3-MAVZU. DAVLAT XARIDINI TASHKIL ETISHNING HUQUQIY
ASOSLARI
REJA:
1.
Davlat xaridini tartibga soluvchi milliy qonunchilik
2.
Davlat xaridi tizimidagi munosabatlarni tartibga soluvchi xalqaro qonunchilik
Tayanch so’z va iboralar
Davlat xaridini tartibga solish, milliy qonunchilik, davlat xaridini tartibga soluvchi
kodekslar, davlat xaridini tartibga soluvchi qonun va qarorlar, xalqaro qonunchilik,
xalqaro kelishuv, Yunsitral qonun, Xalqaro savdo tashkilotning davlat xaridi
bo’yicha shartnomasi
1. Davlat xaridini tartibga soluvchi milliy qonunchilik
Davlat xaridini boshqarish borasida O’zbekistonda amalga oshirilayotgan
islohotlarning ajralmas qismi – bu davlat xaridini boshqarish bo’yicha yangi
huquqiy me’yorlarga asoslangan qonunchilikni shakllantirishdan iboratdir.
Ma’lumki, mamlakat miqyosidagi har qanday jarayon shu davlat iqtisodiy-
ijtimoiy hayoti uchun juda muhim hisoblanadi. Chunki bu jarayonlarning natijasi,
salbiy yoki ijobiy bo’lishiga qarab, mamlakat aholisiga, davlatning iqtisodiy
mexanizmi va uning tarkibiy qismlariga katta ta’sir ko’rsatadi. Davlat xaridi
jarayoni ham ulkan hamda murakkab mexanizm bo’lib, uning to’g’ri tashkil
etilganligi va mamlakat iqtisodiyotiga zarar emas, balki yuqori samara keltirishi
muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham makrodarajadagi
qanday jarayon yuz bermasin, shu jumladan, davlat xaridi ham, qonunchilik bilan
mustahkamlab qo’yilishi zarur. Aynan qonunchilik davlat xaridi mexanizmini
takomillashtirish va uning nazoratini tashkil etishga ko’maklashadi hamda davlat
xaridi subyektlarining manfaatlari nohaq buzilishi, qabul qilingan qonun-
qoidalardan chetlanishlarni oldini oladi.
O‘zbekiston Respublikasida Davlat xaridini tashkil etish va tartibga
solishning qator huquqiy normativlari qabul qilingan. Bu qonun hujjatlari orqali
davlat budjet xarajatlarining samarali, maqsadli sarflanishi hamda uning shaffofligi
ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 3-4§larda davlat
xaridining elementlari va davlat shartnomalari asosida tovarlar yetkazib berish
to’g’risida moddalar keltirilgan.
O’zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining 121-moddasida davlat
xaridlari, ular to’g’risidagi e’lonlar maxsus axborot portalida (O’zbekiston
Respublikasi tovar-xom ashyo birjasining maxsus veb-saytida) xaridlar amalga
oshirilishidan kamida o’n kun oldin joylashtirilishi to’g’risida ta’kidlangan.
Shuningdek, davlat xaridlari tizimini tartibga solish uchun O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi hamda
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qaror va Nizomlari mavjud.
Jumladan, 2011 yil 7 fevraldagi PQ-1475 sonli “Davlat xaridlari tizimini
muqobillashtirish va ularga kichik biznes subyektlarini jalb qilishni kengaytirish
to’g’risida”gi Qarorga muvofiq O’zbekiston Respulikasi Vazirlar Mahkamasi
huzurida Davlar xaridlari bo’yicha hukumat komissiyasi tuzilishi, O’zbekiston
Respublikasi Moliya Vazirligi G’aznachiligiga Davlat xaridlari bo’yicha Hukumat
komissiyasining ishchi organi vazifasi yuklatilishi haqida aytib o’tilgan. Mazkur
Hukumat
komissiyasining
asosiy
vazifalariga
davlat
xaridi
tizimini
takomillashtirish, unga kichik biznes subyektlarini jalb qilish va ular faoliyatini
nazorat qilish kabilar kiritilgan. Bundan tashqari Qarorda davlat budjeti
mablag’lari
va
boshqa
markazlashtirilgan
manbalar
hisobidan
moliyalashtiriladigan, narxi 500 mln. so’mgacha bo’lgan obyektlarni qurish va
rekonstruksiya ishlarini bajarish uchun pudratchi tashkilot faqat kichik biznes
subyektlari orasidan tanlanishi hamda shartnoma narxi 300 dan 100 ming AQSh
dollari ekvivalentidagi alohida turdagi tovarlar xaridi elektron savdolar vositasida
amalga oshirilishi to’g’risida ta’kidlab o’tilgan.
Xuddi shu Qarorga qo’shimcha sifatida 2011 yil 1 apreldagi Vazirlar
Mahkamasining 100-sonli Qaroriga asosan “Davlat xaridlari bo’yicha Hukumat
komissiyasining ishchi organi to’g’risida”gi Nizom qabul qilindi. Nizomga asosan,
ishchi organning asosiy vazifalar etib quyidagilar belgilandi:
-davlat xaridlari bo‘yicha axborot bazasini yaratish va doimiy ravishda
yangilab borish, davlat xaridlarini amalga oshirishda narxlarni shakllantirish
jarayonini nazorat qilish;
- Davlat xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasining qonun hujjatlari bilan
uning vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha materiallarini va qarorlari
loyihalarini tayyorlash;
-davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari,
tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat xaridlari jarayonida ishtirok etuvchi boshqa
tashkilotlar va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan Hukumat komissiyasi
qarorlari bajarilishini nazorat qilish;
-davlat xaridlari sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirishda qatnashish.
Ishchi organning asosiy funksiyalari etib quyidagilar belgilandi:
-davlat xaridlari bo‘yicha axborot bazasini, shu jumladan davlat xaridlari
bo‘yicha byudjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan joylashtiriladigan buyurtmalar,
shuningdek byudjet mablag‘lari oluvchilar tomonidan xarid qilinadigan tovarlar
(ishlar, xizmatlar)ga narxlar bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirish va doimiy
ravishda yangilab borish;
-Hukumat komissiyasining qonun hujjatlari bilan uning vakolatiga kiritilgan
masalalar, shu jumladan tovarlar (ishlar, xizmatlar) davlat xaridlarining har bir turi
bo‘yicha kichik biznes sub’ektlari, davlat byudjeti hamda markazlashtirilgan
boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan tashkilotlar uchun kvotalar
belgilash masalalari bo‘yicha qarorlari loyihalarini tayyorlash;
-bitta kontrakt bo‘yicha qiymati ekvivalentda 100 ming AQSh dollaridan ortiq
bo‘lmagan O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasining maxsus axborot
portali orqali elektron savdo yo‘li bilan tadbirkorlik sub’ektlaridan xarid
qilinadigan, eng zarur tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxatini Hukumat
komissiyasining ko‘rib chiqishi uchun tayyorlash;
-davlat xaridlari jarayonini va mamlakatimizdagi kichik biznes sub’ektlari
uchun ajratiladigan kvotalarning bajarilishi monitoringini olib borish va tahlil
qilish, Hukumat komissiyasining ko‘rib chiqishiga kiritish uchun tahliliy
materiallar va takliflar tayyorlash;
-Hukumat komissiyasining qarorlari va topshiriqlarini davlat va xo‘jalik
boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati tegishli organlariga, tovarlar (ishlar,
xizmatlar)ning davlat xaridlari jarayonida ishtirok etuvchi boshqa tashkilotlar va
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga yetkazish, shuningdek ularning bajarilishini
nazorat qilish;
-tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlari to‘g‘risidagi
yagona respublika maxsus axborot portalini yuritish uchun O‘zbekiston Respublika
tovar-xom ashyo birjasiga zarur axborotlarni taqdim etish kabilar keltirib o’tilgan.
2012 yil 6 sentabrda 260-sonli Vazirlar Mahkamasining “Tovar xom ashyo
birjalari
faoliyatini
takomillashtirishga
doir qo’shimcha chora-tadbirlar
to’g’risida”gi Qarori qabul qilindi. Ushbu Qaror tovarlarni ulgurji sotishning bozor
metodlarini kengaytirish, tovar-xom ashyo birjalari faoliyatini zamonaviy
talablarga muvofiq tubdan yaxshilash, mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari
mahsulotlariga narx belgilashning bozor mexanizmini shakllantirishga qaratilgan.
Shuningdek, Qarorda ixtisoslashtirilgan va mintaqaviy savdo maydonlari
tarmog‘ini kengaytirish, shu jumladan ko‘rsatib o‘tilgan savdo maydonlarini birja,
ko‘rgazma-yarmarka va auksion savdolarining elektron tizimiga ulagan holda
yuridik shaxslarni akkreditatsiya qilish yo‘li bilan kengaytirish bo‘yicha choralar
ko‘rish, birja savdolarida faqat oldindan e’lon qilinadigan, mahsulotlar
iste’molchilari va ishlab chiqaruvchilari keng ko‘lamda foydalanadigan birja
axborotnomasiga kiritilgan tovarlarni sotish, ayni bir vaqtda oldindan e’lon
qilingan listinglarga kiritilmagan tovarlarni sotish taqiqlanishi hamda birja
axborotnomalariga faqat bir xil standart xossalarga ega bo‘lgan, ulgurji guruhlar
bilan sotiladigan va oldindan ko‘zdan kechirishni talab qilmaydigan birja
tovarlarini kiritish to’g’risida aytib o’tilgan.
“Davlat va korporativ xaridlar jarayonini takomillashtirishga doir qo’shimcha
chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2013 yil 11 iyundagi Vazirlar Mahkamasining 166-
sonli Qarorga muvofiq “Davlat ulushi ustuvor bo’lgan tabiiy monopoliyalar
subyektlari, korxonalar va tashkilotlarning elektron xaridlari bo’yicha Hukumat
komissiyasi ishchi organi to’g’risida” Nizom qabul qilindi. Mazkur Nizom Davlat
ulushi ustuvor bo‘lgan tabiiy monopoliyalar sub’ektlari, korxonalar va
tashkilotlarning elektron xaridlari bo‘yicha Hukumat komissiyasi ishchi organining
asosiy vazifalari, funksiyalari va uning ishini tashkil etish tartibini belgilaydi.Ishchi
organning
funksiyalari
O‘zbekiston
Respublikasining
Xususiylashtirish,
monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga yuklangan.
Nizomga asosan ishchi organning asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi:
-Hukumat komissiyasining vakolatiga qonun hujjatlari bilan kiritilgan
masalalar, jumladan korporativ ehtiyojlar uchun O‘zbekiston respublika tovar-xom
ashyo birjasi tomonidan o‘tkaziladigan elektron savdolarda xarid qilinadigan
tovarlar (ishlar, xizmatlar) guruhlari ro‘yxatini aniqlash masalalari bo‘yicha
Hukumat komissiyasi qarorlari loyihalarini tayyorlash;
-korporativ xaridlar jarayonini hamda unda kichik va xususiy tadbirkorlik
sub’ektlari ishtirokini monitoring va tahlil qilish, Hukumat komissiyasi ko‘rib
chiqishiga kiritish uchun tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash;
-Hukumat komissiyasi qarorlari va topshiriqlarini tovarlar (ishlar,
xizmatlar)ning korporativ xaridlari jarayonida ishtirok etadigan davlat va xo‘jalik
boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga yetkazish, shuningdek ularning bajarilishi
yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
-tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning davlat va korporativ xaridlari to‘g‘risida
yagona respublika maxsus axborot portalini yuritish uchun O‘zbekiston respublika
tovar-xom ashyo birjasiga zarur ma’lumotlarni taqdim etish va boshqalar.
Shuningdek, xuddi shu Qarorga muvofiq “O’zbekiston respublika tovar-xom
ashyo birjasida elektron xaridlarni tashkil etish va o’tkazish tartibi to’g’risida”
Nizom qabul qilindi. Ushbu Nizom O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo
birjasida boshlang‘ich narxni pasaytirish yuzasidan elektron xaridlarni auksion
savdolar shaklida tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Mamlakatda elektron xaridni rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida
2015 yil 26 martda Vazirlar Mahkamasining 69-sonli Qaroriga muvofiq
“O’zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining maxsus axborot portal orqali
elektron savdo yo’li bilan tadbirkorlik subyektlaridan eng zarur tovarlar (ishlar,
xizmatlar)ning davlat xaridini tashkil etish tartibi to’g’risida” Nizom qabul qilindi.
Nizomda elektron katalog hamda unda qanday tovarlar joylashtirilishi mumkinligi
va uning tartibi to’g’risida ma’lumot keltirilgan. Unga ko’ra elektron katalogda
bitta shartnoma bo’yicha 100 ming AQSh dollaridan ortiq bo’lmaganga teng
bo’lgan, ularga shoshilinch yoki oldindan ko’rilmagan zaruriyat yuzaga kelgan
tovarlar xarid qilinadi. Elektron katalogda xarid qilinadigan tovarlar ro’yxati
Davlat xaridlari bo’yicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Xorijiy kreditlar va grantlar mablag’laridan yanada samarali foydalanish,
mamlakatimizdagi va chet ellik mahsulot yetkazib beruvchilar o’rtasidagi
raqobatni rivojlantirish, mahsulot yetkazib berishga kichik va o’rta tadbirkorlik
subyektlarini keng jalb qilish, xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va
asbob-uskunalarni xarid qilish yuzasidan tender savdolari tashkil etish va o’tkazish
tizimini
takomillashtirish
maqsadida
2000-yil
21-noyabrda
Vazirlar
Mahkamasining 456-sonli “Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish
chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori qabul qilindi. Qarorda keltirilishicha, Davlat
budjeti, budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg’armalari, O’zbekiston
Respublikasi Prezidenti yoki Hukumatining qarorlariga muvofiq tashkil etilgan
davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa budjetdan tashqari jamg’armalar hamda
donor mamlakatlar, xalqaro, xorijiy hukumat va nohukumat tashkilotlar bilan
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumati tomonidan tuzilgan
shartnomalar doirasida beriladigan xorijiy grantlar mablag’lari, shuningdek
O’zbekiston Respublikasi kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar hisobiga
moliyalashtiriladigan va bitta kontrakt bo'yicha qiymati 100 ming AQSh dollariga
teng miqdordan ortiq bo’lgan import qilinadigan va mamlakatimizda ishlab
chiqarilgan xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar tender
asosida xarid qilinadi. Shuningdek, xorijiy yetkazib beruvchilar bilan tuziladigan
tender kontraktlari bo’yicha yuklar tashilishini ta’minlaydigan transport-
ekspeditorlik kompaniyalari tender asosida tanlanadi.
Davlat xaridlarining tarkibiy qismi hisoblangan kapital qurilish obyektlari
xaridini amalga oshirish mexanizmini o’zida aks etgan huquqiy normativ sifatida
2003 yilning 3 iyuldagi Vazirlar Mahkamasining 302-sonli “Kapital qurilishda
tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” Qarorini
keltirishimiz mumkin. Mazkur Qarorga ko’ra iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida
va ijtimoiy sohada amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari doirasida tovarlar,
ishlar va xizmatlarni xarid qilishni amalga oshirishda bitta kontrakt bo’yicha 5,0
mln AQSh dollaridan ortiq ekvivalentdagi summadagi kapital qurilish bilan bog’liq
bo’lgan tovarlar, ishlar va xizmatlar xarid qilishni amalga oshirishda tanlov
savdolari o’tkaziladi. Bundan tashqari xorijiy pudrat tashkilotlari tomonidan
amalga oshiriladigan va erkin muomaladagi valyutada haq to’lanadigan xorijiy
kreditlar va grantlar hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga
oshirishda, ishlar (xizmatlar) qiymatining 50% miqdorida ishlar (xizmatlar)ni
bajarish uchun O’zbekiston Respublikasining xo’jalik yurituvchi subyektlari –
rezidentlari ishtirok etishi shartlari kiritiladi.
Mamlakatimizda butun davlat xaridi mexanizmini qamrab oladigan yagona
“Davlat xaridi to’g’risida”gi Qonun qabul qilinmagan. Ammo shunday bo’lsa ham,
davlat xaridi jarayoni va uni to’g’ri tashkil etishga qaratilgan islohotlarni amalga
oshirish uchun ko’pgina qonun hujjatlari qabul qilingan. Bu borada
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan ko’zlangan maqsad, nafaqat
davlat mablag’laridan foydalanishning samarali hisob va nazoratini tashkil etish,
balki davlat buyurtmachilarining shartnomaviy-huquqiy intizomga rioya etish
darajasini oshirish ham ko’zda tutilgan.
O’zbekistonda davlat xaridini tashkil etishning huquqiy asoslarini
takomillashtirishga, xususan, “Davlat xaridi to’g’risida”gi Qonunni qabul
qilishning dolzarbligi quyidagi holatlar bilan izohlanadi:
davlat xaridini tashkil etishda ma’lumotlar shaffofligini ta’minlash;
davlat xaridini amalga oshiruvchi davlat sub’ektlarini vakolatlarini tartibga
solish;
xaridni rejalashtirish va tartibga solish;
mol etkazib beruvchilarni huquqiy himoyasini ta’minlash;
tender asosida savdolarda xarid mexanizmalarini tartibga solish va shu kabi
boshqa muammolar.
“Davlat xaridi to’g’risida” Qonunning qabul qilinishi bilan quyidagi dolzarb
masalalarni huquqiy tartibga solish imkoniyati yuzaga keladi:
O’zbekiston Respublikasida davlat xaridini amalga oshirishning yagona
huquqiy asosini shakllantirish;
tartibga solish sohasini aniq belgilab olish;
hukumat va davlat boshqaruv organlarining huquqiy vakolatlarini aniq
tartibga solish;
xarid turlari va uni tashkil etishning barcha jarayonlarini tartibga solish;
davlat buyurtmachilarining vakolatlari va majburiyatlarini aniqlashtirish;
xarid usuli, qaror qabul qilish, u yoki bu mexanizmni tanlash shartlarini
aniqlashtirish;
davlat buyurtmachisining shartnoma muddatlari va moliyalashtirishni o’z
vaqtida amalga oshirmagan hollardagi majburiyatlarini tartibga solish;
shartnomalarni tuzish shartlarini, shuningdek, shartnomada aks ettirilishi
lozim bo’lgan majburiy me’yorlar, shartlar va yo’riqlarni o’rnatish;
tender g’olibi bilan qaysi hollarda shartnoma bekor qilinishi tartiblarini
belgilash;
xarid etuvchining vakolatli organlar oldidagi mas’uliyati, va ayrim hollarda,
jamoat oldida hisob berishini tartibga solish va boshqa shu kabi holatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |