Ayrim muhim umumiy resurslar
Umumiy resurslardan foydalanishning ko‘pgina misollari mavjud. Deyarll barcha holatlarda umummilliy resurslar fojeasidagi kabi muammo yuzaga keladi. Alohida shaxslar umumiy resurslardan haddan ziyod ko‘p foydalanishadi. Davlat, aksariyat hollarda, haddan ziyod ko‘p foydalanish muammosini yenglllashtirish maqsadida ulaming xulq-atvorlarini tartibga soladi yoki turli yig‘imlar joriy etadi.
Toza havo va suv. Biz 10-bobda ta’kidlab o'tganimizdek, bozorlar atrof-muhitni oqilona himoya qilishmaydi. Qat’iy tartibga solish choralari yoki atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun soliqlar bilan bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan ifloslanish salbiy tashqi ta’sir hlsohlanadi. Bozoming ushbu salbiy jihatini jamiyatning umumiy muammosi sifatida ko‘rish mumkm. Toza havo va toza suv xuddi ochiq hosildor yerlar kabi, atrof-muhitning haddan ziyod ifloslanishi esa xuddi chorvani haddan ziyod ortib ketishi kabi umumiy resurslardir. Atrof-muhitning haddan ziyod ifloslanishi umummilliy resurslar fojeasining zamonaviy ko‘rinishidir.
Tirband avtomobil yo‘llari. Yo‘llar yoki ommaviy mahsulot yoki umumiy resurs boMishi mumkin. Agar yo‘llar tirband bo‘lrnasa, u holda bir kishining undan foydalanishi boshqa bir kishining foydalanishiga xalaqit qilmaydi. Bu holatda mahsulot iste’molda cheklanganganlik xususiyatiga ega boMmaydi va yo‘l ommaviy mahsulot bo‘lib qoladi. Shu bilan birga, agar yo‘llar tirband boMsa, u holda bu yo‘idan foydalanish salbiy tashqi ta’simi beradi. Agar biror kishi ushbu yo‘ldan yursa, yo‘l yana ham tor bo‘lib, boshqa kishilami sekinroq yurishga majbur etadi. Bu holatda yo‘l umumiy resurs hisoblanadi.
Davlat tomonidan yoMlarda avtomobillar tirbandligi muammosini bartaraf etish yo‘llaridan biri bu haydovchilarga shaharlararo transport qatnovlariga soliq solish. Shaharlararo transport qatnovlariga soliq solish o‘z mohiyatiga ko‘ra tirbandlikni tartibga soluvchi soliqdir. Ba’zida, xuddi mahalliy yo‘llarda boMgani kabi, qatnovlar uchun soliq solish amaliy yechim bo‘lmay qoladi, sababi soliq summasi juda yuqoridir. Biroq, London shahri to‘lov hajmini oshirish usulini tirbandlikni bartaraf etishdgi eng muhim usul deb topdi. Yangiliklarda ma’lum qilinishicha bu usul Nyu-York shahri uchun ham ko‘rib chiqilmoqda.
Gohlda tirbandlik kunning ma’lum bir qismidagina muammo bo‘lib qoladi. Agar ko‘prikda yuk avtomoblli tig‘iz-paytda o‘tayotgan bo‘lsa tirbandlik muammosi faqatgina mana shu soatdagina yuzaga keladi. Ushbu masalani samarali yechimi shuki - tig‘iz-paytda yurganlik uchun toMovni yana ham oshirish zarur. Bu narsa haydovchilami o‘zlarining harakatlanish grafiklarini o‘zgartirib, tig‘iz- paytda yurmasliklari uchun o‘ziga xos stimul boMadi.
0‘tgan bobda muqokama qilingan tirbandlik muammosiga qarshi kurashuvchi usullardan yana biri - bu benzin uchun soliq. Benzin, ma’lumki avtomobilda harakatlanish uchun samarali yoqilg‘i hisoblanadi: benzin narxini oshirish, odatda harakat hajmini kamaytirishni talab etadi. Shunday qilib, benzin uchun soliq yo‘llami tirbandlik darajasini kamaytiradi. Shu bilan birga, benzin uchun soliq mutloq echim emas, sababi bu yo‘llarda harakatlar hajmidan tashqari boshqa masalalarga ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, benzm uchun soliq tirbandlik qayd etilmagan yo‘llarda ham harakatlar sonini kamaytirib yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |