taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonining bir elementi bo’lib, bunda ishchi va
xizmatchilar ish haqi, tadbirkorlik foydasi, yer egalari rentasi, yollanma ishchilar
daromadlari, tadbirkorlar va pul qo’yuvchilarning protsentlarini bir qismini
soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va zaymlar ko’rinishida jamlash orqali
moliya tizimida, xususan byudjet tizimida ham yangiliklarni amaliyotga joriy
etilishi kuzatilmoqdaki, 2013 yil 27 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston
Respublikasi Byudjet Kodeksi fikrimizning yaqqol dalilidir. Ushbu kodeks 2014-
2015 yillar uchun eksperement tariqasida amal qilinishi belgilangan bo’lib,
byudjetni tuzish, ijro etish, byudjetni boshqarish borasidagi organlarning vazifalari
“O’zbekiston Respublikasi byudjet tizimi to’g’risida”gi qonunining o’rniga qabul
va ulardan bittasi byudjet tizimi byudjetlari daromadlarini prognoz qilish va
16
xarajatlarini rejalashtirish prinsipi bo’lib, bunda byudjet tizimi byudjetlarini
tuzishda byudjet tasnifiga muvofiq, daromadlar ularning aniq manbalari bo’yicha
prognoz qilinadi, xarajatlar esa yo’nalishlar bo’yicha rejalashtiriladi
24
Byudjetni rejalashtirish sohasida davlat organlarining vakolatlari turlicha
belgilangan bo’lib, ularga qisqacha to’xtalamiz.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasiga byudjetnoma loyihasini, shuningdek Davlat byudjeti va
davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi to’g’risida
hisobotni ko’rib chiqish uchun taqdim etadi.
Hududiy moliya organlari Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti,
viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar
byudjetlari loyihalarini tayyorlaydi hamda ularni Qoraqalpog’iston Respublikasi
Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar
hokimliklariga ko’rib chiqish uchun kiritadi.
Byudjetdaromadlarini rejalashtirish byudjet tasnifiga muvofiq amalga
oshiriladi. Byudjet Kodeksining 3 bobida Byudjet tasnifiga quyidagicha ta’riy
berilgan: “Byudjet tasnifi byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlari,
shuningdek Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalarini guruhlashdan iborat
bo’lib, byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish va ijro etishni
tizimlashtirish uchun foydalaniladi”.
Byudjet tasnifini xalqaro andozalarga mos kelishini ta’minlash maqsadida
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010 yil 20 avgustdagi 65-son
buyrug’i bilan “Byudjet tasnifini qo’llash bo’yicha yo’riqnoma” ishlab chiqildi
25
.
Byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifi daromadlarni ularning
turlari va manbalari bo’yicha kodlashdan iborat bo’ladi.
Byudjet tasnifi o’z ichiga quyidagilarni oladi:
24
O’zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksi, 7- modda, O’zbekiston Respublikasi Byudjet
kodeksi, 52- modda, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2013-yil., 52-I-son
25
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010 yil 20 avgustdagi 65-son buyrug’iga ilova,
Byudjet tasnifini qo’llash bo’yicha yo’riqnoma, 02.2015 y. 2146-4-son bilan o’zgartirish
kiritilgan
17
byudjet tizimi byudjetlari daromadlarining tasnifini;
byudjet tizimi byudjetlari xarajatlarining tasnifini;
Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalari tasnifini.
Yigirma bir koddan iborat bo’lgan daromadlar tasnifi tuzilmasi to’rt qismli
ko’rinishga ega:
byudjet tizimi byudjetlari mablag’larining manbalari va darajalari
tasnifi;
daromadlarning turlari;
hududiy tasnif.
Do'stlaringiz bilan baham: