1. Ochiq tanlov. Ochiq tanlov deganda shunday tanlov turi tushuniladiki, bunda
buyurtmachi tomonidan xarid to’g’risidagi ma’lumot va kerakli tanlov hujjatlari yagona
informatsion tizimda chegaralanmagan miqdordagi shaxslar uchun joylashtiriladi va xarid
ishtirokchilariga yagona talablar qo’yiladi.
Raqobatbardosh xaridlarning asosiy usuli ochiq tanlov bo’lib, bunda tanlov
o’tkazilishi to’g’risidagi xabarnomani olgan har qanday mol yetkazib beruvchi
tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Tanlov g’olibi bo’lib, shartnomani bajarish uchun eng yaxshi shartlarni
taklif qilgan shaxs hisoblanadi. Odatda, bu tanlovda juda katta hajmdagi hujjatlar
talab etiladi.