Toshkent moliya instituti moliya-iqtisod



Download 1,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/65
Sana03.04.2021
Hajmi1,26 Mb.
#62655
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65
Bog'liq
pul-kredit siyosatini samarali tashkil etish yollari (1)

                                           

35

 



O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma'lumotlari 

0,2


0,4

0,8


1,1

1,5


2,4

3,0


4,3

5,9


0,0

1,0


2,0

3,0


4,0

5,0


6,0

7,0


20

04

 й



.

20

05



 й

.

20



06

 й

.



20

07

 й



.

20

08



 й

.

20



09

 й

.



20

10

 й



.

20

11



 й

.

20



12

 й

.



2006

 

2007

 

2008

 

2009

 

2010

 

2011

 

2012

 

2013

 

2014

 


37 

 

amalga  oshiriladi.  O'zbekistonda  ham  pul-kredit  siyosatini  amalga  oshirishda, 



shuningdek,  pul  massasini  samarali  tartibga  solishda  ushbu  vositadan  keng 

foydalanib  kelinmoqda.  Davlat  byudjetining  taqchilligini  noinflyatsion  qoplash 

manbasi  bo'lgan  davlat  qisqa  muddatli  obligatsiyalari  (DQMO)  1996  yili  mart 

oyida  muomalaga  chiqarila  boshlandi.  Shu  vaqtdan  boshlab  davlatning  qisqa 

muddatli  obligatsiyalari  bozori  tez  rivojlana  bordi  va  qisqa  muddatda  u  moliya 

bozorining asosiy vositalaridan biriga aylandi. 1996 yildan davlat qisqa muddatli 

obligatsiyalarining(DQMO)  muomalaga  chiqarilishi,  byudjet  taqchilligini 

moliyalashtirishning  noinflyatsiyaviy  manbasi  bo'lib,  1997  yilda  1996  yilga 

nisbatan  byudjet  kamomadini  emissiyaviy  qoplanishini  2  martaga  kamaytirishga 

xizmat  qildi.  Ikkinchi  tomondan  esa,  DQMOlar  tijorat  banklari  uchun 

o'zmablag'larini  risksiz  aktivlarga  yo'naltirish  va  daromad  olish  manbaiga 

aylangan  bo'lsa,  Markaziy  bank  uchun  ochiq  bozordagi  operatsiyalarni  amalga 

oshirish imkonini berdi. 

Ta'kidlash  joizki,  Vazirlar  Maxqamasining  2003  yil  4  fevraldagi  «Pul-

kredit  ko'rsatkichlarini  tartibga  solish  mexaniz-mini  takomillashtirish  chora-

tadbirlari  to'g'risida»gi  63-sonli  Qarori  Markaziy  bank  tomonidan  pul  massasi 

ustidan  yanada  samarali  nazoratni  ta'minlash  imkoniyatlarini  yaratdi.  Mazkur 

qarorga  asosan  pul  agregatlarini  tartibga  solishning  yangi  mexanizmlari  joriy 

etildi.  Xususan,  2005  yilda  pul  massasi  o'sishini  tartibga  solish,  pul  bozorini 

rivojlantirish va monetar siyosatning bozor vositalaridan keng foydalanish hamda 

monetar  siyosat  samaradorligini  oshirish  borasida  muntazam  ravishda  tegishli 

chora-tadbirlar ko'rib borildi. Mazkur qaror talablaridan kelib chiqqan holda, pul 

massasi  o'sishining  choraklik  va  yillik  maqsadli  prognozlarini  ishlab  chiqish 

hamda  ularning  bajarilishi  ustidan  doimiy  monitoring  olib  borish  ishlari  yanada 

kengaytirib  borildi.  Jumladan,  pul  bozoridagi  holat,  xususan,  banklararo  pul 

bozoridagi  depozit  va  kredit  foiz  stavkalarining  hamda  pul  agregatlarining 

o'zgarishi,  ularga  ta'sir  etuvchi  omillar  bo'yicha  doimiy  ravishda  tahlillar  va 

monitoringishlari  olib  borildi.  Mazkur  qaror  asosida,  kassa  rejalarini 

shakllantirish  tizimi  bekor  qilindi.  Pul  massasi  ustidan  samarali  nazoratni 



38 

 

ta'minlash imkonini beruvchi pul agregatlari, bank tizimining likvidligi va pulga 



bo'lgan talabning faktorlar bo'yicha tahlili va dinamikasini modellashtirish hamda 

tijorat banklariniig likvidligini qisqa muddatli tartibga solishning bozor vositalari, 

shu jumladan foiz stavkalari va majburiy zaxiralar normasini boshqarish, valyuta 

depozitlari, davlat qimmatli qog'ozlari va boshqa birinchi darajali aktivlar garovi 

asosida  kreditlar  berish  va  ularni  jalb  qilish  usulidan  keng  foydalanish  ko'zda 

tutildi. 

Markaziy  bank  tomonidan  depozit  operatsiyalarining  «overnayt»  (1  kun 

muddatga), «tom-nekst» (1 kun muddatga, keyingi kundan boshlab), «spot-nekst» 

(1 kun muddatga, 2 kundan so'ng), «1 hafta», «2 hafta» shartlari asosida o'tkazilib 

borildi. Ushbu tadbir tijorat banklaridagi ortiqcha mablag'larni Markaziy bankka 

jalb qilish, muomaladagi pul massasini kamaytirish asosida inflyatsiya sur'atlarini 

yanada pasaytirishga qulay shart-sharoitlar yaratdi. 

Mazkur  vositalarni  bozor  sharoitiga  mos  holda  takomillashtirilishi  tijorat 

banklariniig  likvidligini  boshqarishning  qulay  vositalaridan  biri  sifatida  REPO 

(qimmatli  qog'ozlarni  qaytarib  sotib  olish  sharti  bilan  tuziladigan  oldi-sotdi 

bitimi)  operatsiyalarini  yanada  kengayishiga  hissa  qo'shmoqda.  Shuningdek, 

Markaziy  bank  tomonidan  davlat  qimmatli  qog'ozlar  bozorini  rivojlantirish 

bo'yicha  faol  ishlar  olib  borilmoqda.  Davlatning  o'rta  muddatli  obligatsiyalarini 

joylashtirish bo'yicha doimiy kimoshdi savdolari o'tkazilmoqda. 

Bundan  tashqari,  Markaziy  bank  ochiq  bozordagi  operatsiyalar  hajmini 

oshirish  maqsadida,  monetar  siyosatning  bozor  mexanizmlaridan  keng 

foydalanilgan holda,o'zining obligatsiyalari bilan ham moliya bozorida qatnashib 

bordi. 

Markaziy  bank  obligatsiyalari  bilan  amalga  oshirilgan  savdolar  hajmi 

yildanyilga  ortib  bordi.  Xususan,  2005yilda  Markaziy  bankning  yuridik 

shaxslarga  mo'ljallangan  obligatsiyalarini  joylashtirish  bo'yicha  jami  17  ta 

kimoshdi  savdosi  o'tkazilib,  ularda  joylashtirish  uchun  e'lon  qilingan 

obligatsiyalar  hajmi  20,0  mlrd.  so'mni  tashkil  etdi  va  ular  bo'yicha  to'lanadigan 

foizlar yuridik shaxslar uchun 9,5 foizni tashkil qildi. 



39 

 

Moliya  vazirligi  tomonidan  muomalaga  chiqarilgan  davlat  o'rta  muddatli 



obligatsiyalari bilan birlamchi va ikkilamchi bozorlarda oldi-sotdi operatsiyalarini 

amalga oshirish davom ettirildi. 

2010  yilda Moliya  vazirligi  tomonidan  yuridik shaxslar uchun  chiqarilgan 

obligatsiyalarni joylashtirish bo'yicha o'tkazilgan auktsion savdolarida 23,6 mlrd. 

so'mlik  obligatsiyalar  joylashtirildi.  Bunda,  17,9  mlrd.  so'mlik  obligatsiyalar 

birlamchi  savdolarda,  qolgan  5,7  mlrd.  so'mlik  obligatsiyalar  esa  ikkilamchi 

savdolarda qo'shimcha joylashtirildi. 

2011  yilning  1  yanvar  holatiga  ko'ra  muomaladagi  davlat  o'rta  muddatli 

obligatsiyalari  hajmi  53,0  mlrd.  so'mni  tashkil  etib,  shundan  42,0  mlrd.  so'mi 

(yoki  79,9  foizi)  banklar  hissasiga,  qolgan  11,0  mlrd.  so'mi  (yoki  20,1  foizi) 

korxonalar  hissasiga  to'g'ri  keladi.  Ushbu  obligatsiyalar  bo'yicha  o'rtacha  yillik 

daromadlilik 5,8 foizni tashkil etdi. 

Markaziy  bank  pul-kredit  ko'rsatkichlari,  jumladan  yalpi  pul  massasining 

belgilangan  darajada  bo'lishini  ta'minlashva  oltin-valyuta  zaxiralarining  oshishi 

hisobiga muomalaga chiqarilgan ortiqcha pul massasini qaytarib olish maqsadida 

tijorat banklarining mablag'larini depozitlarga jalb qilish bo'yicha operatsiyalarni 

muntazam ravishda amalga oshirib bordi. 

Iqtisodiy  o'sishni  rag'batlantirish  maqsadida  Markaziy  bankning  qayta 

moliyalash  stavkasi  2011  yilning  1  yanvaridan  yillik  hisobda  14  foizdan  12 

foizgacha  tushirildi  va  hozirgacha  o'zgartirilmasdan  saqlab  turildi.  Bu  esa,  o'z 

navbatida  pul  bozorida  foiz  stavkalarining  pasayishiga  olib  kelib,  xo'jalik 

yurituvchi  sub'ektlar  xarajatlarining  kamayishi  va  buning  natijasida  ularning 

investitsion faolligini oshirishga xizmat qildi. 

2013  yilda  jismoniy  shaxslarning  tijorat  banklaridagi  depozitlari  bo'yicha 

o'rtacha  tortilgan  foiz  stavkalari  yil  boshidagi  9,9  foizdan  yil  oxirida  9,6 

foizgacha tushdi. Yuridik shaxslarning jamg'arma va muddatli depozitlar bo'yicha 

o'rtacha  tortilgan  foiz  stavkalari  2013  yil  davomida  6,1  foizdan  5,9  foizgacha 

pasaydi. 




40 

 

Aholi real daromadlarining o'sishi, bank tizimiga bo'lgan ishonchning ortib 



borishi  hamda  iqtisodiyotdagi  inflyatsion  kutilmalarning  pasayishi  kabi  omillar 

ta'sirida, 2014 yil davomida jismoniy shaxslarning tijorat banklaridagi depozitlari 

bo'yicha o'rtacha tortilgan foiz stavkasi yil boshidagi 9,6 foizdan dekabr oyining 

oxirida  6,4 foizgacha,  yuridik  shaxslarning  jamg'arma  va  muddatli  depozitlar 

bo'yicha stavka esa 6,8 foizdan 6,0 foizgacha pasaydi. 

2014  yilda  iqtisodiyotning  pulga  bo'lgan  talabi  to'liq  qondirilgani  holda 

pul-kredit  ko'rsatkichlari  va  inflyatsiyaning  belgilangan  maqsadli  parametrlar 

doirasida bo'lishini ta'minladi. 

O'z  navbatida,  bank  tizimining  barqarorligi,  aholi  va  xo'jalik  yurituvchi 

sub'ektlariga  ko'rsatiladigan  bank  xizmatlarini  yanada  kengaytirish,  sifatini 

oshirish  borasida  amalga  oshirilayotgan  chora-tadbirlar  bank  tizimi  moliyaviy 

vositachilik rolining mustahkamlanishiga olib kelmoqda. 

Pul  bozoridagi  moliya  institutlarini  shakllantirish  jarayonida  majburiy 

rezervlar  siyosati  iqtisodiyotdagi  pul  massasini  tartibga  solish  hamda  buning 

natijasida  Markaziy  bankda  saqlaniladigan  majburiy  zaxiralarning  banklar 

likvidligini tartibga solish qo'shimcha vositasi sifatida qo'llanildi. Markaziy bank 

mazkur  instrumentdan,  bir  tomondan  ushbu  maqsadlarda  foydalangan  bo'lsa, 

ikkinchi  tomondan  banklarning  uzoq  muddatli  resurslari  miqdorini  oshirishga 

qaratilgan  siyosat  yuritishda  foydalanmoqda.  O'tgan  davrda  tijorat  banklari 

tomonidan  mablag'larni  Markaziy  bankda  majburiy  zaxiralarda  saqlash  tartibi 

ham takomillashtirib borildi.  

O'zbekistonda  Markaziy  bank  tomonidan  pul-kredit  siyosatining  ushbu 

vositasidan  pul  massasini  tartibga  solish  vositasi  sifatida  1994  yildan  boshlab 

foydalanib kelinmoqda. 

Milliy  valyutaning  muomalaga  kiritilishi  va  qat'iy  pul-kredit  siyosatining 

olib  borilishi  natijasida  1995—1997  yillarda  inflyatsiya  sur'atlari  sezilarli 

darajada  pasaydi.  Natijada  tijorat  banklarining  real  sektorga  kredit  berish 

faoliyatlarini rag'batlantirish maqsadida majburiy zaxira talablari me'yorlari ham 




41 

 

pasaytirildi.  Ushbu  me'yor  1996  yilning  iyulidan  e'tiboran  30  foizdan  25 



foizgacha tushirildi. 

Milliy  valyutaga  bo'lgan  ishonchni  oshirish,  bank  tizimi  uchun 

mablag'larning  barqaror  manbaasini  shakllantirish  maqsadida  O'zbekiston 

Respublikasi  Oliy  Majlisi  tomonidan  2002  yilda  O'zbekiston  Respublikasining 

«Fuqarolarning  banklardagi  omonatlarini  himoyalash  kafolatlari  to'g'risida»gi 

Qonun  qabul  qilindi.  Ushbu  qonunga  muvofiq  tijorat  banklariga  fuqarolarning 

banklardagi  omonatlarini  kafolatlash  tizimi  yaratildi.  Ushbu  qonundan  kelib 

chiqqan  holda  tijorat  banklariniig  jismoniy  shaxslardan  jalb  qilgan  depozitlari 

majburiy zaxira fondiga deponentlashdan ozod qilindi. 

Shuningdek,  Markaziy  bankda  majburiy  zaxiralarga  deponentlashning 

o'rtacha oylik metodologiyasiga o'tilishi (oy oxiridagi ma'lumotlardan foydalanish 

o'rniga)  pul  kredit  siyoeatining  ushbu  vositasidan  foydalanish  samaradorligini 

sezilarli darajada oshirish imkonini berdi. 

Markaziy  bank  tijorat  banklariniig  moliyaviy  ahvolini  yaxshilash  va 

likvidligini  oshirish  hamda  pul  massasi  o'sishini  cheklash  maqsadida,  xalqaro 

bank  amaliyoti  tajribasidagi  o'rnatilgan  me'yorlardan  kelib  chiqib,  2002  yildan 

tijorat banklari tomonidan mablag'larni Markaziy bankda majburiy zaxiralashning 

yangi  tartibini  (o'rtacha  oylik)  amaliyotga  tatbiq  etdi.  Ushbu  tartibning  joriy 

etilishi  pul-kredit  sohasida  olib  borilayotgan  ishlar  samaradorligiga  ijobiy  ta'sir 

ko'rsatdi, ya'ni pul multiplikatorini pasaytirish orqali muomaladagi pul massasini 

birmuncha kamaytirish imkonini berdi. 

Xalqaro  bankchilik  tajribasini  o'rgangan  holda  yangi  tahrirdagi  «Tijorat 

banklari  tomonidan  Markaziy  bankda  majburiy  zaxiralarni  deponentlash  tartibi 

to'g'risida»gi  Nizom  ishlab  chiqilib,  O'zbekiston  Respublikasi  Adliya  vazirligida 

2005 yil 18 yanvarda 1444-son bilan davlat ro'yxatidan o'tkazildi va 1 fevraldan 

kuchga kiritildi. 

Ushbu  Nizomga  asosan  milliy  valyutadagi  depozitlar  uchun  majburiy 

zaxira talablari me'yori 20 foizdan 15 foizgacha tushirildi va xorijiy valyutadagi 




42 

 

depozitlar  uchun  esa  5  foiz  miqdorida  majburiy  zaxira  talablari  qo'llanila 



boshlandi (3-jadvalga qarang). 

3-jadval 




Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish