Moliyaviy oqimlar Moliyaviy bozorlar
Moliyaviy resurslari defitsit bo’lgan iqtisodiy subyektlar
Moliyaviy resurslari ortiqcha bo’lgan iqtisodiy subyektlar
Moliyaviy vositachilar
investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarda ehtiyojlaridan daromadlari ko‘proq firmalarni ortiq mablag‘ga ega bo‘lgan subyektlar deb ataydilar;
kelgusidagi sarmoyalar uchun resursi yetishmaydigan firmalar resurslari defitsit bo‘lgan subyektlar deb ataladi.
3. Moliyaviy tizim funksiyalari
Turli mamlakatlar moliyaviy institutlari bir-biridan farqlanishining bir qator sabablari mavjud
Ular qatoriga
har xil o‘lchamlar;
texnologiyalarning murakkablik yoki oddiylik darajasi;
davlatlarning siyosiy, madaniy tarixiy rivojlanishidagi farqlar kiradi.
Bundan tashqari, moliyaviy institutlar vaqtning o‘tishi bilan bir holatdan boshqa holatga o‘tib turadi. Muassasaning nomi oldingiday o‘zgarmay qolishiga qaramasdan, ularning bajaradigan funksiyalari o‘zgarishi mumkin.
AQShdagi zamonaviy banklar ushbu mamlakatda 1920- yoki 1968-yillarda bo‘lgan banklardan katta farq qiladi va shuningdek, Germaniya yoki Buyuk Britaniyada banklar ham bundan 50 yil oldingisidan tubdan farqlanadi. Sho‘rolar davrida O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan banklar bilan undagi hozirgi banklar o‘rtasida ham juda katta farqlar mavjud.
Bunday yondoshuvning asosi shuki, mo‘ljal sifatida moliyaviy institutlarning o‘z-o‘zlari emas, balki ularning funksiyalari olingan. Tahlilning bunday uslubini biz funksional yondoshuv deb ataymiz. Ushbu yondashuv quyidagi ikki shartga asoslangan:
moliyaviy tizim funksiyalari uning institutlariga qaraganda ko‘proq barqarorlik xarakteriga ega. Bu funksiyalar vaqtning oqimiga bog‘liq ravishda kamroq darajada o‘zgaradi va barcha mamlakatlarda uncha katta farqlanmaydi.
moliyaviy tizim funksiyalari uning institutlariga qaraganda ko‘proq barqarorlik xarakteriga ega. Bu funksiyalar vaqtning oqimiga bog‘liq ravishda kamroq darajada o‘zgaradi va barcha mamlakatlarda uncha katta farqlanmaydi.
moliyaviy institutlar shakli mantiqan ularning funksiyalaridan kelib chiqadi. Moliya sohasidagi innovatsiya va institutlar o‘rtasidagi raqobat oxir-oqibat moliyaviy tizim faoliyati samaradorligining oshishiga olib keladi.
Resurslarni vaqt va makonda joylashtirish
Riskni boshqarish
Hisob-kitob to’lov tizimi