14
turli vazirlik va idoralar, ishlab chiqarish korxonalari va h.k.) iqtisodiy-statistik
ko’rsatkichlar (korxona va tashkilotlarning foydasi, savdo korxonalarining tovar
aylanmasi, inflyatsiya darajasi, aholi real daromadlarining o’sish sur’atlari va
boshqalar) olinadi.
2-bosqichda esa yig’ilgan ma’lumotlar rejalashtirish modelini tuzish uchun
qayta ishlanadi. Masalan, ayrim ko’rsatkich dinamikasida real o’sishni aniqlash
uchun haqiqiy ma’lumotlarni solishtirma narxlarga aylantirish talab qilinadi yoxud
ko’plab ma’lumotlarni tahlil qilgan holda o’rtacha ko’rsatkichlar hisoblanishi
mumkin.
Shuningdek, bu bosqichda ma’lumotlarning to’g’riligi va o’zaro muvofiqligi
o’rganib chiqiladi. Albatta, bu barcha olingan ma’lumotlarni qayta tekshirib
chiqish degani emas, balki ma’lumotlar o’rtasida nomutanosibliklarni yoki
mantiqiy jihatdan shubha tug’diruvchi axborotlarni qayta ko’rib chiqishdan iborat.
Zarur hollarda, haqiqiy ma’lumotlar o’rniga shartli ma’lumotlar foydalanilishi
mumkin.
3-bosqichda byudjet daromadlarini rejalashtirish uchun model (balki bir
nechta) tuziladi va bu tuzilgan model(lar) mavjud usullar orqali baholab ko’riladi.
4-bosqichda tuzilgan model yordamida kelgusi davr uchun reja
ko’rsatkichlari hisoblab chiqiladi.
5-bosqichda esa hisoblangan reja ko’rsatkichlari baholanadi. Bunda reja
ko’rsatkichlari o’tgan yildagi haqiqiy ko’rsatkichlar bilan o’zaro solishtirib
ko’riladi, zarur hollarda esa, qo’shimcha tahlillar o’tkaziladi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, o’nlab daromad turlarini (soliq va
yig’imlar) hududlar kesimida va har xil davrlar uchun (yillik, choraklik, oylik)
ko’rsatib o’tilgan bosqichlarda rejalashtirish o’ziga xos murakkab va ko’plab
omillar va hisob-kitoblarni talab qiluvchi jarayon hisoblanadi. Shuningdek, har bir
bosqichda amalga oshirilgan hisob-kitob va xulosalar sifati keyingi bosqich
natijalari uchun hal qiluvchi omil ekanligi sababli, byudjet daromadlarini to’g’ri va
sifatli rejalashtirish uchun bu jarayonning har bir qadamiga mas’uliyat bilan
yondashish talab qilinadi.
15
Byudjet daromadlarini rejalashtirish iqtisodiyotdagi boshqa makroiqtisodiy
ko’rsatkichlarni prognozlashtirish bilan hamda bu jarayonda qatnashuvchi vazirlik
va idoralarning o’zaro hamkorlikdagi faoliyatiga bevosita bog’liq. Masalan, yalpi
ichki mahsulot hajmi va iqtisodiyotdagi narxlar o’sish darajasi byudjet
daromadlariga katta ta’sir ko’rsatishi sababli, ushbu ko’rsatkichlarni to’g’ri
rejalashtirish davlat xazinasiga kelib tushadigan mablag’lar miqdorini to’g’ri
baholay olish imkonini beradi. Qolaversa, yirik soliq to’lovchi korxonalarning
ishlab chiqarish hajmlari prognozining to’g’ri tuzilishi va o’z vaqtida O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim qilinishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: