yuqori tayyorlash-ombor va vositachilik ustamalarini hisobga olgan holda,
vositachilar sonidan qat’i nazar, 20 foizdan yuqori bo’lmagan miqdorda
shakllantiriladi. Import mahsulotining xarid qiymati O’zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi, Markaziy banki, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi
tomonidan tasdiqlangan va O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi bilan
kelishilgan Buxgalteriya hisobi, statistika va boshqa hisobotlarda xorijiy
valyutadagi operatsiyalarni aks ettirish tartibining (3.06.2000 yil, ro’yxatga olish
raqami 931) 3.9-bandiga muvofiq belgilanadi.
Binokorlik materiallariga hisob-kitob hujjatlari (yukxatlar, hisobvaraq-
fakturalar
va
boshqalar)ni
rasmiylashtirayotganda
vositachilar
quyidagi
qo’shimcha ma’lumotlarni ko’rsatishlari shart:
transport xarajatlarini hisobga olib, ishlab chiqargan korxonaning ulgurji
sotish narxi yoki import mahsulotining xarid qiymati;
respublikada tayyorlangan binokorlik materiallarini ishlab chiqaradigan
korxona yoki import mahsulotlarini bojxonadan o’tkazish punktining nomi;
respublikada tayyorlangan binokorlik materiallarini ishlab chiqaradigan
korxonaning ularni chiqarish sanasi yoki import mahsulotini bojxonadan o’tkazish
sanasi;
qo’llaniladigan savdo ustamasi (qo’shimcha haq) miqdori.
Vositachi tomonidan respublika hududidagi boshqa vositachilardan
binokorlik materiallari xarid qilinganida, ularning nomi va savdo ustamasi
(qo’shimcha haq) ko’rsatiladi.
Ishlab chiqargan zavodning ulgurji sotish narxi oshgan va buyurtmachilar
hamda pudrat tashkilotlari tomonidan vositachilarga bo’nak to’lovlari amalga
oshirilmagan bo’lsa, ularni sotish chog’ida binokorlik materiallarining eng yuqori
narxi vositachilar tomonidan ularni ishlab chiqargan zavodning ulgurji sotish narxi
darajasiga etkazilishi mumkin. Mazkur Nizomga rioya etilmaganda, buning uchun
javobgarlik qonunda belgilangan tartibda buyurtmachilar va pudratchilarning
birinchi rahbarlari zimmasiga yuklanadi. Istiqbolda, baholar monitoringini amalga
oshirish sifatini oshirish maqsadida, G’aznachilikning dasturlar kompleksi bilan
tovarlar va xizmatlar bo’yicha ma’lumotlar to’plovchi vakolatli tashkilotlarning
(idora, agentlik) axborot bazalari, hamda tovarlar va xizmatlar bahosi to’g’risida
ma’lumotlarga ega mas’ul tashkilotlar axbortlar (birjalar, elektron axborotlar)
bazasini integratsiyalash imkoniyalari ko’rib chiqilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: