2. Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jalik mahsulotlarini xarid etish
Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jalik mahsulotlarini xarid etish bo’yicha
rasmiy ma’lumotlarning chegaralanganligi, ushbu sohani tahlil etishda kompleks
yondoshuvni amalga oshirishni qiyinlashtiradi.
Hozirgi paytda Respublikada quyidagi qishloq xo’jalik mahsulotlari davlat
xaridining ob’ektlari sanaladi: paxta xom-ashyosi, g’alla, sholi va ipak pillasi
etishtirish.
Paxta hamda g’alla sotish va sotib olish sohasida hukumat nazorati saqlanib
qolgan bo’lsada, hukumat, keyingi yillarda ushbu mahsulotlarni davlat xaridi
baholarini sezilarli darajada oshirdi va ushbu mahsulotlarni muqobil sotish yo’llari
kengaytirildi.
Respublikada har yili paxta yig’ish mavsumi oldidan paxta xom-ashyosining
davlat sotib olish baholari belgilanadi. 2001 yilgacha ushbu baholar Moliya
vazirligi tomonidan, 2001 yildan boshlab esa, Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlanadi.
Paxta tolasining ulgurji baholari har yili, odatda avgust oyida, Moliya
vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Fermer xo’jaliklarini moliyaviy qo’llab-
quvvatlash uchun har yili davlat tomonidan yirik miqdordagi mablag’lar va
ajratmalar (assignovaniya) ajratiladi.
1998 yil 31 dekabrda “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq
xo’jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg’armasini tashkil etish to’g’risida”
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-2165-sonli Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan
davlat ehtiyojlari uchun etkazib berilgan mahsulotlarga o’z vaqtida hisob-kitob
qilinishini ta’minlash maqsadidaO’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzurida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo’jalik
mahsulotlarining hisob-kitob Jamg’armasi tashkil etildi.
Jamg’arma zimmasiga quyidagi vazifalari quyidagilar etib belgilandi:
davlat ehtiyojlari uchun etishtiriladigan hamda etkazib beriladigan
qishloq xo’jaligi mahsulotlari hisob-kitobini o’z vaqtida moliyalash;
davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo’jaligi
mahsulotlarining hisob-kitobi uchun ajratiladigan mablag’lardan maqsadli
foydalanilishini nazorat qilish.
xarid qilinadigan mahsulot uchun hisob-kitoblarni ta’minlaydigan
barcha bo’g’inlar — O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, banklar,
tayyorlov tashkilotlari hamda qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilari
faoliyatini muvofiqlashtirish.
Quyidagilar Jamg’armani shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilandi:
paxta tolasini eksport qilish bo’yicha forvard shartnomalaridan
tushadigan bo’nak to’lovlari hamda ular yuzasidan uzil-kesil hisob-kitoblar
bo’yicha tushadigan mablag’lar;
davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan mahsulotlarni qayta
baholashdan hosil bo’ladigan mablag’lar;
kredit mablag’lari;
byudjetdan tashqari boshqa mablag’lar.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga Jamg’armaning moliyaviy
operatsiyalarini olib borish uchun paxta, g’alla va sholini xarid qilish bo’yicha
tuzilgan shartnoma hajmlarini moliyalash bo’yicha byudjetdan tashqari uchta
asosiy hisobvaraq, shuningdek, kredit mablag’larini to’lash yuzasidan mablag’larni
jamlash uchun mazkur mahsulot turlari bo’yicha uchta ilova hisobvarag’i ochish
tavsiya etildi.
O’zbekiston Respublikasi moliya vaziriga Jamg’arma mablag’larini
boshqarish vakolati berildi.O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
markaziy apparati tarkibida Jamg’armaning ishchi apparati tarzidagi maxsus
bo’linma tuzilib, vazirlik markaziy apparatining soni 5 kishiga ko’paytirildi.
. O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «Agrobank» ATBni paxta va
g’alla etishtirish, xarid qilish hamda qayta ishlashni moliyalash bo’yicha
Jamg’armaning asosiy moliya agenti etib tayinlash to’g’risidagi taklifiga rozilik
berildi.
Jamg’armaning moliya agenti zimmasiga maxsus ochiladigan maqsadli
hisobvaraqlar orqali davlat ehtiyojlari uchun etkazib beriladigan ushbu
mahsulotlarga ajratiladigan mablag’lardan aniq maqsad yo’lida foydalanilishi va
hisob-kitoblarning o’z vaqtida amalga oshirilishi, shuningdek berilgan
kreditlarning belgilangan muddatlarda qaytarilishi ustidan nazorat o’rnatish
vazifasi yuklandi
«Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmalari — paxtani;
«O’zdonmahsulot» AK — g’alla va sholini xarid qilish, saqlash, qayta
ishlash hamda sotish bo’yicha Jamg’armaning tijorat agentlari etib tayinlansin.
Jamg’arma davlat ehtiyojlari uchun paxta xarid qilish umumiy hajmi bo’yicha
«Paxtasanoat» hududiy aktsiyadorlik birlashmalari bilan, g’alla xarid qilish
umumiy hajmi bo’yicha esa «O’zdonmahsulot» aktsiyadorlik kompaniyasi bilan
Bosh bitim tuzadi. Mazkur birlashmalar va kompaniya Jamg’arma nomidan hamda
u bilan kelishilgan holda mahsulot xarid qilishga kontraktatsiya shartnomalari o’z
vaqtida tuzilishini, xarid qilinadigan qishloq xo’jaligi mahsulotlari hisob-kitobini,
ularni xarid qilish, saqlash va qayta ishlash chog’ida belgilangan standartlarga
rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlaydilar.
Kalendar yili oxirida Jamg’arma mablag’larining qoldiqlari olib qo’yilmaydi,
byudjetdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinadi va kelgusi yilda qishloq
xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilariga hisob-kitob qilish uchun moliyaviy
mablag’larga bo’lgan ehtiyoj balansi hisob-kitoblarida foydalaniladi.
Jamg’armaga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish doirasida olingan
Jamg’arma daromadlari soliqlarga hamda davlat maqsadli jamg’armalariga
majburiy ajratmalar to’lovlariga tortilmaydi.
Moliya vazirligi va Markaziy bank Boshqaruvining 2007 yil 13 martdagi 30,
288-V-son qarori bilan “Qishloq xo’jaligi korxonalarining davlat ehtiyojlari uchun
xarid qilinadigan paxta va g’alla etishtirish xarajatlarini tijorat banklari tomonidan
kreditlash tartibi to’g’risida NIZOM” yangi tahrirda qabul qilindi. Mazkur Nizom
tijorat banklari tomonidan qishloq xo’jaligi korxonalariga davlat ehtiyojlari uchun
xarid qilinadigan g’alla va paxta xom ashyosi etishtirish xarajatlarini
moliyalashtirish maqsadlari uchun kreditlar berish tartibini belgilaydi.
Tijorat banklari tomonidan ushbu kreditlar qishloq xo’jaligi korxonalariga
muddatlilik, to’lovlilik, ta’minlanganlik hamda maqsadli foydalanish shartlarida
davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan g’alla va paxta xom ashyosi etishtirish
xarajatlarini moliyalashtirish maqsadlarida beriladi.
Nizom asosida kreditlash davlat ehtiyojlari uchun g’alla va paxta etishtiruvchi
barcha qishloq xo’jaligi korxonalariga tatbiq etiladi.
Kreditlar davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta xom ashyosi va
g’alla qiymatining 60 foizigacha (tayyorlov korxonasi tomonidan bo’nak tariqasida
etkazib berilgan urug’lik qiymatini inobatga olgan xolda) miqdorida beriladi.
Bunda, kreditlar agrotexnik tadbirlar muddatidan kelib chiqqan holda
quyidagi tartibda ajratiladi:
paxta xom ashyosi etishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil
etishtirilayotgan yilning 1 apreliga qadar paxta xom ashyosi qiymatining 25
foizigacha, 1 iyulga qadar 50 foizgacha va 1 sentyabrga qadar 60 foizgacha;
g’alla etishtirish xarajatlarini moliyalashtirish uchun hosil etishtirilayotgan
yilning 1 yanvariga qadar g’alla qiymatining 30 foizgacha, 1 aprelga qadar 50
foizgacha va 1 iyunga qadar 60 foizgacha.
Har oy va choraklarda ajratiladigan kredit resurslari miqdori Qishloq va suv
xo’jaligi vazirligi taklifiga asosan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan
kelishilgan holda o’zgartirilishi mumkin.
Kredit miqdori qishloq xo’jaligi korxonasining «O’zpaxtasanoat» uyushmasi
va «O’zdonmahsulot» AK korxonalari (bundan keyingi matnlarda — tayyorlov
korxonalari) bilan davlat ehtiyojlari uchun etkazib beriladigan mahsulot uchun
tuzilgan kontraktatsiya shartnomalaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Kredit miqdorini aniqlash uchun amaldagi o’rtacha xarid narx asos qilib
olinadi.
Mazkur kreditlar faqat quyidagi maqsadlar uchun berilishi mumkin:
ish haqi va unga tegishli ajratmalarni to’lash uchun;
mineral o’g’it va o’simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish
vositalarini xarid qilish uchun;
yoqilg’i-moylash mahsulotlarini xarid qilish uchun;
MTPlar, muqobil MTPlar, fermer xo’jaliklari, «O’zkimyosanoat»
aktsiyadorlik jamiyati, «O’zdonmahsulot» AK va «O’zpaxtasanoat» uyushmasi
tizimidagi korxonalar huzurida faoliyat yuritayotgan muqobil MTP mas’uliyati
cheklangan jamiyatlari hamda qishloq xo’jalik texnikasi mavjud bo’lgan boshqa
xo’jalik sub’ektlarining xizmatlari uchun to’lovlarga;
Lizingga (moliyaviy ijaraga) berilgan texnika vositalarining lizing
to’lovlariga;
SIUlar (suv iste’molchilari uyushmalari) xizmatlari uchun to’lovlarga;
yagona er solig’i to’lovlariga.
Elektr energiya to’lovlariga;
Urug’lik uchun to’lovlarga;
Qishloq xo’jaligi korxonalarining paxta va g’alla etishtirish bilan bog’liq
bo’lgan boshqa zaruriy ehtiyojlari uchun ham to’lovlar amalga oshirilishi mumkin.
Boshqa zaruriy ehtiyojlar hisobidan paxta va g’alla etishtirish bilan bog’liq
xarajatlariga, bank xizmati, xo’jalik va idora xarajatlari, ichki xo’jalik irrigatsiya
va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash xarajatlari, sug’urta xarajatlari, qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda to’lanadigan Qishloq va suv xo’jaligi
vazirligi hamda Fermerlar kengashlarini saqlash xarajatlari uchun to’lovlar amalga
oshirilishi mumkin.
Bunda, Nizomning 5-bandida keltirilgan ekinlarni etishtirish xarajatlarining
har bir turini moliyalashtirish uchun beriladigan kreditlarning eng ko’p miqdori
yuzasidan tavsiyalar O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Qishloq va
suv xo’jaligi vazirligi tomonidan har yilgi hosil uchun agrotexkartalardan kelib
chiqqan holda belgilanadi.
Mazkur tavsiya etilayotgan xarajatlarning agrotexnika me’yorlari qishloq
xo’jaligi korxonalariga biznes-reja (ilovaga muvofiq) ishlab chiqish uchun asos
hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligi korxonasining biror-bir xarajat turi bo’yicha to’lovlarga
ehtiyoji bo’lmagan hollarda mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan paxta
va g’alla etishtirish bilan bog’liq bo’lgan boshqa ruxsat etilgan xarajat turlari
bo’yicha, shuningdek qishloq xo’jaligi texnikasi sotib olishga, ichki xo’jalik
irrigatsiya va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalashga ishlatilishi (mineral o’g’it,
kimyoviy yoki biologik vositalar, yoqilg’i moylash materiallari va urug’lik
material xarajatlari bundan mustasno) mumkin.
Agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish uchun ajratilgan imtiyozli kredit
resurslarining ruxsat etilgan xarajat turlari bo’yicha maqsadli sarflanishi yuzasidan
monitoring qishloq xo’jaligi korxonalariga xizmat ko’rsatuvchi tijorat banklari
zimmasiga yuklatiladi.
Kreditlar tegishli qishloq xo’jalik mahsuloti bo’yicha qishloq xo’jalik
korxonalari bilan yakuniy hisob-kitoblar yakunlanguncha, lekin g’alla etishtirishni
moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar bo’yicha 12 oydan va paxta xom ashyosi
etishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar bo’yicha 18 oydan ko’p
bo’lmagan muddatga, qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz beriladi.
Qishloq xo’jaligi korxonalarini kreditlash bank marjasini hisobga olgan holda,
imtiyozli foiz stavkasi bilan amalga oshiriladi.
Bu kreditlar bo’yicha imtiyozli foiz stavkasi g’alla hosilini etishtirish
xarajatlari uchun yillik 5 foiz, paxta hosilini etishtirish xarajatlari uchun yillik 3
foiz miqdorida belgilanib, ularning 2 foizi bank marjasini tashkil etadi.
Kredit qishloq xo’jaligi korxonasiga uning asosiy talab qilib olinguncha
depozit hisob raqami ochgan va unga xizmat ko’rsatayotgan bank tomonidan
beriladi. Ushbu kreditlarni ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisob raqami
ochilgan bank tomonidan berilishiga ruxsat berilmaydi.
Oldingi yillarda ajratilgan imtiyozli kreditlar to’liq so’ndirilgandan so’ng
joriy yil hosili uchun imtiyozli kreditlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |