Д.А.Ғозибеков ва бошқалар. Лизинг муносибати назарияси ва амалиёти. Тошкент.: Фан ва технология,
15
xuquqiy munosabatlari, ijaraga oid xuquqiy munosabatlar va mulkiy kafolat
munosabatlari lizing bitimlarining asosiy qatnashchilari o’rtasida shakllanadi.
Ular o’rtasida ushbu xuquqiy munosabatlar majmuasi qarz olish va
investitsiyalash, tovar bilan kreditlash va ijaraga oid munosabatlar, lizing
mulkini xarid qilish shartlari, lizing bitimlarini sug’urtalash va soliqqa tortish,
lizing to’lovllarini to’lash munosabati bilan yuzaga keladi.
Lizing munosabatlari tizimida, avvalo, mulkni o’zgartirish, mulkni etkazib
berish, ijaraga olishni moliyalash, kelishuv tartiblari va risklarini baholash,
lizing to’lovlarini amalga oshirish bo’yicha bitim tuzish va o’zaro manfaatli
munosibatlarni ko’zda tutadi. Lizing munosabatlari faqat lizingga beriladigan
mulk o’zi uchun katta talabga ega bo’lganda, mazkur mulkka doimiy ehtiyoj
bo’lganda va shu munosabatlar yuzaga chiqishidan manfaatdor muayyan
infratuzilmada bo’sh moliyaviy resurs, shuningdek, tegishli investitsiyaviy
moliyaviy vosita mavjud bo’lgandagina shakllanishi mumkin.
Lizing munosabati tadbirkorlik shakllaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai
nazardan investitsiyalarni ijara shaklida moliyalashdan foydalanuvchi va lizing
mulkini tayyorlovchilar ta’biriga lizing munosabatlariga turlicha yondashishlarni
aks ettiruvchi biznesning asosiy turi degan fikrga qo’shilish to’g’ri bo’ladi.
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda bozorga o’tish davrila lizing
ijtimoiy ishlab chiqarishni texnikaviy jihatdan yangilashning va mamlakatda
tadbirkorlikni rivojlantirishning qudratli vositasi sifatida namoyon bo’lgan.
Tadbirkorlik tuzilmalarda moliyaviy resurslar cheklangan sharoitlarda lizing
ham mikro darajada, ham butun milliy iqtisod miqyosida asosiy kapitalga
moliyaviy investitsiyaning usullarining o’rnini bosishi mumkin.
Quyidagilar lizing munosabatlarning paydo bo’lish shakllari hisoblanadi:
-
qarzga olish (kredit olish), investitsiyalash;
-
xususiy mulk munosabati (lizing oluvchi topshirig’iga ko’ra mulkni
sotib olish va ijaraga berish);
-
mulkiy munosabat (egalik qilish, foydalanish, mulkiy xuquqqa ko’ra
tasarruf etish xuquqining alohidaligi);
16
-
xuquqiy munosabat (lizing ishtirokchilarining o’zaro mas’ullik
munosabatlari);
-
taqsimlash munosabatlari (lizing oqibati sifatida);
-
lizing mohiyatidan kelib chiqadigan ijara munosabatlari (egalik,
foydalanish, tasarruf etish munosabatlari va lizing beruvchi oldidagi ma’suliyat).
Молиявий
Тезкор
Ички
Халқаро
Соф
Тўлиқ
Аралаш
Қайтарма
Бўлинма
Оммавий
Револьвер
Янгиланадиган
Сублизинг
Асосий лизинг
ЛИЗИНГ
Лизинг
муносабатлари
тавсифига қараб
Молиялаштириш
иштирокчилар
таркибига қараб
Учинчи шахсларнинг
фойдаланиш
хуқуқидан келиб чиқиб
Лизинг мулкини
янгиланиш
муддатларига қараб
Лизинг мулкидан
фойдаланиш
муддатига қараб
Бозор секторига
қараб
Хизмат шакли ва
хажмига қараб