3. Narx belgilash strategiyasi
Yangi tovarlar uchun narx o‗rnatish bu - boshqa tovarlar bi-lan
solishtirishdan ham qiyin bo‗lgan muammodir. Boshlang‗ich narx fundamental
ma‘noga ega, ishlab chiqarishning tijorat va moddiy hayotiga katta ta‘sir
ko‗rsatadi. Talab, xarajat, raqobat tahlilini olib borishda firma quyidagi ikki
strategiyaning birini tan-lashi shart: a) yuqori boshlang‗ich narx strategiyasi,
talabdan ,,qaymoq olish" uchun va b) eng past narxni qo‗llab, bozor ichiga tez
,,yorib kirish" strategiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |