tasdiqlagani alohida qayd etildi. Nufuzli Jahon iqtisodiy forumi reytingiga muvofiq
O’zbekiston 2014-2015 yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016-2017 yillarda
iqtisodiy o’sish prognozlari bo’yicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta
mamlakat qatoridan joy olgan. 2015 yil yakunlari bo’yicha mamlakatning yalpi
ichki mahsuloti 8 foizga,sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foizga,
qishloq xo’jaligi mahsulotlari qariyb 7 foiz, qurilish-montaj ishlari hajmi salkam
18 foizga oshdi. Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz
miqdorida profitsit bilan ijro etildi. Tashqi savdo aylanmasida ijobiy saldo
ta’minlandi. Inflyatsiya darajasi prognoz ko’rsatkichlaridan oshmadi”
1
.
Albatta, iqtisodiyotda erishilgan marralarni yanada mustahkamlash,
istiqbolga mo’ljallangan uzoq muddatli maqsadlar va amalga oshirilayotgan
islohotlar samaradorligini ta’minlashda ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida
bo’lgani kabi moliya tizimida ham chuqur o’zgarishlarga erishish - bugungi
kunning asosiy talablaridandir. Moliya tizimidagi islohotlarning mazmuni esa
mamlakat byudjeti barqarorligini ta’minlash, byudjet mablag’larini oqilona
shakllantirish va ulardan samarali, tejamkorlik asosida foydalanishga qaratilgan.
Zero, muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, «Davlat
byudjetining samarali ijrosi, byudjet intizomini yaxshilash davlat moliyasini
sog’lomlashtirishning, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini moliyaviy
ta’minlashning muhim omili bo’lib qolaveradi»
2
.
Ta’kidlash joizki, davlat moliyasini isloh qilish yuzasidan olib borilayotgan
o’zgarishlarning markazida davlat byudjetining shakllanishi va uning
mablag’laridan yanada samarali foydalanish, byudjet taqchilligi o’sishiga ta’sir
etuvchi omillarning oldini olish, shu bilan birga byudjet mablag’laridan
foydalanish jarayonida byudjet intizomlariga rioya etilishini ta’minlash va bunda
byudjet mablag’laridan tejamkorlik asosida maqsadli va oqilona foydalanish,
qolaversa, samarali davlat xaridi tizimini shakllantirish orqali davlat byudjetining
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ahamiyatini oshirish masalalari turadi.
Byudjet mablag’laridan oqilona foydalanishga samarali davlat xaridi tizimini
shakllantirmasdan turib erishib bo’lmaydi. Ma’lumki, davlat byudjeti mablag’larining
katta qismi byudjet tashkilotlari va byudjetdan mablag’ oluvchilarning tasdiqlangan
ehtiyojlarini tovar, ish, xizmatlar bilan ta’minlashga sarflanadi.
Davlat byudjeti iqtisodiyot rivojlanishining turli boqichlarida byudjet siyosatini
amalga oshirish quroli, mo’ljallangan dasturlar va tadbirlarni amalga oshirish uchun
pul mablag’larining asosiy manbai hisoblanadi. Shu bois, byudjet mablag’laridan
Do'stlaringiz bilan baham: