43
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi vakil qilingan vazirliklar, davlat
qo’mitalari, idoralar, shuningdek tegishli tashkilotlar bilan birgalikda quyidagilarni
o’z ichiga olgan budjetnoma loyihasini ishlab chiqadi va birinchi oktyabrgacha
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi:
1) mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o’tgan yilgi asosiy
yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi
yakunlarining prognoz bahosi;
2) o’tgan yilgi Davlat budjeti ijrosi to’g’risidagi hisobot O’zbekiston
Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan va joriy yilgi Davlat
budjetining kutilayotgan ijrosi bahosi;
3) kelgusi yilga mo’ljallangan Davlat budjeti loyihasini tuzishda asos
bo’lgan kelgusi yilning asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari;
4) mamlakat budjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yo’nalishlari
loyihasi O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan;
5) mamlakat budjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yo’nalishlariga
sharhlar;
6) davlat ichki va tashqi qarzlari hamda ular bo’yicha xarajatlar holati
to’g’risidagi ma’lumotlar;
7) kelgusi moliya yiliga mo’ljallangan Davlat budjeti loyihasi O’zbekiston
Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan.
Budjetnoma O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy
yilning o’n beshinchi oktyabridan kechiktirmay O’zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiga kiritiladi.
Davlat budjeti O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul
qilinadi.
Davlat budjetiga muvofiq:
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Тoshkent shahar
budjetlari Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin ikki haftalik muddat ichida
tegishli ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi hamda
viloyatlar va Тoshkent shahar hokimiyat vakillik organlari tomonidan;
44
Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlar va
shaharlar budjetlari Qoraqalpog’iston Respublikasi va viloyatlar budjetlari qabul
qilinganidan keyin bir haftalik muddat ichida tuman, shahar hokimiyat vakillik
organlari tomonidan;
shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlari va tuman bo’ysunuvidagi
shaharlar budjetlari belgilangan muddatlarda mahalliy hokimiyat yuqori turuvchi
vakillik organlari tomonidan qabul qilinadi.
Davlat budjeti daromadlari soliq, bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga va
boshqa qonun hujjatlariga muvofiq shakllantiriladi.
Hisoblab chiqarilgan, biroq joriy yilning o’ttiz birinchi dekabrigacha Davlat
budjetiga to’lanmagan daromadlar kelgusi yilda Davlat budjetiga o’tkazilishi
kerak.
Budjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlari budjetdan ajratiladigan
mablag’lar doirasida moliya yili uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasi asosida
tayinlash sertifikatini muayyan davrga va summaga rasmiylashtirish orqali,
shuningdek budjet mablag’lari oluvchining tovar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi,
xizmat ko’rsatuvchi) bilan tuzilgan va ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomasi asosida:
respublika budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo’yicha - qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
G’aznachiligi yoki uning hududiy bo’linmalari tomonidan;
Qoraqalpog’iston Respublikasi budjetidan yoki mahalliy budjetlardan
moliyalashtiriladigan tashkilotlar bo’yicha - O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi G’aznachiligining hududiy bo’linmalari tomonidan to’lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: