O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish
to‘g‘risida”gi Qonuni
5-modda. Nogironlar huquqlarining kafolatlari
Davlat nogironlar turmush faoliyatining cheklanganligini baholash asosida ularning
ijtimoiy yordam hamda himoya chora-tadbirlariga bo’lgan ehtiyojlari hisobga olinishi
ta’minlanishini, nogironlarni reabilitatsiya qilish va ijtimoiy himoya qilishning qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan turlaridagi dasturlar amalga oshirilishini, nogironlarning jamiyat
bilan uyg’unlashishi uchun sharoitlar yaratilishini, nogironlarni kamsitishning barcha
shakllaridan himoya qilishni ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko’rilishini kafolatlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |