Д.Ғ.Ғозибеков, О.Ш.Сабиров ва бошқалар. Лизинг муносабатлари назарияси ва амалиёти., “Fan va
24
tomonidan qullab-
quvvatlanishi
bitimidan qushimcha manfaatni ta’minlaydi.
Ishlab chiqarish
vositalarining rivojlanishi
va diversifikatsiya
qilinishi
Lizing munosabatlari sohasiga yangi sub’ektlar jalb etiladi va shu
tariqa tovar ishlab chiqaruvchilar uchun sotish bozori kengayadi.
Texnikaga to’lov qobiliyatli talab qullabquvvatlanadi, yangi
mahsulot ishlab chiqarish miqyosi va sifati kengayishi uchun
imkoniyat vujudga keladi.
Davlat manfaatlarining
ruyobga chiqishi
Ishlab chiqarishni texnika va texnologiya bilan qayta qurollantirish
jadallashadi. Mamlakat iqtisodiyotiga xususiy investitsiyalar jalb
etiladi. Tadbirkorlik faollashuvi va raqobatbardosh mahsulot ishlab
chiqarish kengayisha hisobiga byudjetga soliq tushumlari
kupayadi.
Lizing beruvchilarning
moliyaviy barqarorligi
oshishi.
Investitsiya harajatlari va daromadlari bab-baravar namoyon
buladi.
Moliyaviy leveraj
(vosita)ning samarasi
Lizing beruvchilar uchun lizing ob’ektidan har yilgi moliyaviy
manfaatlar, odatda, kredit bo’yicha foizlardan yuqori buladi.
Lizing oluvchi uchun lizing tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, uning
ijodiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish va ishlab chiqarish texnik salohiyatni
oshirish uchun investitsiyalarni moliyalashtirishning muqobil usuli buladi.
Har bir strategik ustunliklarni ta’minlaydigan omillar mavjud va ular bir-
birlari bilan chambarchas bog’liq.
Lizing bozor infratuzilmasining ajralmas qismi bo’lib, mamlakatimiz
uchun nisbatan yangi moliyaviy dastakni o’zida mujassam etadi. 90yillarning
birinchi yarmida bozor islohotlari natijasida bank, kredit muassasalari va
korxonalar
ilgari
iqtisodiyotimizda
qullanilmagan
kupgina
moliyaviy
dastaklardan foydalana boshladilar, Ayni shu yillarda lizing tuzilmalarini faol
tashkil etish, iqtisodiyotning ushbu sohasiga investitsiyalarni jalb qilish, lizing
munosabatlarning huquqiy asoslarini shakllantirish boshlandi.
Lizingning bir qator afzalliklari bor, unga quyidagilarni kiritish mumkin:
tezkor lizingning soddaligi va qulayligi;
lizing shartnomasini bekor qilish va lizing mol-mulki barvaqt ma’naviy
eskirish riskini kamaytirish mumkinligi;
lizing mol-mulkiga mustaqil xizmat ko’rsatish imkoniyatini olish;
25
qimmatli qog’ozlar chiqarish va joylashtirishga nisbatan chiqimlarning
birmuncha pastroq darajasi;
ko’plab mamlakatlarda lizing beruvchilar va lizing oluvchilar uchun
yaratiladigai soliq qalqonidan foydalanish mumkinligi.
Lizing munosabatlarining barcha qatnashchilari uchun lizingning
yuqorida kursatilgan ustunliklari muvofaqiyatli amalga oshirishni, avvalo ular
faoliyat kursatayotgan iqtisodiy muhit bilan belgilanadi. Mamlakat qonunchiligi,
shu jumladan, soliqqa oid qonun hujjatlari lizingning potentsial ustunliklarini
kup jihatdan belgilab beradi. Xalqaro lizingda qatnashuvchilar uchun ustunliklar
lizing shartnomasida qatnashuvchi mamlakatlarning qonunchiligi bilan
belgilanadi. Lizingni baholashda amaldagi soliq qonunlarini hisobga olib risklar
va manfaatlarning hisob-kitobi muhimdir. Lizing beruvchi lizing oluvchiga qarz
berganida ancha yuqori darajadagi riskni zimmaga olganligi sababli yuqoriroq
diskont stavkasiga loyiq buladi. Shu sababli lizing shartnomasini baholaganda
lizing krediti yuzasidan qilingan sof chiqimlarni belgilash bosh masaladir.
Do'stlaringiz bilan baham: