Talabning narxlar kesishgandagi elastikligi. Talabning narxlar kesishgandagi elastikligi bir tovarga bo‘lgan talab miqdori boshqa bir tovaming narxidagi o‘zgarishiga munosabati qanday bo‘lishini ifodalaydi. Bu 1-tovarga bo‘lgan talabning foizdagi o‘zgarishi 2-tovar narxining foizdagi o‘zgarishi nisbati shaklida hisoblanadi, ya’ni:
Kesishgan Talab elastikligi = 1~toVBr ta-gbm,n5 f°lzdaai °'zgarishi .
— tovar narxining foizdagi о zgarishi
Bu elastiklik manfiy yoki musbat songa ega bo‘lishi tovarlaming bir-birini to‘ldiruvchisi yoki o‘mini bosishiga bog‘liq. Masalan, hot dog narxining oshishi odamlami gamburger olishga undaydi. Chunki hot dog narxi va gamburgerga boigan talab bir xil yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadi, narxlar kesishishidagi elastiklik ijobiydir. Bu misol bir- birini о‘mini bosadigan tovarlar uchun xosdir. Endi bir-birini toMdiradigan tovarlami ко‘rib chiqamiz. Masalan, kompyuter va dasturiy ta’mmot bir-birini to‘ldiradi. Bu holda elastiklik salbiy bo‘ladi. Chunki kompyuter narxining oshishi dasturiy ta’minotga bo‘lgan talabning qisqarishiga olib keladi.
Taklif elastikligi Taklifning narx elastikligi va uning aniqlovchilari
Taklif qonuni shuni ko‘rsatadiki, yuqori narx taklif miqdorini oshiradi. Taklifning narx elastikligi narxdagi o‘zgarishga qancha taklif miqdori o‘zgarishini ifodalaydi. Agar takiif narx o‘zgarishiga sezilarli darajada javob qaytarsa, tovar taklifi elastik deyiladi. Agar takiif narx o‘zgarishiga biroz javob qaytarsa, tovar taklifi noelastik deyiladi.
Taklifning narx elastikligi ishlab chiqaruvchilaming ishlab chiqargan tovarlar miqdori o‘zgarishiga bog‘liq. Masalan, sohil bo‘yi yerlari noelastik taklifga ega, chunki ulami ko‘proq ishlab chiqarish deyarli imkonsizdir. Bunga zid holda, kitob, mashina va televizor kabi tovarlar elastik taklifga ega, chunki ulami ishlab chiqaruvchi firmalar yuqori narxlarga javoban o‘z faoliyatlarini uzoqroq davom ettirishadi.
Ko‘plab bozorlarda, taklifning narx egiluvchanligining asosiy aniqlovchisi vaqtdir. Takiif qisqa muddatdan ko‘ra uzoq muddatda elastikroq bo‘ladi. Qisqa muddat mobaynida, korxonalar ishlab chiqarish koTamini birdaniga oshira olmaydilar. Demak, qisqa muddatda, takiif miqdori narxning o‘zgarishiga kamroq javob qaytaradi. Bunga zid holda, uzoq muddatda yangi zavodlar qurishi yoki eskilarini yopishi mumkin. Bundan tashqari bozorga yangi korxonalar kirishi va eskilari tugatilishi mumkin. Demak, uzoq muddatda takiif miqdori narx o‘zgarishiga sezilarli javob qaytaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |