Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/346
Sana22.04.2022
Hajmi13,85 Mb.
#573232
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   346
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

7.4.
 
Byudjetlararo munosabatlarning jahon tajribalari 
Aksariyat etakchi tadqiqotchilarning fikricha, soliq vakolatlarining hukumatning 
turli bo‗g‗inlari o‗rtasida taqsimlanishi byudjetlararo munosabatlarni tashkil etishda 
muhim o‗rin egallaydi. Shuni ta‘kidlash joizki, daromadlarning davlat hokimiyatining 
turli bo‗g‗inlari o‗rtasida taqsimlanishi xarajat vakolatlarini nomarkazlashtirish 
tamoyilidan kelib chiqadi hamda mos ravishda, hududiy va mahalliy hukumat 
organlarining funksiyalarini (ma‘muriy-hududiy birliklar aholisiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
davlat xizmatlarini ko‗rsatishni) kengaytirish orqali amalga oshiriladi. Bunda 
hukumatning turli bo‗g‗inlari o‗rtasida soliqli daromadlarning ma‘lum turlarini to‗liq 
biriktirib qo‗yish bilan muammo hal etilmaydi. Aksariyat hollarda, soliqli daromadlarni 
va soliq vakolatlarini biriktirishning turli sxemalari mavjudligi va uni tadbiq etish 
muammoning echimi bo‗lishi mumkin. 
Soliq vakolatlarini hukumatning markaziy va mahalliy organlari o‗rtasida 
taqsimlash muammosini hal qilish bo‗yicha ikki xil yondoshuvni kuzatish mumkin: 
soliq vakolatini taqsimlashning an‘anaviy modeliga ko‗ra, mahalliy hukumat 
organlarining o‗z (ya‘ni, ma‘lum hudud darajasida tartibga solinadigan) soliq bazasi, 
huddi shu an‘anaviy model asosida amalga oshirilishi zarur bo‗lgan xarajat 
majburiyatlaridan doimo kichik. Bunday nomuvofiklik natijasida byudjet tizimida 
yuzaga 
keladigan 
nomutanosiblikni 
byudjetlararo 
hisob-kitoblar 
yordamida 
tenglashtirish zaruriyati paydo bo‗ladi. An‘anaviy tahlil doirasida ta‘kidlanishicha, 
hududiy darajaga ko‗plab soliq vakolatlarining berilishi hududlar o‗rtasida resurslar 
taqsimotida nomutanosiblikni kuchaytiradi. Soliq vakolatlarini samarali taqsimlashning 
asosiy maqsadi ham bunday nomutanosibliklarni minimallashtirish hisoblanadi. 
Shuningdek, ushbu holatda, byudjetlararo transfertlarni tartibga soladigan tizimga katta 
e‘tibor karatiladi. Agar mamlakat bo‗yicha soliq bazasi nomutanosib tarzda 
taqsimlangan bo‗lsa, unda soliqqa tortish vakolati markaziy hukumatga tegishli bo‗lishi 
lozim.
Byudjetlararo munosabatlarda, nafaqat respublika byudjetining mahalliy 
byudjetlar bilan munosabatlari, balki hududiy byudjetlarning ham mahalliy byudjetlar 
bilan 
munosabatlari 
o‗rtasida yuzaga chiqadigan muammolar etarlicha 
o‗rganilmaganligi namoyon bo‗ladi.
Bizning fikrimizcha, byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirishda asosiy 
e‘tiborni hududlarning iqtisodiy holatini yaxshilash va shu asosda ular byudjet 
potentsialini mustahkamlashga qaratish kerak. Shundagina byudjetlararo pul oqimlarini 
minimallashtirishga erishiladi. 
Ma‘lumki, byudjetlararo munosabatlarni tashkil etish mamlakatdagi davlat 
qurilishi bilan bevosita bog‗liq. Unitar davlatlarga byudjet resurslari markazlashish 
darajasining yuqori bo‗lishi hamda mahalliy byudjetlar byudjet huquqi va 
majburiyatlari hajmining nisbatan past bo‗lishi xosdir. Federativ asosdagi davlat 
qurilishiga ega davlatlarda esa byudjetlararo munosabatlar byudjet federalizmining bir 
qismi hisoblanadiki, u vakolatlar va javobgarlikni byudjet tizimi bo‗g‗inlari o‗rtasida 
mutanosib taqsimlashni, turli darajadagi byudjetlarning nisbatan mustaqilligini nazarda 
tutadi. Hozirgi kunda o‗tish iqtisodiyotidagi xoh federativ, xoh unitar davlat qurilishiga 


74 
ega bo‗lgan ko‗pchilik mamlakatlarda byudjetlararo munosabatlar islohotlari 
byudjetlarning nomarkazlashuvi doirasida amalga oshirilmoqda. Nomarkazlashuv – 
islohotlarning so‗nggi maqsadi emas. U faqat aholining ehtiyojlariga muvofiq tarzda 
samarali ijtimoiy xizmatlarni ularga etkazishning ta‘sirchan usulidir. 
Rivojlangan davlatlarda alohida elementlari o‗zgarib turadigan byudjetlar 
o‗rtasidagi munosabatlar tizimi allaqachon ishlab chiqilgan. O‗tish iqtisodiyotiga xos 
bo‗lgan davlatlar uchun islohotlarni o‗tkazish va byudjetlar o‗rtasidagi munosabatlarni 
qurishga yangi tamoyillar va sharoitlarda olib borish xarakterlidir. O‗tish iqtisodiyotiga 
xos bo‗lgan ko‗pgina davlatlarning byudjetlar o‗rtasidagi munosabatlarni isloh qilishda 
ilgarilab ketishi, ularning tajribasini o‗rganish, xatolarini tahlil qilish va O‗zbekiston 
uchun saboq bo‗ladigan jihatlarini topish vazifasini oldimizga qo‗yadi. 
Jahon tajribasi shuni ko‗rsatadiki, byudjetlararo munosabatlar muammolarini hal 
qilishda quyidagi uchta masala ko‗ndalang qo‗yiladi: 
-
turli darajadagi byudjetlar o‗rtasida daromadlarni taqsimlash; 
-
byudjetlar o‗rtasida xarajatlarni moliyalashtirishdagi vakolatlarni chegaralash; 
-
bir pog‗onadagi byudjetdan boshqasiga mablag‗larni turli shakllarda qayta 
taqsimlashga asoslangan byudjetni boshqarish va tartibga solish. 
Jahon amaliyotida soliq vakolatlarini taqsimlashning quyidagi modellari keng 
qo‗llaniladi: 
-
soliq solish manbalarini taqsimlash va ulardan alohida-alohida foydalanish; 
-
soliq solish bazasidan birgalikda foydalanish; 
-
olingan soliqli daromadlarni markaziy va mahalliy hukumatlar o‗rtasida bo‗lib 
olish.
Tartibga soluvchi soliqlarning normativlar asosida taqsimlash muammosi 
O‗zbekiston Respublikasi uchun ham dolzarb muammolardan hisoblanadi. Byudjetlar 
o‗rtasidagi munosabatlarni isloh qilishni amalga oshirayotgan ko‗pchilik davlatlar 
tajribalarining ko‗rsatishicha, tabaqalashgan va har yilda o‗zgaradigan me‘yorlardan 
barqaror me‘yorlarga o‗tishga intilish kuchli. Barqaror me‘yorlar Sharqiy Evropa 
mamlakatlarida qo‗llaniladi. Islohotlar doirasida Rossiya, Qozog‗iston va Qirg‗iziston 
ham byudjetlararo munosabatlarda barqaror me‘yorlarni qo‗llab kelmoqda. Bu holat 
shu bilan izohlanadiki, me‘yorlarning har yili o‗zgarib turishi mahalliy byudjetlar 
tomonidan o‗z daromadlarini prognoz qilishni qiyinlashtiradi va ularning daromad 
qismining barqarorligiga putur etkazadi. Soliqlar bo‗yicha me‘yorlar Moliya vazirligi 
va viloyat boshqaruv organlari o‗rtasidagi muvofiqlashtiruv, kelishuvlar asosida 
o‗rnatilishi bois alohida olingan mintaqalarga subyektiv tarzda yondoshish ehtimolini 
yuzaga keltiradi. 
Qirg‗izistonda me‘yorlar bo‗yicha uchta asosiy soliq (yuridik shaxslar foydasiga 
solinadigan soliq, jismoniy shaxslarga solinadigan daromad solig‗i va aktsizlar), 
Qozog‗istonda ikkita (foyda solig‗i va aktsizlar) taqsimlanadi. Soliq tushumlari ichida 
eng barqaror balgan QQS to‗lig‗icha respublika byudjetiga o‗tkaziladi va 
subventsiyalar va dotatsiyalar shaklida nisbatan kam ta‘minlangan mintaqalarga qayta 
taqsimlanadi. 
O‗zbekistonda esa ko‗rsatilgan barcha soliqlar bo‗yicha normativlar har yili 
qayta ko‗rib chiqiladi va hududlarning iqtisodiy potentsiali hamda byudjet ta‘minoti 


75 
ko‗rsatkichlariga qarab Prezident Qarori bilan belgilanadi. Normativlarning qat‘iy 
belgilanishining ijobiy tomonlari bilan birgalikda salbiy tomonlari ham mavjud. 
Qo‗shni davlatlarning tajribalarini o‗rganish ular yo‗l qo‗ygan xatolarga yo‗l 
qo‗ymaslik va ular amaliyotidan tegishli xulosalar chiqarishga imkon beradi. 
Birinchidan, Qirg‗iziston va Qozog‗iston tajribalari ko‗rsatishicha, chegaralangan 
me‘yorlarni belgilash moliyaviy resurslarni ma‘lum darajada qayta taqsimlash 
zaruratini tug‗diradi, ya‘ni dastavval respublika byudjetiga soliqdan ajratmalar 
ko‗rinishida mablag‗lar markaziy byudjetga tushadi, so‗ngra barcha mahalliy 
byudjetlarga istisnosiz ravishda subventsiya ko‗rinishida mablag‗lar taqsimlanadi. 
Tabiiyki, bunday hol qarama-qarshi moliyaviy resurslar oqimining ko‗payishiga olib 
keladi, 
bu 
esa 
moliya 
tizimidagi 
munosabatlarning 
sezilarli 
darajada 
murakkablashuviga olib keladi.
Ikkinchidan, yagona me‘yor miqdorini belgilash masalasi ham muammoligicha 
qolmoqda. Masalan, Qirg‗izistonda 35 foizli me‘yorni belgilash Bishkek tomonidan 
tartibga solinadigan soliqlarning 65 foizini respublika byudjetiga o‗tkazgani xolda, 
respublika byudjetidan subventsiyalar va toifalashtirilgan grantlarni olish vaziyatini 
vujudga keltiradi. Shu sababli hozirgi vaqtda mazkur mintaqa uchun belgilangan 
me‘yorlarni o‗zgartirish masalasi turmoqda. 
Qozog‗istonda ham belgilangan 50 foiz me‘yorlarda alohida olingan 
mintaqalarning daromadlari ularning xarajatlaridan ortib ketmoqda. Shu sababli 
mahalliy byudjetlar daromadlarining xarajatlardan oshib ketishi hollarida byudjet 
tomonidan ushbu farqni qaytarib olish ko‗zda tutilgan, ya‘ni ular qonun hujjatlarida 
belgilangan summalar chegarasida Ostona va Olma-ota shaharlari byudjeti va viloyatlar 
byudjetlari tomonidan respublika byudjetiga o‗tkaziladi hamda Maslahatlar
1
qarorlarida 
belgilangan summalar chegarasida tumanlar va shaharlar byudjetlaridan viloyat 
byudjetiga rasmiy transfertlar shaklida o‗tkazib beriladi. 
Sharqiy Yevropaning alohida olingan mamlakatlarida shunga o‗xshash oqibatlar 
oldindan hisobga olingan bo‗lib, mahalliy va umumdavlat (tartibga solinuvchi) 
soliqlarining zaruriy qismi hisobiga eng ko‗p ta‘minlangan mintaqalarning xarajatlarini 
qoplash imkoniyatlaridan kelib chiqqan holdagi me‘yorlar darajalari o‗rnatilgan. 
Bunday yondoshuv ushbu mintaqa uchun moliyaviy resurslarning o‗zaro oqimlari 
paydo bo‗lishining oldini oladi.
Me‘yorlar asosida soliqlarni byudjetlar o‗rtasida taqsimlash avvalambor 
rejalashtirilgan soliq ko‗rsatkichlariga taalluqlidir. Biroq, mahalliy byudjetlarning 
daromad bazalarini mustahkamlashni rag‗batlantirish, ularning soliq bo‗yicha 
tushumlarini 
ko‗paytirish 
nuqtai 
nazaridan, 
rejalashtirilgan 
soliq bo‗yicha 
tushumlaridan ortiqcha tushumlarni taqsimlash mexanizmi ham muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Shunday 
mexanizm 
Qirg‗iziston 
Respublikasida 
qo‗llanilmoqda. 
Rejalashtirilgandan ortiqcha olinadigan soliq tushumlari uchun me‘yor 75 foizni tashkil 
qiladi, ya‘ni rejalashtirilgandan ortiq yig‗iladigan barcha soliqlardan 75 foizi mahalliy 
byudjetlar ixtiyorida qoldiriladi, bu esa o‗z navbatida ular uchun soliqlarni yig‗ishga 
qiziqishini yanada kuchaytiradi. 

1
Qozog‘istonda mahalliy hukumat ijroiya organlari 




76 
Jahon tajribasining ko‗rsatishicha, byudjet transfertlarini taqsimlash anchagina 
murakkab masala hisoblanadi. Agar transfertlar markaziy hukumatning faqatgina 
makroiqtisodiy maqsadlariga ko‗ra belgilanganda edi, unga nisbatan diskriminatsion 
yondoshish maqsadga muvofiq bo‗lar edi. Biroq, byudjet tiniqligini ta‘minlash uchun 
mahalliy hokimiyat organlariga o‗z byudjet operatsiyalarini rejalashtirish va markaziy 
hukumatning siyosiy maqsadlarini oydinlashtirish imkonini beruvchi me‘yorlashtirilgan 
hisob-kitoblar kerak bo‗ladi. 
O‗tish davri iqtisodiyotiga xos bo‗lgan ko‗pchilik mamlakatlarda transfertlarning 
jamlangan hajmi markaziy hukumat tomonidan belgilanadi. Vengriyada u har yili 
byudjet jarayoni doirasida hisoblanadi va markaziy hukumat tomonidan olib 
borilayotgan byudjet cheklashlari qattiq siyosatiga bog‗liq bo‗ladi. Xuddi shunday 
vaziyat Polshada ham kuzatiladi. U erda transfertlarning hajmi nisbatan tiniq va 
oldindan taxmin qilish mumkin bo‗lib, u formula yordamida hisoblanadi. O‗tish 
iqtisodiyotini boshqa mamlakatlarda (Bolgariya, Latviya, Litva, Gruziya, Qirg‗iziston, 
Rossiya) axborot tomondan kengroq ochiqlik va byudjetlar o‗rtasidagi transfertlarni 
taqsimlashning asoslanganligini ta‘minlash bo‗yicha choralar qabul qilingan. 
Jahon banki mutaxassislari tomonidan keltirilgan aniq formulalarning tahlili 
ko‗rsatishicha, ularning har biri tuzatishlar kiritilishini talab qiladi va undan so‗ng ular 
yanada samaraliroq bo‗lishlari mumkin. Bunda ijobiy holat bo‗lib, ushbu formulalar 
ko‗pgina mamlakatlarda xarajatlarning aniq darajalarining tegishli ko‗rsatkichlarini, 
ya‘ni aholining soni va yoshi bo‗yicha tarkibini hisobga olishi hisoblanadi. Ikkita 
mamlakatda (Latviya, Litva) esa ba‘zi bir holatlarda gorizontal tenglashtirish ham 
hisobga olinadi. 
O‗tish iqtisodiyotiga xos bo‗lgan ko‗pgina mamlakatlarda mablag‗ jalb qilish 
amaliyoti submilliy va mahalliy darajalarda o‗z rivojini topdi. Mablag‗ jalb qilishlar bir 
qancha manbalardan, jumladan yuqori darajadagi byudjetlardan, submilliy va milliy 
moliya institutlaridan hamda xususiy kapital bozoridan amalga oshiriladi. Bunda, 
mablag‗ jalb qilishlar zayomlar yoki obligatsiyalarni chiqarish shaklida amalga 
oshiriladi. Ushbu mamlakatlardagi mablag‗ jalb qilish amaliyotini kuzatish, har bir 
mamlakat bo‗yicha ushbu instrumentni rivojlanish darajasi sezilarli darajada 
o‗zgaruvchan bo‗lib, u ushbu mamlakatlardagi byudjetlar o‗rtasidagi munosabatlarni 
isloh qilish elementlariga mos keladi.
Shunday qilib, turli mamlakatlar tajribalarini umumlashtirish byudjetlararo 
munosabatlarning tashkil qilinishiga turlicha yondoshuvlar mavjudligidan dalolat 
beradi va O‗zbekiston byudjetlararo munosabatlarini takomillashtirish borasida qator 
saboqlar olishga imkon beradi: 

Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish