Hozirgi paytda Respublikada quyidagi qishloq xo’jalik mahsulotlari davlat
xaridining ob’ektlari sanaladi: paxta xom-ashyosi, g’alla, sholi va ipak pillasi
etishtirish.
Paxta hamda g’alla sotish va sotib olish sohasida hukumat nazorati saqlanib
qolgan bo’lsada, hukumat, keyingi yillarda ushbu mahsulotlarni davlat xaridi
baholarini sezilarli darajada oshirdi va ushbu mahsulotlarni muqobil sotish yo’llari
kengaytirildi.
Respublikada har yili paxta yig’ish mavsumi oldidan paxta xom-ashyosining
davlat sotib olish baholari belgilanadi. 2001 yilgacha ushbu baholar Moliya
vazirligi tomonidan, 2001 yildan boshlab esa, Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlanadi.
Paxta tolasining ulgurji baholari har yili, odatda avgust oyida, Moliya
vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Fermer xo’jaliklarini moliyaviy qo’llab-
quvvatlash uchun har yili davlat tomonidan yirik miqdordagi mablag’lar va
ajratmalar (assignovaniya) ajratiladi.
1998 yil 31 dekabrda “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq
xo’jalik mahsulotlarining hisob-kitob jamg’armasini tashkil etish to’g’risida”
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-2165-sonli Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan
davlat ehtiyojlari uchun etkazib berilgan mahsulotlarga o’z vaqtida hisob-kitob
qilinishini ta’minlash maqsadidaO’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzurida davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo’jalik
mahsulotlarining hisob-kitob Jamg’armasi tashkil etildi.
Jamg’arma zimmasiga quyidagi vazifalari quyidagilar etib belgilandi:
davlat ehtiyojlari uchun etishtiriladigan hamda etkazib beriladigan
qishloq xo’jaligi mahsulotlari hisob-kitobini o’z
vaqtida moliyalash;
davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo’jaligi
mahsulotlarining hisob-kitobi uchun ajratiladigan mablag’lardan maqsadli
foydalanilishini nazorat qilish.
xarid qilinadigan mahsulot uchun hisob-kitoblarni ta’minlaydigan
barcha bo’g’inlar — O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, banklar,
tayyorlov tashkilotlari hamda qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilari
faoliyatini muvofiqlashtirish.
Quyidagilar Jamg’armani shakllantirishning asosiy manbalari etib belgilandi:
paxta tolasini eksport qilish bo’yicha forvard shartnomalaridan
tushadigan bo’nak to’lovlari hamda ular yuzasidan uzil-kesil hisob-kitoblar
bo’yicha tushadigan mablag’lar;
davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan mahsulotlarni qayta
baholashdan hosil bo’ladigan mablag’lar;
monitoring qishloq xo’jaligi korxonalariga xizmat ko’rsatuvchi tijorat banklari
zimmasiga yuklatiladi.
Kreditlar tegishli qishloq xo’jalik mahsuloti bo’yicha qishloq xo’jalik
korxonalari bilan yakuniy hisob-kitoblar yakunlanguncha, lekin g’alla etishtirishni
moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar bo’yicha 12 oydan va paxta xom ashyosi
etishtirishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlar bo’yicha 18 oydan ko’p
bo’lmagan muddatga, qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz beriladi.
Qishloq xo’jaligi korxonalarini kreditlash bank marjasini hisobga
olgan holda,
imtiyozli foiz stavkasi bilan amalga oshiriladi.
Bu kreditlar bo’yicha imtiyozli foiz stavkasi g’alla hosilini etishtirish
xarajatlari uchun yillik 5 foiz, paxta hosilini etishtirish xarajatlari uchun yillik 3
foiz
miqdorida belgilanib, ularning 2 foizi bank marjasini tashkil etadi.
Kredit qishloq xo’jaligi korxonasiga uning asosiy talab qilib olinguncha
depozit hisob raqami ochgan va unga xizmat ko’rsatayotgan bank tomonidan
beriladi. Ushbu kreditlarni ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisob raqami
ochilgan bank tomonidan berilishiga ruxsat berilmaydi.
Oldingi yillarda ajratilgan imtiyozli kreditlar to’liq so’ndirilgandan so’ng
joriy yil hosili uchun imtiyozli kreditlar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: