Topshiriqlar:
1. Qo‘l soatining 6-8 ta asosiy tavsifini tanlang va zarur hollarda ularni amalga
oshirishning turli variantlarini bering.
2. Ajratilgan tavsiflar muhimligini baholash bo‘yicha savollar sxemasi va
ularga javob berish jarayoni yo‘riqomasini ishlab chiqing.
3. Tengdoshlar o‘rtasida anketa so‘rovi o‘tkazing, materialni qayta ishlang va
natijalarni ayollar va erkaklar uchun alohida, so‘ralganlarning necha foizi ushbu
tavsifni zarur deb, necha foizi esa maqsadga muvofiq deb aytganini ko‘rsatgan
holda taqdim eting.
Anketa so‘rovida olingan ma‘lumotlardan foydalanib, tanlab olingan 2-3
mahsulotning qaysi biri ushbu maqsadli guruhga (bozor segmentiga) tegishli
bo‘lgan iste‘molchilar uchun ko‘proq mos kelishini aniqlang.
4. Ayollar va erkaklar qo‘l soatlari uchun siz ko‘rsatgan tavsiflardan har
birining ahamiyatini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |