shundan kelib chiqqan holda, pensiya tizimi deganda mamlakat
fuqarolarini ma’lum yoshga etganda, nogironlikda, boquvchisini yo‘qotganda moddiy jihatdan
ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan huquqiy, moliyaviy, tashkiliy munosabatlar, shuningdek,
maxsus ixtisoslashgan tashkiliy tuzilmalar yig‘indisi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: