Toshkent moliya instituti "menejmet" kafedrasi "menejment"


 Rahbarga qo‟yiladigan talablar. Rahbar madaniyati



Download 8,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/750
Sana31.12.2021
Hajmi8,39 Mb.
#235710
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   750
Bog'liq
Menejment barcha fak. UMK 2020

4. Rahbarga qo‟yiladigan talablar. Rahbar madaniyati 

Rahbar  bir  qator  talablarga  javob  berishi  kerak.  "Rahbarlik  qilish"  degan 

so‘zga  izohli  lug‘atlarda  boshqarish,  maslahat  berish,  kuzatish,  yo‘naltirish, 

ko‘rsatma  berish  degan  turli  ma'lumotlar  berilgan.  Bundan  ko‘rinib  turibdiki, 

hozirgi  davrda  menejer  (rahbar)lar  qondirishi  zarur  bo‘lgan  talablar  juda  ko‘pdir. 

Ularni quyidagi beshta yirik guruhga bo‘lish mumkin (4-jadval). 

 

 

4-jadval. 

 Rahbarga qo‟yiladigan talablar 

 

№ 



Talablar 

Izoh  


1.    Ma'naviy 

etuklik 


  siyosiy etuklik;  

  huquqiy etuklik;  



  axloqiy etuklik;  

  yuqori saviya va ong;  



  ma'rifatchilik;  

  madaniyatlilik; 



  xodimlarni 

vatanparvarlik 

ruhida 


tarbiyalashga 

qodirlik; 

topshirilgan ish uchun shaxsiy javobgarlikni his qilish, halollik, vijdonlilik; 

 



shaxsiy manfaatlarni jamoa manfaatlariga bo‘ysundirishga qodirlik;  

 



kishilarga  nisbatan  mehribon  va  e'tiborli  bo‘lish;  tashabbus  va 

ilg‘orlikni  qo‘llab-quvvatlash  qobiliyati;  printsipiallik;  tanqidga  chidamli 

bo‘lish, o‘z-o‘zini tanqid qila bilish. 

2.    Intizom 

va 

mehnatga 



bo‘lgan 

munosabat 

  mehnatsevarlik;  



 

jamoa o‘rtasida intizomni yo‘lga qo‘ya bilish; 



  atrofdagilarga mehnatsevarlikni tarbiyalay bilish;  

Bir  noshud  rahbarning  beg‘amligi  yuzlab,  minglab  kishilar  taqdirining 

bedaxl qirralariga ta'sir etishi mumkin. Boqibeg‘am bu toifa rahbarlarning 

ish uslubi bilan murosa qilib bo‘lmaydi. 

3.    Bilim darajasi 

  iqtisodiyotni bilish;  



  texnika va texnologiyani bilish;  

  boshqarish  ilmini,  funktsiya  va  strukturasini  bilish;  istiqbolni 



bilishga qodirligi va hk. 

Rahbar  aniq,  chuqur  va  keng  bilimga  ega  bo‘lishi,  uni  doimo  to‘ldirib 

va yangilab borish kerak. Aks holda u obro‘ qozona olmaydi, xodimlarning 

ishonchiga sazovor bo‘la olmaydi. 

4.    Tashkilot 

chilik 


  xodimlarni tanlay bilish va ulardan samarali foydalanishni ta'minlay 

olish;  



60 

 

qobiliyati 



 

qo‘l  ostidagilarni  mehnatga  o‘rgatish  va  tarbiyalashni  bilish; 



jipslashgan jamoani vujudga keltira olish; maqsad sari intiluvchanlik; 

  kutilmagan vaziyatlarda boshqarish qobiliyatini yo‘qotmaslik. 



"Yomon  korxona  yoki  tashkilot  yo‘q,  lekin  yomon  rahbarlar  bor".  Bu 

ibora  shuni  bildiradiki,  yomon  ishlab  turgan  korxonaga  jamoani  yaxshi 

boshqaradigan,  tashkilotchilik  qobiliyati  yuqori,  mehnatsevar,  talabchan, 

bilimdon  rahbar  qo‘yilsa,  u  korxonani  tezda  yaxshi  korxona  safiga 

qo‘shadi. 

Agar  ishlab  turgan  korxonaga  tasodifan  tashkilotchilik  qobiliyati  past 

rahbar kelib qolsa, u korxona asta-sekin tanazzulga yuz tutadi. 

5.    Boshqarish 

samarador 

ligini  ta'minlay 

olish 



  boshqarishni kollegial tarzda tashkil qila olish qobiliyati; 



  ish haqida qisqa va aniq gapirish qobiliyati;  

  ishga  oid  xat,  buyruq,  farmoyishlar  yoza  bilish  turli  manbaalardan 



ish uchun zarur axborotlarni olish qobiliyati; 

 



rahbarlarni va qo‘l ostidagilarni tinglay bilish qobiliyati;  

  asoslangan qarorlarni mustaqil va tez qabul qila bilish qobiliyati; 



  rejalarni 

bajarishdan 

xodimlarning 

moddiy 

va 


ma'naviy 

manfaatdorligini ta'minlash qobiliyati;  

  boshqaruv  organi  qarorlarini  bajarish  ustidan  nazoratni  ta'minlay 



bilish;  

  boshqarish strukturasini takomillashtirib borish qobiliyati va hk. 



 

Rahbarning sifat xislatlarini belgilovchi mezonlar ko‘p. Biroq quyidagi ijobiy 

xislatlar ular orasida alohida mavqega ega: 

Dovyuraklik  -  bunday  rahbarda  mardonavorlik,  botirlik,  dadillik  mavjud 

bo‘ladi.  Ular  omadsizlikdan  qo‘rqmaydi.  Qo‘rquv  ularni  jasoratga  chorlaydi  va 

zafarlarga olib keladi. Har bir yangi harakatni taraqqiyotga va hayotiy tajribalarga 

erishtiradi. 



Sabrlilik  -  bunday  rahbar  muvaffaqiyatga  birdaniga  erishish  mumkin 

emasligini  yaxshi  tushunadi.  Unga  faqat  bardosh  va  sabr-toqatli  bo‘lib,  sabot-

matonat bilan qiyinchiliklarni engish orqali erishish mumkinligini biladi.  


Download 8,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   750




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish