1 J a d v a I
4 ta % Morning tirhn tf-ihiibati
Xaridor Tolov qobiliyati
Jon 100$
Paul 8Q
jorj 70
Ringo 50
Siz albomingizni sotish uchun past narxda uni taklif qilasiz, misol uchun 10 $. Chunki barcha to‘rt xaridorlaringiz to‘lashga tayyor, narx esa tez ko‘tariladi. Kimoshdi savdosi Jon 80 $ (yoki bir oz ko‘proq) taklif qilgan vaqtda to‘xtaydi. Bu nuqtada, Paul, Jorj va Ringo boshqa hech qanday taklif qilishni istashmaydi, chunki ular 80$ dan ko‘proq taklif qilishni istashmaydi. Jon sizga 80$ to‘laydi va albomni oladi. Shuni ta’kidlash kerakki, albom yuqori qadrlaydigan xaridorga ketdi.
Jon Elvis Presleynmmg albomini sotib olishdan nima foyda oldi? Bu o‘rinda Jon uni haqiqiy savdo orqali topdi: u albom uchun 100$ to‘lashga tayyor, lekin u buning uchun atigi 80$ to‘ladi. Jon 20$ iste’molchi ortiqchaligiga ega bo‘ldi. Iste’molchi ortiqchaligi bu xaridommg to‘lashga tayyorligidan aslida buning uchun to‘lagan miqdorini ayirishdan qolgan miqdorga aytiladi.
Iste’molchi ortiqchaligi xaridorlammg bozor jarayonida olgan foydasiga qarab o‘lchanadi. Bu misolda, Jon kimoshdi savdosida ishtiroki natijasida 20$ foyda oldi, chunki u 100$ ga baholangan tovar uchun atigi 80$ to‘ladi. Pol, Joij va Ringolar iste’molchi ortiqchaligiga ega bo‘lishmadi, chunki kimoshdi savdoda ishtirok etib albomga egalik qilmasdan va hech narsa to‘lamasdan ketishdi.
Endi biroz boshqacha misolni ko‘rib chiqamiz. Siz ikkita bir xil Elvis Presleyning albomini sotmoqchisiz deylik. Yana kimoshdi savdosida to‘rt xaridor mavjud. Hammasi oddiy, biz albomlaming ikkalasini bir xil narxda va turli xaridorlarga sotishni rejalashtirganmiz. Bu jarayon ikkita xaridor qolgunicha davom etadi. Kimoshdi savdosi Jon va Paul 70$ (yoki bir oz yuqori) taklif qilgan vaqtda to‘xtaydi. Jon va Paul, ikkovlari albomni bu narxda sotib olishga rozi va Jorj hamda Ringo bundan yuqori narx taklif qilmoqchi emas. Jon va Paulning har biri iste’molchi ortiqchaligiga ega bo‘lishdi, uni to‘lashga tayyorligi ayiruv to‘langan narxiga teng. Jonnmg iste’molchi ortiqchaligi 30$ bo‘ladi, Paulniki esa 10$. Jonning iste’molchi ortiqchaligi avvalgisiga
nisbatan yuqoridir u o‘sha albomni oladi, lekin buning uchun kam haq to‘laydi, umumiy iste’molchi ortiqchaligi 40$.
Iste’molchi ortiqchaligini oMchashda talab egri chizig‘idan foydalanish
Iste’molchi ortiqchaligi mahsulotga bo‘lgan talab egri chizig‘i bilan bog‘liq. Ulaming bog‘liqligini yuqorida keltirilgan Elvis Presleyning nodir albomi misolida ko‘rib chiqamiz.
Biz albomga boMgan talab miqdorining jadvalini aniqlashimiz uchun ehtimoliy to‘rt xaridoming to‘lov uchun tayyorligidan foydalanamiz. 1-rasmda talab miqdori haqida ma’lumot keltirilgan. Agar narx 100$ dan yuqori bo‘lsa, savdo 0 ga teng bo‘ladi, chunki hech qaysi xaridor bu albom uchun undan qimmatroq narxda sotib olmoqchi emas. Agar narx 80$ va 100$ oralig‘ida bo‘lsa, talab miqdori lga teng, chunki faqat Jon bunday yuqori narxni berishga tayyor. Agar narx 70$- 80$ atrofida bo‘lsa, talab miqdori 2, chunki Jon va Pol bu miqdordagi mablag‘ni to‘lashga tayyor. Shu tarzda talab jadvalini mavjud narxlar asosida tahlil qilishimiz mumkin. Shu tariqa talab miqdori to‘rt xaridoming to‘lov uchun tayyorligiga binoan turli xil bo‘ladi.
rasmda keltirilgan grafik, talab egri chizig‘i talab jadvaliga mos kelishini ko‘rsatadi. Bunda eng yuqori talab miqdori va to‘lov uchun tayyorligi o‘rtasidagi munosabatlarga e’tibor berish zarur. Har qanday miqdorda talab egri chizig‘i belgilagan narx eng quyi to‘lashga tayyor xaridomi ko‘rsatib beradi, bu xaridor o‘zi xohlagan narxdan oshsa, birinchi bo‘lib savdodan chiqib ketadi. 4-albomni misol qilib olsak talab egri chizig‘ining yuqori ko‘rsatkichi 50$ bo‘ladi bu Ringo (eng quyi narxda sotib oluvhci xaridor)ning to‘lashga tayyorligidan kelib chiqadi. Agar 3 albom misolida olib ko‘rsak, bunda talab egri chizig‘ining eng yuqori ko‘rsatkichi 70$ teng bo‘ladi va bu eng quyi narxda sotib olish istagini bildirgan Jorjga qarab belgilanadi.
86
Chunki talab egri chizig‘i xaridorlaming to‘lashga tayyorligiga ta’sir ko‘rsatadi va biz uni iste’molchi ortiqchaligini o‘lchashda ham qo‘llashimiz mumkin. 2-rasmda bizning ikkita misol orqali iste’molchi ortiqchaligini hisoblashda talab egri chizig‘idan foydalanadi. (a) rasmda narx 80$ (va undan baland), talab miqdori 1. E’tibor bering, narx va talab egri chizig‘i o‘rtasidagi farq 20$ga teng. Bu miqdor biz avval hisoblaganimizdek, lta albom sotilgandagi aniq iste’molchi ortiqchaligi demakdir. 2-rasmnmg (b) rasmi narx 70$ (va undan baland), bo‘lgandagi iste’molchi ortiqchaligini ko‘rsatadi. Bu holatda, narx va talab egri chizig‘i ikkita burchakning yig‘indisiga teng. Jonning bu narxdagi iste’molchi ortiqchaligi 30$ va Paulniki 10$ ga teng. Bu maydon 40$ tashkil etadi.
1 Rasm
Quyidal jadvaldagi xaridor uchiai talab ro'yxati ko'rsafiigan. Grafikka muvofiq talab chizig'mi ko'rsatadl Talab egri chizig‘inmg baiandlig} xaridorlaming sotib ” tayyorligini ko‘rsatadi-
Talab.
j tala
miqdori
Yana bir bor takrorlaymizki, bu biz yuqorida hisoblagandek iste’mol darajasidir. Bu misoldan talab darajasiga aloqador quyidagi xulosa kelib chiqadi: quyi talab egri chizig‘i va yuqori narx bozordagi iste’molchi ortiqchaligini keltirib chiqaradi. Bu haqiqat, chunki talab egri chizig‘ining yuqoriligi iste’molchilaming tovar uchun to‘laydigan
narxini belgilaydi va shu bilan birga to‘lov uchun tayyorligini ham bildiradi. Bozordagi narx va to‘lov istagi o‘rtasidagi farq sotib oluvchilaming iste’molchi ortiqchaligi demakdir. Bundan kelib chiqadiki, past talab egri chizig‘i va yuqori narx oralig‘idagi umumiy masofa bu xaridorlammg bozordagi tovar va hizmatlarga iste’molchilar ortiqchaliklari yig‘indisidir.
Qanday qilib past narx iste’molchi ortiqchaligini oshiradi
Xaridorlar o‘zlari sotib olayotgan tovar uchun har doim ham past narx to‘lashni xohlashganliklari sababli past narxlar xaridorlaming turmush darajasini yaxshilaydi. Lekin past narx turmush darajasini qanchalik yaxshilaydi? Bu savolga aniq javob topish uchun biz iste’molchi ortiqchaligi tushunchasidan foydalanamiz.
r
Tala b egri va
Ьп-'токЫ
Do'stlaringiz bilan baham: |