Investitsion vaziyat korxona o‘sishini ta‘minlash uchun investitsiyalarning
real va optimal kattaliklarining nisbati sifatida aniqlanadi.
Bozordagi vaziyat amaldagi bozor strategiyasining bozorda etakchilikka
erishish va potentsial iste‘molchilarining ixloslari nuqtai nazardan optimal
strategiyaga nisbati bilan baholanadi.
Korxona potentsialining ahvolini uning real ahvolining ishlab chiqarish,
xodimlar, moliya va marketingni samarali boshqarishga erishish nuqtai nazaridan
optimal holatiga nisbati bilan belgilaydilar. Ko‘rsatilgan uchta ko‘rsatkichlardan
har biri birga teng bo‘lsa, korxona bozorda yuqori strategik holatga ega bo‘ladi.
Ko‘rsatkichlardan birortasi nolga teng bo‘lsa, korxonaning muvaffaqiyatga erishish
imkoniyatlari kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |