Toshkent moliya instituti "moliya" kafedrasi "davlat byudjeti"


Byudjetlararo munosabatlarning shakllari



Download 13,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/346
Sana22.04.2022
Hajmi13,85 Mb.
#573232
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   346
Bog'liq
Davlat byudjeti ouq 2018

7.2. Byudjetlararo munosabatlarning shakllari 
7.3. Byudjet tizimi bo„g„inlari daromadliligini tartibga solishda 
byudjetlararo munosabatlarning ahamiyati 
7.4. Byudjetlararo munosabatlarning jahon tajribalari 
 
Tayanch so„z va iboralar:
byudjetlararo munosabatlar; respublika 
byudjeti; 
Qoraqalpog„iston 
Respublikasining 
respublika 
byudjeti; 
viloyatlarning viloyat byudjetlari; Toshkent shahrining shahar byudjeti; 
byudjetlararo transfertlar; subventsiyalar, o„tkazib beriladigan daromadlar, 
dotatsiyalar, byudjet ssudasi va o„zaro hisob-kitoblar bo„yicha mablag„lar.
 
 
7.1.
 
Byudjetlararo munosabatlar to„g„risida tushuncha 
Barcha mamlakatlarda ularning geografik joylashuvi, tarmoqlarning turli 
darajada rivojlanishi va boshqa omillar sababli mintaqalar ishlab chiqarish, daromad va 
ijtimoiy salohiyatning boshlang‗ich imkoniyatlari bir xilda emas. Biroq davlatning eng 
muhim vazifalaridan biri o‗z fuqarolari farovonligining barqaror o‗sishini ta‘minlash va 
barcha mintaqalarning rivojlanishi uchun bir xil sharoitlar yaratishdir. Bunga esa 
davlatning moliyaviy resurslarini byudjetlararo munosabatlar orqali qayta taqsimlash 
orqali erishiladi. 
O‗zbekiston Respublikasida 2013 yil qabul qilingan ―Byudjet kodeksi‖ning 132-
moddasida Byudjetlararo munosabatlarga quyidagicha yondoshilgan, Byudjetlararo 
munosabatlar O‗zbekiston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‗iston 
Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari, Toshkent 
shahrining shahar byudjeti, tumanlar, shaharlar byudjetlari, shuningdek davlat maqsadli 
jamg‗armalari byudjetlari o‗rtasidagi Kodeks bilan tegishli byudjetlarga biriktirilgan 
xarajatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‗lgan tegishli byudjetlarni moliyaviy 
resurslar bilan ta‘minlashga doir munosabatlardir. 
Byudjet jarayonida: 
O‗zbekiston Respublikasi respublika byudjetining tumanlar va shaharlar 
byudjetlari bilan; 
davlat maqsadli jamg‗armalari byudjetlarining tumanlar va shaharlar byudjetlari 
bilan; 
Qoraqalpog‗iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat 
byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining bir-biri bilan, shuningdek 
boshqa ma‘muriy-hududiy birlikning tumanlari va shaharlari byudjetlari bilan; 
tumanlar va shaharlar byudjetlari o‗rtasida o‗zaro munosabatlariga yo‗l 
qo‗yilmaydi. Byudjetlararo munosabatlarning birmuncha to‗laroq ta‘rifi rus iqtisodchi 


66 
olimlari A.M.Babich va L.N.Pavlova tomonidan tayyorlangan ―Finansi‖ nomli 
darsligida berilgan: ―Byudjetlararo munosabatlar davlat hokimiyat organlari, markaziy 
hokimiyat va mahalliy o‗z-o‗zini boshqarish organlari o‗rtasida byudjetlarni tuzish va 
ijro etish hamda byudjet jarayonini tashkil etish bilan bog‗liq huquq va majburiyatlar, 
vakolatlarning biriktirilishi va chegaralanishiga oid munosabatlar majmuidir‖
1

Ushbu ta‘rifni ham yetarlicha aniq berilgan deb hisoblab bo‗lmaydi, chunki u 
mazkur muammoni hal etishning huquqiy asoslarini ko‗rib chiqish va tayyorlash 
jarayonidagi munosabatlarnigina aks ettiradi. Byudjetning ijro etilishi davomida 
mablag‗larning bir byudjet bo‗g‗inidan boshqasiga yoki bir darajadagi byudjetlar 
o‗rtasidagi haqiqatdagi harakati haqida ushbu ta‘rifda umuman fikr bildirilmagan. 
Byudjetlararo munosabatlar mazmuni va turli adabiyotlarda talqin etilish 
darajasini tahlil etish natijasida shunday xulosa qilish mumkin: byudjetlararo 
munosabatlar sodir bo‗layotgan byudjet tizimi darajalariga ko‗ra ularni byudjet tizimi 
pog‗onalari o‗rtasidagi va bir darajadagi byudjet bo‗g‗inlari o‗rtasidagi munosabatlarga 
bo‗lish mumkin. Demak, ―byudjetlararo munosabatlar‖ tushunchasi, bizning 
fikrimizcha, quyidagilarni o‗z ichiga olmog‗i lozim: 

byudjet jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlarning birmuncha to‗liqroq 
tarkibini; 

davlat 
hokimiyati 
boshqaruv 
organlarining 
o‗zaro (bir darajadagi) 
munosabatlarini; 

quyi byudjet bo‗g‗inlarining respublika byudjeti bilan o‗zaro munosabatlarini; 

moliyaviy yordamning nafaqat yuqoridan quyiga, balki quyi byudjetlardan 
yuqori byudjetlarga ham berilish holatlarini va hokazo. 
Bulardan kelib chiqib, byudjetlararo munosabatlarning iqtisodiy voqelik sifatidagi 
tabiatini tahlil qilish asosida quyidagilarni ta‘kidlash zarur: 

birinchidan, byudjetlararo munosabatlar - keng qamrovli byudjet siyosatini 
markaziy va hududiy darajada amalga oshirish jarayonining ajralmas qismidir; 

ikkinchidan, 
byudjetlararo 
munosabatlar 
byudjet 
siyosatining 
boshqa 
yo‗nalishlariga nisbatan birlamchi ahamiyat kasb etadi; 

uchinchidan, byudjetlararo munosabatlar — nafaqat boshqaruvning turli 
darajalaridagi hokimiyat organlari o‗rtasidagi munosabat, balki eng avvalo, 
mamlakatning ma‘muriy-hududiy tuzilmalari subyektlari o‗rtasida markaz orqali 
shakllangan va davlat hokimiyatiga uning aniq funksiyalarini hududiy darajada 
bajarish, jamiyat taraqqiyoti uchun normal sharoitlarni yaratish maqsadida berilgan 
barcha pul mablag‗larining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi jarayonidagi 
munosabatlardir; 

to‗rtinchidan, hududlardan, joylardan markaziy hokimiyat (respublika 
darajasi)ga mablag‗lar tushib turishining ta‘minlanishi o‗z navbatida ularga davlat 
boshqaruvi bo‗yicha aniq vazifalar va majburiyatlarning bajarilishini talab qilib olish 
huquqini ham beradi, bu holat respublika davlat hokimiyatining o‗z hududlari 
manfaatida yagona va samarali boshqaruvni ta‘minlaydi. Shu bilan birga, respublika 
byudjetidan mahalliy byudjetlarga mablag‗larni ajratilishi mamlakatni markazdan 

1
Babich A. M. Finansi : Uchebnik/ A. M. Babich, L. N.Pavlova. -M.: ID FBK-PRESS, 2000. 




67 
boshqarishda mahalliy byudjetlar zimmasidagi majburiyatlarning bajarilishi uchun 
dastak yaratadi hamda hududlarda ma‘lum mahalliychilik kayfiyatlari yuzaga 
kelishining obyektiv asoslarini bartaraf etadi; 

beshinchidan, byudjetlararo munosabatlar - bu mutlaqo teng ahamiyatli tarzda 
quyidan yuqoriga va yuqoridan quyiga harakatlanuvchi moliyaviy oqimlardir. Ushbu 
munosabatlarsiz turli darajadagi byudjetlarni muvaffaqiyatli shakllantirib bo‗lmas edi. 
Shu sababli ushbu moliyaviy oqimlar mahalliy byudjetlarni shakllantiruvchi ta‘sirchan 
omil hisoblanadi. 
Shunday qilib, byudjetlararo munosabatlarga quyidagicha ta‘rif berishimiz 
mumkin: 
“Byudjetlararo munosabatlar - davlat byudjet mexanizmining muhim 
ajralmas elementi bo„lib, mamlakatning ma‟muriy-hududiy tuzilmalari subyektlari 
o„rtasida markaziy boshqaruvning markazdan turib barcha moliyaviy oqimlarni 
taqsimlash jarayonini oqilona tartibga solishni ta‟minlaydi va bundan tashqari, 
markaziy hukumatning aniq funksiyalarini davlat boshqaruvining turli darajalarida 
huquq va majburiyatlarni o„zaro taqsimlab olish orqali bajarish uchun davlat 
byudjetida jamlangan pul mablag„larining ushbu subyektlar o„rtasida qayta 
taqsimlanishini o„z ichiga oluvchi munosabatlar yig„indisidir”
1


Download 13,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   346




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish