3
KIRISH
Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi.
O‘zbekiston Respublikasida
amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar iqtisodiyotning barcha
tarmoqlari va sohalarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish orqali uzoq
muddatli barqaror iqtisodiy o‘sishni ta‘minlash va shu asosda mamlakatimiz
hududida istiqomat qilayotgan kishilar turmush farovonligini muttasil yaxshilab
borishga qaratilgan.
Jahon xo‘jalik tizimida globallashuv jarayonlari chuqurlashib borayotgan
va respublikamizda ochiq iqtisodiyot asoslari shakllantirilayotgan bugungi
kunda samarali investitsiya siyosatini yuritish, ishlab chiqarish obektlarini
tubdan modernizatsiya qilish orqali eksport hajmini oshirish hamda
raqobatbardosh tovar va hizmatlarni jahon bozoriga chiqarish, milliy
iqtisodiyotga kirib kelayotgan investitsiyalar oqimini kengaytirish va investorlar
faoliyatini rag‘batlantirish uchun qulay huquqiy va me‘yoriy shart-sharoitlarni
barpo etish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar samaradorligini izchil oshirib
borish mazkur maqsadga erishishning eng muhim omillaridan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta‘kidlaganidek, ―Biz
oddiy bir haqiqatni doimo esda tutishimiz darkor. Yani, sarmoyasiz taraqqiyot
yo‘q, ishlab chiqarishni va umuman, mamlakatimizni modernizatsiya qilish,
texnik va texnologik yangilashni investitsiyalarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.‖
1
Bundan tashqari davolash muassasalari va poliklinikalarda, davlat
tomonidan kafolatlangan, aholini dori-darmon vositalari bilan ta‘minlashga
bog‘liq bo‘lgan ko‘p muammolar paydo bo‘lmoqda. Ushbu muammolarning
echimi, Respublikamiz farmatsevtika sohasini yanada rivojlantirish
imkoniyatlarini kengaytirigan holda, aholini ijtimoiy-iqtisodiy himoyasini
ta‘minlash darajasini oshiradi.
Shu bois farmatsevtika xom-ashyolari va dori-darmon vositalarini
bozorga kerakli miqdorda etkazib berilishini ta‘minlashdan tashqari, uni ishlab
1
I.A.Karimovning 2014 yil yuqori o‘sish sur‘atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar
etish, o‘zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo‘ladi./-Toshkent:O‘zbekiston, 2014-64b
4
chiqarish, qayta ishlash, iste‘molchilarga o‘z vaqtida yetkazib berish, sotuvni
tashkil etish alohida ahamiyatga ega. Ta‘kidlash lozimki, O‘zbekiston
farmatsevtika bozorini mahsulotlar bilan ta‘minlanishida iqtisodiy xavfsizlikni
ta‘minlovchi o‘zaro bog‘liq, barqaror tizimga integratsiyalashtiruvchi jarayonni
shakllantirish ob‘yektiv zaruratga aylanmoqda.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, ohirgi yillarda respublikamizda
investitsiya siyosatini takomillashtirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etish
bo‘yicha qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.
Jalb etilgan xorijiy investitsiyalarning asosiy qismi real sektorga, yani
ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirishga va texnik- texnologik qayta
qurollantirishga yo‘naltirildi. Xorijiy investitsiyalarni keng miqyosda jalb etish
natijasida mamlakatimizning eksport salohiyati sezilarli darajada oshdi, ko‘plab
yangi ish o‘rinlari yaratildi, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari
faoliyatining samaradorligi ortdi.
Shu bilan birga investitsiyalarni jalb etish va ularning samaradorligini
oshirish bo‘yicha hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar ham talaygina. Xususan,
jalb etilgan investitsiyalar hajmi iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni
amalga oshirish uchun etarli bo‘lmayapti, shuningdek, xorijiy investitsiyalar
katta qismining bir nechta mintaqalarda to‘planib qolganligi respublikamiz
mintaqalarida
mavjud
tabiiy-iqtisodiy
salohiyatdan
to‘liq foydalanish
imkoniyatlarini cheklab qo‘ymoqda.
Shu munosabat bilan respublikamizda qulay makroiqtisodiy shart-sharoitlar
barpo etish, xorijiy investitsiyalar jalb etish samaradorligini oshirish bo‘yicha
ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega
bo‘lib, mazkur bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: