Al-Jazoir: Keng tarqalgan biznes portfoliosi.
Veb Mukofotlari tomonida BBC Yangiliklari, Milliy Geografik,va Smoking
Gun (tutun chiqarayotgan to‘pponcha) bilan bir qatorda eng zo‘r beshta yangilik
vebsaytlaridan biri deb topilgan Al-Jazoir brandchannel.com o‘quvchilari
tomonidanApple, Google, Ikea va Starbuckdan keyingi beshinchi eng nufuzli
global brend sifatida saylangan edi. 2011 yilda Salon.com Al-Jazoirning 2011
yildagi
Misr
nizolarini
matbuotda
tushuntirishi
Amerikaning
media
yangiliklarinikidan ko‘ra yuqoriroqligini eslatib o‘tadi va AQSH Davlat Sekretari
Hillari Klinton ham bu tarmoqning yangilik matbuoti Amerika jurnalizmiga
qaraganda ko‘proq ma‘lumotlargava kamroq shaxsiy fikrga asoslanganligini
ta‘kidlab o‘tgan.
Al-Jazoir 1996 yilda dunyodagi keng qamrovli televideniya yangiliklari bilan
ta‘minlashgava Arab dunyosida sodir bo‘layotgan munozaralarga bag‘ishlangan
birinchi mustaqil Arab kanali sifatida ish boshladi. Hozirda Al-Jazoir Tarmog‘i eng
katta hisoblangan Al-Jazoir Arab Kanali va shu bilan birga boshqa bir niche
232
qo‘shimcha kanallar: Ingliz Al-Jazoir, Al-Jazoir sport, Al-Jazoir xujjatli film, Al-
Jazoir Bolalari, Al-Jazoir Ommaviy Axborot Ta‘lim va Taraqqiyot Markazi va Al-
Jazoir Tadqiqot Markazi kabilar.
Quyida Al-Jazoir brendi ostida birlashtirilgan xilma-xil biznes yo‘nalishlarining
qisqacha ta‘ifi:
Televideniya:dastlab Arab yangiliklari va joriy jarayonlarini ochib beruvchi
sun‘iy yo‘ldosh TV kanali sifatida ish boshlagan. Al-Jazoir shundan keyin o‘z
tarmog‘ini kengaytirdi. 2007 yilning boshida Al-Jazoir tarmog‘i TV kanallari
quyidagilarni o‘z ichiga oldi: Arab tilida olib boriladigan 24 soatlik yangiliklar
kanali, Al-Jazoir Ingliz, Al-Jazoir Bolalari va O‘rta Sharqda Ispaniya Ligasi,
Fransiya 1-Ligasi va Italiya Aseriyasi kabi eng katta futbol Ligalari to‘grisida
radioeshittirishlar yoki ko‘rsatuvlar tayyorlash huqulariga ega Al-Jazoir Sport
kanali. Al-Jazoir har yili 50$, +1 dan +8 gacha Al-Jazoir TV Sport kanallarini
tomosha qilganligi uchun oyiga 10$, va +9 , +10 HD1 va HD2 formatidagi Al-
Jazoir TV Sport kanallarini tomosha qilganligi uchun yiliga 35$ haq oladi.
beIN Sport (Sportda bo‘l) bu 2012 yilning yozida ochilgan Qo‘shma Shtatlar
sportiga bag‘ishlanagan 24 soatlik sport tarmog‘i kanalidir va u Fransiya va
Ispaniyadagi futbol ligalari haqida ko‘rsatuv, eshittirishlar tayyorlash huquqini
sotib oldi. beIN Sport shuningdek 2013 yilgi Jahon Kubogi uchun Kosta-Rika,
Gonduras, Yamayka va Panamada o‘tkazilgan 4 ta nomzodlik o‘yinlari to‘g‘risida
eshittirishlar tayyorlash huquqiga ega. 2012 yil noyabr oyida Al-Jazoirning beIN
Sport kanali 1million tomoshbinlarini ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Onlayn: Al-Jazoir Veb xizmatlari dunyo bo‘ylab bepul a‘zo bo‘lish mumkin
bo‘lgan ommabob xizmatlardir. 2003 yil martda Stansiya onlayn tarmog‘ining
ingliz tilidagi variantini ochdi.Inliz tilidagi bu vebsayt 2006 yilda Al-Jazoir Ingliz
kanalining ochilishi bilan qayta yangilandi. Tarmoqning Ingliz va Arab tilidagi
bo‘limlari o‘zlarining qo‘yayotgan yangiliklari va sharhlari bilan tahririy jihatdan
bir biridan farq qiladi. Al-Jazoir va Al-Jazoir Ingliz YouTube.dagi singari rasmiy
saytda bir yo‘nalishga solingan. 2009 yil aprelda Al-Jazoir mobil aloqa
operatorlariga mo‘ljallanga Ingliz va Arab tilidagi versiyalarini yaratdi.
Bir fasl ichida Al-Jazoirning onlayn tomoshbinlari oyiga 1000 foizga o‘sib
bordi.Uning keying o‘sish fazasi ijtimoiy ommaviy axborot vositalari orqali amalga
oshadi.Al-Jazoir o‘z foydalanuvchilari bilan ularning xohish istaklarni tushunib
olish uchun ko‘proq ijtimoiy bog‘lanishni rejalashtirmoqda. Al-Jazoir shuningdek
haq to‘lanadigan rasmiy sport xizmati Al-Jazoir sport vebsaytini boshqaradi.
Xizmat foydalanuvchilariga Al-Jazoir Sport TV kanallarini o‘zlarining shaxsiy
komputerlarida, moil telefonlarida tomosha qilish imkoniyatini beradi va ularni eng
yuqori sifatli so‘nggi video texnologik xizmatlar bilan ta‘minlaydi.
Al-Jazoir Ommaviy Axborot Ta‟limi va Taraqqiyoti Markazi: Arab Ommaviy
Axborotining rivojlanishining bir qismi sifatida A-Jazoir turli daraja va sohalardagi
ommaviy axborotni nazariy va amaliy riojlantirishga hisa qo‘shish maqsadida Al-
Jazoir Ommaviy Axborot Ta‘limi va Taraqqiyoti Markazini tashkil qildi.Media
mutaxassilarini tayyorlash, ularning mahorati rivojlantirish, ishchanligini oshirish
orqali u shu soha bilimini yoyish, tushunishni chuqurlashtirish, tajribani
rivojlantirish, Arablarning hududiy va xalqaro tashkilotlari ishchilarining ishlash
233
darajasini kuchaytirishni hamda zamonaviy aloqalarni o‘rnatishga erishishni
ko‘zladi.
Al-Jazoir Tadqiqot Markazi: 2006 yilda tashkil qilingan Al-Jazoir Tadqiqot
Markazi global va hududiy darajadagi kundalik vo qea- hodisalarni chuqur tahlil
qiladi. Uning kun tartibiga qo‘yilgan masalasi birinchi navbatda Arab dunyosi va
uni o‘rab turgan hududlardagi geopolitik va strategik rivojlanishlarga qaratilgan.
Al-Jazoir tarmog‘ining tahlil bolimi sifatida Markaz tadqiqot o‘tkazishga va butun
tashkilot uchun foydali, mohiyatan chuqur bilim yaratishga harakat qiladi.
Al-Jazoir Tadqiqot Markazi: 2006 yilda tashkil qilingan Al-Jazoir Tadqiqot
Markazi global va hududiy darajadagi kundalik vo qea- hodisalarni chuqur tahlil
qiladi. Uning kun tartibiga qo‘yilgan masalasi birinchi navbatda Arab dunyosi va
uni o‘rab turgan hududlardagi geopolitik va strategik rivojlanishlarga qaratilgan.
Al-Jazoir tarmog‘ining tahlil bolimi sifatida Markaz tadqiqot o‘tkazishga va butun
tashkilot uchun foydali, mohiyatan chuqur bilim yaratishga harakat qiladi.
Bu muvaffaqqiyatli va kelajakli portfolioni amalga oshirish oson vazifa emas,
lekin al-Jazoir barcha imkoniyatlarini ishga solyapti. Bularning barchasini nima
birlashtirib turadi?Al-Jazoir yillar mobaynida odamlar bilan aloqalar o‘rnatyapti.Bu
shuki, Al-Jazoir arablar bilan o‘zining tomoshabinlari sifatida emas, ―xalqi‖ sifatida
aloqa o‘rnatdi.Ularni fikrlarini bayon qilishga, xabarlar jo‘natishga, onlayn forum
va suhbatlarida qatnashishga va birgalikda kanalning yangi brendlarini qurishga
undadi. Odamlar Al-Jazoir bilan yaqinlikni his qildilar va bunda yangi medianing
roli katta edi. Al Jazoirning kelajakdagi loyihalari boshqa tillarda dasturlar
yaratishdir, masalan Pokiston bozori va qisman ba‘zi hindlarni ta‘minlash uchun
Urdu tilidagi kanal Al-Jazoir Urdu, shuningdek, Nairobida tuziladigan va Kenya,
Tanzaniya, Uganda, Ruanda va Urundida eshittiriladigan Al-Jazoir Kisvahili deb
nomlangan Kisvahili xizmati kabilar.
Bundan tashqari, Al-Jazoir turk tilidagi yangiliklar kanalini ochishga
tayyorgarlik ko‘ryapti. 2012 yil fevralda u Turkiyaning Cine 5 televideniya
kanaliga ega bo‘ldi. Al-Jazoir shuningdek, Eron televideniya tarmog‘i singari,
asosan Ispaniya va Loitn Amerikasining Ispan tilida so‘zlashuvchi boshqa
davlatlarini ta‘minlash maqsadida ispan tilidagi Hispan TV kanalini ochishni
rejalashtiryapti. Va al-Jazoir xalqaro gazeta tuzishni rejalashtirayotganini ham
xabar berdi. O‘rta Sharqning eng yaxshi yangilik yetkazuvchisi bo‘lib tanilgan Al-
Jazoir keying 5 yil ichida dunyoning eng kuchli sport yangiliklarini eshittiruvchisi
bo‘lishni rejalashtirmoqda.
Strategik rejalashtirishan maqsad atrofdagi qiziqish uyg‘otadigan
imkoniyatlardan naf olish uchun kompaniyaning kuchini ishlata olish yo‘llarini
topishdir. Shu sababli, ko‘pgina standart portfolio tahlili metodlari SBB (strategic
biznes bo‘limi) larniikki muhim o‘lchov asosida baholaydilar: SBB bozor va
sanoatining jozibadorligi va shu bozor va sanoatda SBB o‘rnining kuchi. Eng
mashhur portfolio rejalashtirish metodi yetakchi maslahat firmasi menejmenti,
Boston Maslahat Guruhi (BMG) tomonidan ishlab chiqilgan.
234
Do'stlaringiz bilan baham: |